• 2 ta radikalni di-, uchtani tri-, to’rttani tetra
  • Olinish usuli.
  • Alkanlar reja: Alkanlarning xossalari Olinishi Fizik xossalari




    Download 162,05 Kb.
    bet2/4
    Sana23.12.2023
    Hajmi162,05 Kb.
    #127495
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Bekmurodova gulshan

    Nomenklaturasi
    XIX asrdan boshlab organik moddalarni nomlashda ratsional (lotincha “ratio” fikrlash degani) nomenklatura qo’llanildi. Bunda istalgan alkan uchun metan tuzilishi asos qilib olinadi. Nomlashda radikallar nomi oxiriga metan so’zi qo’shib o’qiladi.

    Ratsional nomenklatura tuzilishi oddiy va uncha ko’p uglerod saqlamagan moddalarni nomlashda qulay, ammo murakkab va tarmoqlangan zanjirli organik moddalarni nomlab bo’lmaydi. 1960-yil IUPAC (Intenational Union of Pure and Applied Chemistry; Sof va amaliy kimyo xalqaro ittifoqi) tomonidan ishlab chiqilgan yangi nomenklatura e’lon qilindi. Ushbu nomenklatura sistematik nomenklatura deb nomlandi. To’yingan uglevodorodlarni sistematik nomenklatura bo’yicha nomlash uchun, eng uzun zanjir-asosiy uglerod zanjiri raqamlanadi. Raqamlash radikal yaqin turgan tomondan boshlanadi. Nomlashda avval radikalning asosiy zanjirdagi qaysi uglerod atomiga birikkanligini ko’rsatuvchi raqam yoziladi, keyin radikal nomi, keyin esa asosiy zanjirdagi uglerod soniga to’g’ri keluvchi alkan nomi yoziladi.

    Agar radikallar asosiy zanjirning ikki uchidan baravar uzoqlikda, bir xil miqdorda joylashgan bo’lsa, raqamlash kichik – oddiy radikallar joylashgan tomondan boshlanadi:

    Agar radikallar asosiy zanjirning ikki uchidan baravar uzoqlikda bir xil radikallar turli sonda joylashgan bo’lsa, raqamlash radikal ko’p tomondan joylashgan tomondan boshlanadi. Bir xil radikallar ko’p miqdorda bo’lsa, radikallar soni 2 ta radikalni di-, uchtani tri-, to’rttani tetra- va shunga o’xshash old qo’shimchalar orqali ifodalanadi:

    Izomeriyasi
    Alkanlar struktura va optik izomerlarga ega. Asosan struktura izomeriyasi o’rganiladi. Bu tip izomeriya butandan boshlanadi.

    Uglerod atomlari o’zaro birikib to’g’ri zanjir hosil qilsa, normal (n), tarmoqlangan bo’lsa, izo-birikmalar deyiladi. Uglerod atomining soni oshgan sari, izomerlar soni oshadi. Masalan, pentanda 3 ta, geksanda 5 ta, geptanda 9 ta, oktanda 18 ta, nonanda 35 ta, dekanda 75 ta izomer bor.
    Olinish usuli.
    To’yingan uglevodorodlar, asosan, tabiiy gazdan (90-98% metan, qolgani etan, propan, butan va boshqa uglevodorodlardan iborat), neftdan va o’simliklardan olinadi.
    1. 1856-yilda Bertolle birinchi marta metanni uglerod sulfid bilan vodorod sulfid aralashmasini qizdirilgan mis ustidan o’tkazib hosil qildi.
    CS2 + 2H2S + 8Cu → CH4 + 4Cu2S

    Download 162,05 Kb.
    1   2   3   4




    Download 162,05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Alkanlar reja: Alkanlarning xossalari Olinishi Fizik xossalari

    Download 162,05 Kb.