• 4. Oksidlanish reaksiyalari
  • 5. Degidrogenlanish reaksiyasi
  • Ishlatilishi: to’yingan uglevodorodlarning quyi molekulali vakillari yoqilg’i sifatida ishlatiladi; xlormetan
  • Alkanlar reja: Alkanlarning xossalari Olinishi Fizik xossalari




    Download 162,05 Kb.
    bet4/4
    Sana23.12.2023
    Hajmi162,05 Kb.
    #127495
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Bekmurodova gulshan

    2. Nitrolash reaksiyasi: Konovalov ma’lum sharoitda suyultirilgan nitrat kislotasi alkanlarni nitrolab, nitrobirikmalar hosil qilishni ko’rsatdi:
    C3H8 + HNO3 → C3H7NO2 + H2O
    Asosiy maxsulot 2-nitropropan lekin, kam miqdorda 1-nitropropan ham hosil bo’ladi.
    3. Metan yuqori temperaturada (1500°C) qizdirilda, asetilen va vodorod gazlari hosil bo’ladi:
    2CH4 → C2H2 + 3H2
    4. Oksidlanish reaksiyalari. To’yingan uglevodorodlar yuqori haroratlada alangalanib yonib CO2 va H2O ni hosil qiladi:
    Umumiy yonish tenglamasi:
    CnH2n+2 + (1,5n+0,5)O2 → nCO2 + (n+1)H2O
    Alkanlar yuqori bo’lmagan haroratda, havodagi kislorod bilan MnO2 katalizatorligida oksidlanadi. Bu reaksiya natijasida quyi molekulali uglevodorodlarning kislorodli birikmalarini hosil qiladi. Bunda C-C bog’lari uziladi va to’yingan karbon kislotalar aralashmalari hosil bo’ladi. masalan, sanoatda butanni oksidlab sirka kislota olinadi:
    CH3-CH2-CH2-CH3 + [O] → 2CH3COOH
    5. Degidrogenlanish reaksiyasi: vodorodning ajralishi
    C4H10 → C4H8 + C4H6
    6. Sulfolash reaksiyasi:
    R-H + HOSO3H → R-SO3H + H2O
    7. Krekinglash (parchalash) reaksiyalari: kreking jarayonida yuqori haroratda qaynaydigan og’ir molekulalar past haroratda qaynaydigan kichik uglevodorodlarga parchalanadi. Kreking jarayoni ikki xil bo’ladi: termik va katalitik. Termik krekingda yuqori molekulali uglevodorodlardan kichik molekulali uglevodorodlar olinadi:
    C12H26 → C6H14 + C6H12 (alkan va alken)
    Katalitik krekingda esa uglevodorodlarning izomerlanish jarayoni olib boriladi: Butan → Izobutan
    Ishlatilishi:

    • to’yingan uglevodorodlarning quyi molekulali vakillari yoqilg’i sifatida ishlatiladi;

    • xlormetan – bug’langanda katta miqdorda issiqlik yutganligi sababli sovutgichlar tayyorlashda ishlatiladi;

    • dixlormetan, trixlormetan (xloroform), tetraxlormetan - erituvchi sifatida ishlatiladi;

    • etil bromid - jarrohlikda milkni vaqtinchalik og’riq sezmaydigan holatga keltirish uchun ishlatiladi;

    • izooktan – C8H18 (2,2,4,-trimetilpentan). Aviatsiya benzining asosiy qismi. Motor yonilg’isi sifatida benzinning sifatini aniqlovchi moddadir. Shuning uchun benzinning sifati oktan soni bilan aniqlandi;

    • uglerod atomlarining soni 20-25 ta bo’lgan parafinlarni oksidlash sanoatda katta ahamiyatga ega. Shu yo’l bilan zanjirning uzunligi turlicha bo’lgan sintetik yog’ kislotalari olinadi.

    Download 162,05 Kb.
    1   2   3   4




    Download 162,05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Alkanlar reja: Alkanlarning xossalari Olinishi Fizik xossalari

    Download 162,05 Kb.