«Aqlli buyumlar» vaqti yetib keldi!
Har kuni «aqlli televizor», «aqlli uy», «aqlli kir yuvish mashinasi»
va hatto chang yutgich haqida yangiliklarni eshitamiz.
Inglizchadan
«Smart» — «aqlli» so‘zi o‘n yillikdagi eng ommaviy so‘zlar o‘nligiga
kiradi, smartfonlar esa (aqlli telefonlar) butun dunyo bo‘ylab
deyarli milliardlab foydalanuvchilarda bor. Bugun yangi tenden
siyalar — «aqlli soatlar» haqida so‘z yuritamiz, ularni jahonda mash
hur bo‘lgan kompaniyalar ishlab chiqarmoqda yoki ishlab chiqa
rishni boshlamoqchilar. «Aqlli soatlar» haqida bir necha yangi
anonslarni taqdim etamiz.
2014-yilda «aqlli soatlar» ishlab chiqarilishi
hajmi besh million donaga yetadi
Canalys hisobotiga ko‘ra aqlli soatlar yetkazib berilishi hajmi ke
yingi yilda 5 000 000 donaga yetadi. Avvalgi
yil bilan taqqoslaydigan
bo‘lsak, mazkur agentlik ma’lumotlariga
qaraganda, ushbu toifa mah
sulotlarini yetkazib berish 330 000 donani tashkil etgan, joriy yilda
esa, mahsulot hajmi o‘sishi 500 000 dona darajasiga yetishi mumkin.
Agar o‘tgan yilda Sony va Motorola aqlli soatlar asosiy ishlab
chiqaruvchilari deb hisoblangan bo‘lsa,
joriy yilda mana shu ikki
kompaniyaga Pebble Technology raqobatchilik qildi. Keyingi yilda
esa Sony, Motorola va Pebble kompaniyalariga Apple, Google,
Microsoft va Samsung ham qo‘shiladi deb hisoblaydi Canalys mu
taxassislari. Umuman olganda, analitiklar keyingi yilda mahsulot
yetkazib berish hajmi deyarli o‘n barobar o‘sishini katta kompani
yalar tomonidan aqlli soatlar yangi avlodlarining ishlab chiqari
lishi bilan bog‘liq deb hisoblamoqdalar.
Canalys vitseprezidenti va bosh analitiki Kris Jonsning (Chris
Jones) so‘zlariga qaraganda, aqlli soatlar iPad’ning planshetlar bo
zoriga chiqqan vaqtdan boshlab iste’molchilik elektronikasi yangi
mahsulotlari eng muhim toifasi bo‘lib qoladi.
Manba: