• Chiziqli algoritmlar Tarmoqlanuvchi algoritmlar Takrorlanuvchi yoki Sikllik algoritmlar
  • Diskretlilik (Cheklilik)
  • Tushunarlilik
  • Natijaviylik
  • Algoritim xossalari va yozuv shakllari




    Download 290,29 Kb.
    bet12/33
    Sana21.02.2024
    Hajmi290,29 Kb.
    #160200
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
    Bog'liq
    Algoritmlash va dasturlash asoslari-fayllar.org

    Algoritim xossalari va yozuv shakllari
    2-mavzu


    • Diskretlilik


    • Tushunarlilik


    • Aniqlik


    • Ommaviylik


    • Natijaviylik


    • Algoritmning tasvirlash usullari


    • Chiziqli algoritmlar


    • Tarmoqlanuvchi algoritmlar


    • Takrorlanuvchi yoki Sikllik algoritmlar


    • Amaliy mashgulotlar

    Algoritm xossalari va uni ifodalash usullari. Oddiy algoritmga misollar. Chiziqli, tarmoqli, siklik algoritmlarni ifodalash usullari.

    Algoritm bu oldimizga qo‘yilgan masalani yechish uchun zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligi hisoblanadi. Algoritmning 5-ta asosiy xossalari mavjud:





    • Diskretlilik (Cheklilik)

    Bu xossaning mazmuni algoritmlarni doimo chekli qadamlardan iborat qilib yaratish imkoniyati borligi hisoblanadi. Algoritmni uni ma’lum sondagi amallar (buyruq)lar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Agar algoritm checksiz bo‘lsa, uni algoritm deb bo‘lmaydi.





    • Tushunarlilik

    Dasturchiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar, uning uchun tushinarli mazmunda bo‘lishi shart, aks holda dasturchi oddiygina amalni ham bajara olmaydi. Har bir dasturchining bajarishi mumkin bo‘lgan buyruqlar to‘plami mavjud, u dasturchining ko‘rsatmalar tizimi (sistemasi) deb ataladi. Demak, ijrochi (dasturchi) uchun berilayotgan har bir ko‘rsatma ijrochining (dasturchi) ko‘rsatmalar tizimiga mansub bo‘lishi kerak. Ko‘rsatmalarni ijrochining ko‘rsatmalar tizimiga tegishli bo‘ladigan qilib ifodalay bilish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.





    • Aniqlik

    Dasturchiga berilayotgan ko‘rsatmalar aniq mazmunda bo‘lishi zarur. Chunki ko‘rsatmadagi noaniqliklar maqsadga erishish yo‘lini to‘sadi. Inson uchun tushinarli bo‘lgan "5-10 daqiqa kutilsin", "1-2 marta ochilsin" singani noaniq buruqlar kompyuterni qiyin ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Bundan tashqari, ko‘rsatmalarning qaysi ketma-ketlikda bajarilishi ham muhim ahamiyatga ega. Demak, ko‘rsatmalar aniq berilishi va faqat algoritmda ko‘rsatilgan tartibda bajarilishi shart.





    • Ommaviylik

    Har bir algoritm mazmuniga ko‘ra bir turdagi (muammo) masalalarning barchasi uchun ham o‘rinli bo‘lishi kerak. Ya’ni masaladagi boshlang‘ich ma’lumotlar qanday bo‘lishidan qat’iy nazar algoritm shu xildagi har qanday masalani yechishga yaroqli bo‘lishi kerak. Masalan, 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ichidan faqat juft sonlarni aniqlaydigan algoritm bo‘lsa, uning boshlang‘ich qiymatlari 1 va 100 gacha emas, 1 dan 2000 gacha deb bersangiz ham algoritm to‘g‘ri ishlashi kerak.





    • Natijaviylik

    Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so‘ng albatta natija berishi kerak. Bajariladigan amallar ko‘p bo‘lsa ham baribir natijaga olib kelishi kerak. Chekli qadamdan so‘ng qo‘yilgan masala yechimga ega emasligini aniqlash ham natija hisoblanadi. Agar ko‘rilayotgan jarayon cheksiz davom etib natija bermasa, uni algoritm deb atay olmaymiz.



    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




    Download 290,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Algoritim xossalari va yozuv shakllari

    Download 290,29 Kb.