KIRISH………………………………………………………………………...
11
amaliyotda foizlarda o’lchanadi. Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari
tuzilmasining, birinchi o’rinda uning aktiv qismini - mashina va asbob-uskunalarni
ko’paytirishga yo’naltirilgan takomillashtirishdan manfaatdor bo’lishi lozim.
Ularning ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar
miqdori shunchalik katta bo’ladi va aksincha.
Korxona asosiy fondlarining turlar bo’yicha tuzilmasi, ko’p jihatdan kapital
qo’yilmalarning
texnologik tuzilmasi orqali, jumladan, ularning yangi qurilish va
qayta ta’mirlash, amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta qurollantirish
bilan avvaldan belgilab qo’yilgan bo’ladi. Asosiy fondlarning turlar bo’yicha
tuzilmasiga ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentrasiya qilish darajasi ham
katta ta’sir o’tkazadi.
Yirik korxonalar, ishlab chiqarishni fondlar bilan
ta’minlashda va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishda kichik va
o’rta korxonalarga qaraganda ko’proq imkoniyatga ega. Biroq kichik korxonalar
harakatchanroq, ularning boshqaruvi moslashuvchanroq bo’lib, natijada ishlab
chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish osonroq kechadi.
Asosiy fondlar alohida guruhlari o’rtasidagi nisbat asosiy
fondlarning qaysi
guruhi uchun mablag’ sarflanishi jamiyat uchun ahmiyatsiz emas. Chunki
korxonalarni ishlab – chiqarishda asosiy o’rin egalaydigan va ularning ishlab
chiqarish imkoniyatlarini xarakterlaydigan asosiy fondlarning aktiv qismi -
mashina va jihozlarning ko’payishi qiziqtiradi.
Asosiy fondlar aktiv qismining normal ishlashini ta’minlaydigan binolar,
inshootlar, inventarlar asosiy fondlarning passiv qismiga kiradi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatida jihozlar
hissasining oshishi
boshqa teng sharoitlarda ishlab chiqarishning o’sishiga va fondlar qaytimining
oshishiga olib keladi.
Shuning uchun aosiy fondlar strukturasini to’g’ri tashkil etish ishlab
chiqarishning o’sishiga, tannarxning pasayishiga va korxona pul mablaglarining
ortishga olib keluvchi shart sifatida qaraladi.