|
#
#include da preprotsessor direktivasini belgilash uchun ishlatiladi
|
bet | 15/33 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 290,29 Kb. | | #160200 |
Bog'liq Algoritmlash va dasturlash asoslari-fayllar.org#
|
#include da preprotsessor direktivasini belgilash uchun ishlatiladi
|
< >
|
#include bilan foydalanilganda kutubxona nomini qamrab oladi.
|
()
|
main() kabi funksiyalar uchun foydalaniladi
|
{}
|
Bloklarni boshlanish va tugashini bildiradi
|
//
|
Izoh qoldirish uchun foydalaniladi
|
<<
|
Konsolga chop etish uchun ishlatiladi.
|
“ “
|
Satrlarni shu qo‘shtirnoq ichiga yoziladi
|
;
|
Kod qatorini tugashini belgilaydi
|
Talabalar duch keladigan eng keng tarqalgan xatolar sintaksis xatolaridir. Boshqa har qanday dasturlash tillari singari, C++ dasturlash tilining sintaksis deb ataladigan o‘z grammatika qoidalari bor va siz sintaksis qoidalariga bo‘ysunadigan kod yozishingiz kerak. Agar dasturingiz ushbu qoidalarni buzsa, C++ kompilyatori sintaksis xatolari haqida xabar beradi. Tinish belgilariga katta e’tibor bering. Qayta yo‘naltirish belgisi << - bu ketma-ket ikkita <. Funksiyadagi har bir gap nuqta-vergul (;) bilan tugashi shart.
C++ dasturiga misol
C++ ga xush kelibsiz degan xabarni ekranga chop etuvchi oddiy C++ dasturini yaratamiz.
1.#include
2.using namespace std;
3.
4.int main()
5.{
6. // C++ dasturlash tiliga xush kelibsiz yozuvini chop eitng
7.cout << " C++ dasturlash tiliga xush kelibsiz!" << endl;
8.
9. return 0;
10. }
#include - kompilyatorga preprotsessor direktivasi bo‘lib, kompilyatorga konsolning kiritish va chiqishini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan iostream kutubxonasini ushbu dasturga kiritishni ko‘rsatadi. C++ dasturlasah tili kutubxonasida C++ dasturlarini ishlab chiqish uchun oldindan belgilangan kodlar mavjud. iostream kabi kutubxona C++ da sarlavha fayli deb ataladi, chunki u odatda dastur boshida joylashgan bo‘ladi.
using namespace std; - Kompilyatorga standart nom maydonidan foydalanishni aytadi. std standartning qisqartmasi. namespace - bu katta dasturda nomlash ziddiyatlarining oldini olish mexanizm hisoblanadi. cout va 7-qatordagi endl standart namesapcedagi iostream kutubxonasida aniqlanadi. Hozircha har qanday kiritish va chiqarish amallarini bajarish uchun dasturingizda 2-qatorni yozish kifoya.
Har bir C++ dasturi asosiy funksiya orqali bajariladi. Asosiy funksiya - bu bayonotlarni o‘z ichiga olgan konstruksiya hisoblanadi. 4–10-qatorlarda belgilangan asosiy funksiya ikkita bayonotni o‘z ichiga oladi. Ular chap gullik qavs, {, (5-qator) bilan boshlanib, o‘ng gullik qavs bilan tugaydigan blok ichiga o‘ralgan } (10-qator). C++ dasturlash tilidagi har bir bayonot nuqtali vergul (;) bilan tugashi kerak, bu bayonot terminatori deb ataladi.
7-qatordagi bayonot konsolga xabarni ko‘rsatadi. cout konsolga chop eitshni bildiradi. Satr qo‘shtirnoq ichiga olinishi kerak. 7-qatordagi bayonot “C++ dasturlash tiliga xush kelibsiz!” qatorini ekranga chop etadi.
Amaliy mashg‘ulotlar
Ekranga uch qator satrlarni chop eting.
1 #include
2 using namespace std;
3
4 int main()
5 {
6 cout << "Dasturlash qiziq soha!" << endl;
7 cout << "Avvalo fundamentlarni o`rganish kerak" << endl;
8 cout << "Muammoni yechishni oson yo`llarini bilish kerak" << endl;
9
10 return 0;
11 }
Natija:
Dasturlash qiziq soha!
Avvalo fundamentlarni o`rganish kerak
Muammoni yechishni oson yo`llarini bilish kerak
Bundan tashqari, siz matematik hisob-kitoblarni bajarishingiz va natijani konsolga ko‘rsatishingiz mumkin.
Ikkita sonni qo‘shish amalini bajaring
1 #include
2 using namespace std;
3
4 int main()
5 {
6 cout << "2 + 2 =" <<;
7 cout << (2 + 2) << endl;
8
9 return 0;
10 }
Natija:
2 + 2 = 4
Ismingiz va familyangizni ekranga chop eting
1 #include
2 using namespace std;
3
4 int main()
5 {
6 cout << "Ism: Alisher" <7 cout << “Familya: Ismailov” << endl;
8
9 return 0;
10 }
Natija:
Ism: Alisher
Familya: Ismailov
Tug‘ilgan yilingiz va yoshingizni ekranga chop eting
1 #include
2 using namespace std;
3
4 int main()
5 {
6 cout << "Tug`ilgan Yil: 1991" <7 cout << “Yosh: 31” << endl;
8
9 return 0;
10 }
Natija:
Tug`ilgan Yil: 1991
Yosh: 31
To‘liq yashash manzilingizni ekranga chop eting
1 #include
2 using namespace std;
3
4 int main()
5 {
6 cout << "Andijon viloyati, Otinkol tumani, Nurli Diyor MFY, 35 uy" <7
8 return 0;
9 }
Natija:
Andijon viloyati, Otinkol tumani, Nurli Diyor MFY, 35 uy
Ma’lumotlar turlari. Tushunchalar, doimiy va oʻzgaruvchan. Konstantalar va oʻzgaruvchilar uchun qoidalarni tavsiflash va yozish usullari. Ma’lumotlar turlari diapazonlari (ma’ruza).
8-mavzu
Dasturni yozish
Klaviaturadan kiritilgan ma’lumotlarni o‘qish
O‘zgaruvchilar
C++ dasturlash tilidagi ma’lumotlar turiga misollar
Konstanta o‘zgaruvchilar yaratish
Belgilar ma’lumotlar turi va operatsiyalari
Belgilar funksiyalari
string ma’lumot turi
String Index va Subscript operatorlari
String(Satr)larni birlashtirish
Stringni klaviaturadan o‘qish
Amaliy mashg‘ulotlar
Ma’lumotlar turlari. Tushunchalar, doimiy va oʻzgaruvchan. Konstantalar va oʻzgaruvchilar uchun qoidalarni tavsiflash va yozish usullari. Ma’lumotlar turlari diapazonlari. Haqiqiy, butun, satr, mantiqiy ma’lumotlar turlari. Ma’lumotlarning suzuvchi nuqta turlari.
Dasturni yozish
Dasturni yozish - algoritmlarni loyihalash va ularni dasturlash ko‘rsatmalariga yoki kodiga tarjima qilishni o‘z ichiga oladi.
Algoritm muammoni ro‘yxatga olish orqali qanday yechilishini tasvirlaydi, bajarilishi kerak bo‘lgan harakatlar va ularni bajarish tartibini ko‘rsatadi. Algoritmlar dasturchiga dasturni dasturlash tilida yozishdan oldin uni rejalashtirishga yordam beradi. Algoritmlar matnli yoki blok-sxema holatida tasvirlanishi mumkin. Doira yuzini hisoblash algoritmini quyidagicha tasvirlash mumkin:
Boshlash
Doira radiusini kiriting.
Quyidagi formula yordamida maydonni hisoblang: yuzi = radius * radius * PI
Natijani chop eting.
Tugatish
Kod yozishda, ya’ni dasturni yozishda algoritmni dasturga aylantiramiz. Har bir C++ dasturi o‘z bajarilishini asosiy funksiyadan boshlaydi. Bu yerda asosiy funksiya quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:
int main() {
// Doira radiusini kiriting.
// maydonni hisoblang
// Natijani chop eting.
}
Dastur foydalanuvchi tomonidan kiritilgan radiusni qiymatini klaviaturadan kiritishi kerak. Bu ikkita muhim jarayonni bajarishga olib keladi:
Radiusni klaviaturadan o‘qish
Dasturda radiusni saqlash
Radiusni saqlash uchun dastur o‘zgaruvchi deb ataladigan obyektni e’lon qilishi kerak. O‘zgaruvchi kompyuter xotirasida saqlangan qiymatni ifodalaydi. O‘zgaruvchilar nomi sifatida x va y dan foydalanish o‘rniga tavsiflovchi nomlarni tanlagan ma’qul: bu holda radius uchun radius va yuzi uchun yuzi nomli o‘zgaruvchilar yaratamiz.
Kompilyatorga radius va yuzi nima ekanligini bilish uchun ularning ma’lumotlar(berilganlar) turlarini belgilash kerak. Bu butun son (integer), kasrli son (float, double), o‘zgaruvchida saqlanadigan ma’lumotlar turi hisoblanadi. Bu jarayon o‘zgaruvchilarni e’lon qilish deb nomlanadi. C++ dasturlash tilida butun sonlarni (int), kasrli sonlarni ifodalash uchun double yoki float ma’lumotlar turlaridan foydalanish mumkin.
Dasturni quyidagicha yozish mumkin:
int main() {
double radius;
double yuzi;
// Doira radiusini kiriting.
// yuzni hisoblang
// Natijani chop eting.
}
Dastur radius va yuzni o‘zgaruvchilar sifatida e’lon qildi. double so‘zi radius va yuzi o‘zgaruvchilari kompyuterga saqlangan kasrli son qiymatlari ekanligini ko‘rsatadi. Birinchi qadam foydalanuvchini doira radiusi qiymatini kiritishni taklif qilish hisoblanadi. Hozircha, o‘zgaruvchilar qanday ishlashini o‘rganish uchun kodni yozishda dasturda radiusga qiymat belgilashingiz mumkin; keyinroq, foydalanuvchi ushbu qiymatni klaviaturadan kiritishni so‘rash uchun dasturni o‘zgartiramiz.
Ikkinchi qadam - radius * radius * 3,14159 ifoda natijasini yuzi o‘zgruvchisiga qiymat sifatida belgilash orqali doira yuzini hisoblash bo‘ladi.
Yakuniy bosqichda dastur cout << yuzi; yordamida konsolga doira yuzi qiymatini chop etadi.
To‘liq dastur kodi:
1 #include
2 using namespace std;
3
4 int main()
5{
6 double radius;
7 double yuzi;
8
9 // Doira radiusini kiriting.
10 radius = 20;
11
12 // yuzni hisoblang
13 yuzi = radius * radius * 3.14159;
14
15 // Natijani chop eting.
16 cout << "Doira yuzi: " << yuzi << endl;
17
18 return 0;
19 }
Natija: Doira yuzi: 1256.64
radius va yuzi kabi o‘zgaruvchilar xotira joylariga mos keladi. Har bir o‘zgaruvchining nomi, ma’lumot turi, o‘lchami va qiymati bor. 6-qator radius kasrli son qiymatini saqlashi mumkinligini e’lon qiladi. Qiymat tayinlanmaguningizcha qiymat aniqlanmaydi. 10-qator radiusga 20 qiymatini belgilaydi. Xuddi shunday, 7-qator yuzi o‘zgaruvchisini e’lon qiladi va 13-qator yuzi o‘zgaruvchisiga qiymat beradi.
Klaviaturadan kiritilgan ma’lumotlarni o‘qish
Klaviaturadan kiritilgan ma’lumotlarni o‘qish uchun cin obyektidan foydalanish mumkin.
1 #include
2 using namespace std;
3
4 int main()
5{
6 double radius;
7 cout<<"Radius qiymatini kiriting:";
8 cin>>radius;
9
10 // yuzni hisoblang
11 yuzi = radius * radius * 3.14159;
12
13 // Natijani chop eting.
14 cout << "Doira yuzi: " << yuzi << endl;
15
16 return 0;
17 }
Natija:
Radius qiymatini kiriting: 2.5
Doira yuzi: 19.6349
8-qator konsolga "Radiusni qiymatini kiriting:" xabarini ekranga chop etadi. Bu foydalanuvchini qiymat kiritishga yo‘naltiradi. Sizning dasturingiz har doim foydalanuvchiga klaviaturadan ma’lumot kiritishni kutayotganda nima kiritish kerakligini aytishi kerak. Ya’ni kiritiladigan ma’lumotni aniq so‘rang. 9-qator qiymatni klaviaturadan o‘qish uchun cin obyektidan(funksiyasidan) foydalandi. Demak, agar ma’lumotni ekranga chop etmoqchi bo‘lsangiz cout obyektidan, ma’lumotni klaviaturadan kiritmoqchi bo‘lsangiz cin obyektidan foydalanishingiz mumkin.
E’tibor bering, cin (talaffuz qilinishi ‘sin’) konsoldan qiymat kiritishni anglatadi. >> belgisi o‘zgaruvchiga qiymat kiritishni tayinlaydi. Yuqoridagi dastur "Radiusni qiymatini kiriting:" so‘rov xabarini ko‘rsatdi; keyin foydalanuvchi radius qiymatiga tayinlagan 2.5 raqamini kiritdi. cin obyekti dasturni klaviaturada ma’lumotlar kiritilguncha va Enter tugmasi bosilguncha kutadi.
C++ dasturlash tili klaviaturadan o‘qilgan ma’lumotlarni avtomatik ravishda o‘zgaruvchining ma’lumotlar turiga o‘zgartiradi.
cin >> o‘zgaruvchi; // cin o‘zgaruvchisi;
cout << "Xush kelibsiz"; // cout "Xush kelibsiz";
O‘zgaruvchilar
O‘zgaruvchilar dasturda o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan qiymatlarni ifodalash va saqlash uchun ishlatiladi. Oldingi bo‘limlardagi dasturlardan ko‘rinib turibdiki, o‘zgaruvchilar keyinchalik dasturda ishlatiladigan qiymatlarni saqlash uchun ishlatiladi. Ular o‘zgaruvchilar deb ataladi, chunki ularning qiymatlarini o‘zgartirish mumkin.
O‘zgaruvchidan foydalanish uchun kompilyatorga uning nomini hamda u saqlashi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar turini belgilab, o‘zgaruvchini e’lon qilish kerak. O‘zgaruvchini e’lon qilish sintaksisi quyidagidek:
Ma’lumotlarTuri o‘zgaruvchiNomi;
O‘zgaruvchilar e’lon qilishga misollar:
int son; // sonni butun sonli o‘zgaruvchi deb e’lon qilish
double radius; // radiusni kasrli son sifatida e’lon qilish
double foiz; // foizni kasrli son o‘zgaruvchi deb e’lon qilish
C++ dasturlash tilidagi asosiy ma’lumotlar turlari quyidagilardan iborat
|
| |