KIRISH………………………………………………………………………...
16
1.2-rasm. Korxona asosiy fondlarini baholashning turlari.
Qoldiq qiymati bo’yicha
- asosiy fondlarning
eskirishini inobatga olgan
holda, birlamchi va qayta tiklash qiymatlari o’rtasidagi farq ko’rinishidagi
baholashdir. Boshqacha qilib aytganda, bu
asosiy fondlarning ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarga hali o’tkazilmagan qismidir. Korxonalar tomonidan
foydalanilmaydigan hamda hisobdan chiqarish yoki sotib yuborish mo’ljallangan
asosiy fondlar ham, ko’pincha qoldiq qiymati bo’yicha, mazkur xo’jalik
yilidagi
narxlarda baholanadi.
Korxona asosiy fondlarini baholashning turlarini quyidagi rasm ko’rinishda
aks ettirish mumkin:
Iqtisodiyotning
globallashuvi
hamda
hisob
va
hisobotlarning
mukammallashuvi, jumladan, milliy hisob standartlarining
jahon standartlari
talablari darajasiga keltirilishi tufayli,
garchi asosiy vositalar, asosiy fondlarning
pul ko’rinishidagi ifodasi sifatida avvaldan qo’llanib kelgan bo’lsada, hayotimizga
“asosiy kapital”, “asosiy vositalar” kabi atamalar endilikda
keng ravishda kirib
kelmoqda.
Hozirigi kunda amaliyotda asosiy vositalarning korxona balansi va
hisobotlarida aks ettiriluvchi (ya’ni, boshlang’ich,
belgilangan tartibda
o’tkaziluvchi qayta baholashdan keyin esa tiklanish), hisobga olish qiymati balans
qiymati deb ataladi. Bundan asosiy vositalarning qoldiq qiymatini asosiy
vositalarning balans qiymatidan eskirish summasini
ayirib tashlash yordamida
topish mumkinligi anglashaladi.
Qabul qilingan baholash usuli va korxona balansida aks ettiriluvchi
buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosida, korxona
asosiy ishlab chiqarish
fondlarining o’rtacha yillik qiymati (F
sr
) belgilanadi.
Asosiy fondlarni boshlang’ich yoki tiklanish qiymati bo’yicha baholashdan
tashqari eskirish summasi ham hisobga olinadi. Asosiy fondlar jismoniy va
ma’naviy jihatdan eskirishi mumkin.