• Quyi darajali dasturlash tili
  • Yuqori darajali dasturlash tillari Yuqori darajali dasturlash tillari o
  • Alisher ismailov shakirovich algoritmlash va dasturlash asoslari (1-qism)




    Download 290,29 Kb.
    bet10/33
    Sana21.02.2024
    Hajmi290,29 Kb.
    #160200
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
    Bog'liq
    Algoritmlash va dasturlash asoslari-fayllar.org

    Dasturlash tillari

    Kompyuterda dasturlash – kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar berish, qachon, qayerda nimani o‘zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish haqida buyruqlar berish ketma-ketligi hisoblanadi. Kompyuter dunyosida ko‘plab dasturlash tillari mavjud bo‘lib, dasturlash va unga qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal, C va boshqa dasturlash tillarda yozish mumkin. Java, C++ va Python (Piton) dasturlash tillari universal dasturlash tillari hisoblanadi, C va Assembler dasturlash tillari mashina tiliga ancha yaqin tillar bo‘lib, quyi yoki o‘rta darajali dasturlash tillari hisoblanadi. Algoritmik dasturlash tili inson tillariga qanchalik yaqin bo‘lsa, o‘sha dasturlash tili yuqori darajali dastralash tili deb ataladi. Mashina tili esa eng pastki darajali dasturlash tili hisoblanadi. Mashina tili bu nol (0) va bir (1) sonlaridan iborat bo‘ladi. Masalan: 010110100010101. Yuqorida ta’kidlaganimizdek dasturlash tillari 2 ta katta guruhlarga bo‘linadi:





    • Quyi darajali dasturlash tili

      Quyi darajali dasturlash tili ancha murakkab bo‘lib ular maxsus sohalarda ishlatiladi va ularning mutaxassislari ham juda kam bo‘ladi. Chunki quyi dasturlash tillari (masalan: assembler) ko‘pincha mikroprotsessorlar bilan ishlashda kerak bo‘lishi mumkin. Odatda turli dasturlash ishlari uchun yuqori darajali dasturlash tilidan keng foydalaniladi. EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) endi yuzaga kelgan paytda dastur tuzishda, faqat mashina tillarida, ya’ni sonlar (0,1) yordamida EHM bajarishi kerak bo‘lgan amallarning kodlari yozilgan. Bu holda mashina uchun tushinarli sanoq sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari bo‘lgan.





      • Yuqori darajali dasturlash tillari

      Yuqori darajali dasturlash tillari odatda Delphi, Java, C++, Python vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi inson tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Biz hozir biladigan va ishlatadigan dasturlash tillarining barchasi shu guruhga mansub hisoblanadi. Ular insonga "tushunarli" tilda yoziladi. Ingliz tilini yaxshi biluvchi insonlar dastur kodini qiynalmasdan tushunishlari mumkin. Bu guruhga yana Fortran, Algol, C, Pascal, Cobol va h.k. dasturlash tillari kiradi(ko‘pchiligi hozirda deyarli qo‘llanilmaydi). Eng birinchi paydo bo‘lgan dasturlash tillardan to hozirgi zamonaviy dasturlash tillargacha ishlatish mumkin. Hozirda, amaliy dasturlar, asosan, Visual C++, C#, Borland Delphi, Borland C++, Java, Python kabi dasturlash tillarida tuziladi. O‘zbekistonda ko‘pchilik C++ dasturlash tilidan foydalanadi. Buning asosiy sababi: soddaligi, komponentlarning ko‘pligi, interfeysining tushunarliligi va h.k. C++ dasturlash tilida birinchi ishlagan odam ham qanaqadir dastur tuzishi oson kechadi.


      Eng keng tarqalgan dasturlash tili(Windows OS ida) Microsoft C++ dasturlash tili hisoblanadi. Ko‘pchilik dasturlar hozirda shu tilda tuziladi. Umuman olganda, C ga o‘xshash dasturlash tillari hozirda dasturlashda yetakchi hisoblanadi. Deyarli hamma zamonaviy dasturlash tillarining asosida C dasturlash tili yotadi. Bundan tashqari, turli kompyuter o‘yinlari tuzishda yoki kichik hajmdagi dasturlar tayyorlashda LUA script yoki JavaScript tillari ham keng foydalaniladi.

    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




    Download 290,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Alisher ismailov shakirovich algoritmlash va dasturlash asoslari (1-qism)

    Download 290,29 Kb.