Algoritmning tasvirlash usullari
Algoritmlarning eng ko‘p uchraydigan turlari quyidagilardan iborat.
Algoritmning so‘zlar orqali ifodalanishi.
Algoritmning formulalar bilan berilish usulidan matematika, fizika, kimyo kabi aniq fanlardagi formulalarni o‘rganishda foydalaniladi. Bu usul ba’zan analitik ifodalash deyiladi.
Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishi. Algoritmlar maxsus geometrik figuralar yordamida tasvirlanadi va bu grafik ko‘rinishi blok-sxema deb ataladi.
Algoritmning jadval ko‘rinishda berilishi. Algoritmning bu tarzda tasvirlanishdan ham ko‘p foydalaniladi. Masalan, maktabda qo‘llanib kelinayotgan to‘rt xonali matematik jadvallar yoki turli xil lotereyalar jadvallari. Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning qiymatlari jadvali ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Bu kabi jadvallardan foydalanish algoritmlari sodda bo‘lgani tufayli ularni o‘zlashtirib olish oson hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rilgan algoritmlarning tasvirlash usullarining asosiy maqsadi, qo‘yilgan masalani yechish uchun zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligining eng qulay holatini aniqlash va shu bilan dastur yozishni yanada soddalashtirishdan iborat hisoblanadi. Aslida dastur ham algoritmning boshqa bir ko‘rinishi bo‘lib, u insonning kompyuter bilan muloqotini qulayroq amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
Blok-sxemalarni tuzishda foydalaniladigan asosiy geometrik figuralar quyidagilardan iborat:
Nоmi
|
Bеlgilаnishi
|
Bаjаrаdigаn vаzifаsi
|
Jаrаyon
|
|
Bir yoki bir nеchtа аmаllаrni bаjаrilishi nаtijаsidа mа’lumоtlаrning o‘zgаrishi
|
Qаrоr
|
|
Birоr shаrtgа bоg‘liq rаvishdа аlgоritmning bаjаrilish yo‘nаlishini tаnlаsh
|
Kiritish va
(ekranga)Chiqаrish
|
|
Ахbоrоtlаrni qаytа ishlаsh mumkin bo‘lgаn shаklgа o‘tkаzish yoki оlingаn nаtijаni tаsvirlаsh
|
Displеy
|
|
EХMgа ulаngаn displеydаn ахbоrоtlаrni ekranga chiqаrish
|
Hujjаt
|
|
Ахbоrоtlаrni qоg‘оzgа chiqаrish yoki qоg‘оzdаn kiritish
|
Ахbоrоtlаr оqimi chizig‘i
|
|
Blоklаr оrаsidаgi bоg‘lаnishlаrni tаsvirlаsh
|
Bоg‘lаgich
|
|
Uzilib qоlgаn ахbоrоt оqimlаrini ulаsh bеlgisi
|
Bоshlаsh va
Tugаtish
|
|
Ахbоrоtni qаytа ishlаshni bоshlаsh, vаqtinchа yoki butunlаy to‘хtаtish
|
Blok-sxemalar bilan ishlashni yaxshilab o‘zlashtirib olish zarur, chunki bu usul algoritmlarni ifodalashning qulay vositalaridan biri bo‘lib dastur tuzishni osonlashtiradi, dasturlash qobiliyatini mustahkamlaydi. Algoritmik tillarda blok - sxemaning asosiy strukturalariga maxsus operatorlar mos keladi.
Har qanday murakkab algoritmni ham uchta asosiy struktura yordamida tasvirlash mumkin. Bular ketma-ketlik, tarmoqlanish va takrorlanish strukturalari hisoblanadi. Bu strukturalar asosida chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarining algoritmlarini tuzish mumkin. Umuman olganda, algoritmlarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
chiziqli algoritmlar
tarmoqlanuvchi algoritmlar
takrorlanuvchi algoritmlar
siklik algoritmlar
rekurrent algoritmlar
|