|
Alkanlar reja: Alkanlarning xossalari Olinishi Fizik xossalari
|
bet | 3/4 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 162,05 Kb. | | #127495 |
Bog'liq Bekmurodova gulshan2. Dyuma reaksiyasi orqali qattiq holatda karbon kislotalar tuzlarini ishqorlar bilan qizdirish bilan olinadi: R-radikal
R-COONa + NaOH → R-H + Na2CO3
CH3-COONa + NaOH → CH3-H + Na2CO3
3. Karbidlarning gidrolizi:
Al4C3 + 12H2O → 4Al(OH)3 + 3CH4
4. 1897-yilda 1200°C da to’g’ridan to’g’ri uglerodga vodorod ta’sir ettirib, metan olish yo’li topildi:
C + 2H2 → CH4
5. Fisher-Tropsh usuli:
nCO + (2n+1)H2 → CnH2n+2 + nH2O
Fizik xossalari:
C1-C4 oddiy sharoitda gaz holidagi moddalar, C5-C16 gacha bo’lganlari suyuqlik va C17 dan boshlab esa qattiq moddalardir. Gomologik qatorda uglerod atomlarining soni ortishi bilan alkanlarning suyuqlanish va qaynash harorati hamda solishtirma og’irligi oshib boradi. Tarmoqlangan zanjirli izomerlarning qaynash haroratlari normal zanjirli izomerlarnikidan pastroq bo’ladi. Suvda yomon eriydi, ammo organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
Kimyoviy xossalari:
To’yingan uglevodorodlarda C-C va C-H bog’lari bo’lib, ular juda kuchsiz qutblanishga ega, lekin bog’lanish energiyasi yuqori. Ular birikish reaksiyalariga kirishmaydi. Oddiy sharoitda kuchli oksidlovchilar KMnO4, K2Cr2O7 va boshqalar ta’sir etmaydi. Shuning uchun ular parafinlar (lotincha “parum offinis” – aktivmas) alkanlar katalizator ishtirokida, temperatura va yorug’lik ta’sirida o’rin olish reaksiyalariga kirishadi. Almashinish reaksiyalariga uchlamchi uglerod atomidagi vodorod atomlari osonroq, ikkilamchi uglerod atomidagi vodorod atomi esa qiyinroq, birlamchi uglerod atomidagi vodorod esa eng qiyin almashinadi.
1. Galogenlash reaksiyasi. Galogenlar yorug’lik nuri ta’sirida alkanlar bilan reaksiyaga kirishadi. Metanga xlor ta’sir ettirilganda metanning vodorod atomlari birin-ketin xlor atomlariga almashinadi va vodorod xlorid ajralib chiqadi:
Metanning yorug’lik nuri ta’sirida xlorlanishi, erkin radikallar mexanizmida boradi va zanjir reaksiya deyiladi. Agar metan issiqlik ta’sirida xlorlansa, ya’ni qizdirilsa reaksiya portlash bilan borib, vodorod xlorid va ko’mir hosil bo’ladi:
CH4 + 2Cl2 → C + 4HCl
Quyidagi tartibda galogenlanish tezligi kamayib boradi: F ← Cl ← Br ← I
|
| |