KIRISH………………………………………………………………………...
15
Hozirgi kunda asosiy fondlar joriy baholari va tariflariga birinchi darajali ta’sir
qiluvchi omil bo’lib inflyasiya hisoblanadi.
Korxona balansida asosiy fondlar vaqt o’tishi bilan turli xil qiymatda aks
etib qoladi. Ya’ni, xo’jalik yuritishning hozirgi sharoitida
asosiy fondlarni faqat
ularning boshlang’ich qiymati bo’yicha haqiqiy baholab bo’lmaydi va shuning
uchun ularni qayta baholash va bir xil qiymatga o’tkazish zarurati to’g’iladi.
Tiklanish qiymati bo’yicha
- asosiy fondlar yoki ularning biron-bir qismini
(binolar,
qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalari va hokazo)
hozirgi
paytdagi inflyasiya va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash.
Baholashning bu usuli obyektning hozirgi paytdagi qayta ishlab chiqarish davrida
qancha turishini ko’rsatadi. Korxona asosiy fondlarining tiklanish qiymati,
taftish
va inventarizasiya paytida, mamlakat miqyosida va davlat
chora-tadbiri sifatida
esa, asosiy fondlarni qayta baholash paytida amalga oshiriladi.