Aloqa, axborotlashtirish sohasi
xodimlari taqdirlandilar
28avgust kuni «Aloqa tarixi muzeyi»da Davlatimiz mustaqilli
gining 22 yilligi
munosabati bilan aloqa, axborotlashtirish va tele
kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat ko‘rsatib kela
yotgan xodimlardan bir guruhini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va tele
kommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan soha
da ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan, fidoyi
xodimlarga «Mohir aloqachi» unvoni, «O‘z kasbining ustasi»
belgisi
va faxriy yorliqlar topshirildi.
Taqdirlash marosimida ta’kidlanganidek, davlatimiz tomonidan
axborot va telekommunikatsiya sohasiga qaratilgan katta e’tibor,
qabul qilinayotgan qator qonun va me’yoriyhuquqiy hujjatlar,
maqsadli dasturlar sohani zamon talablariga muvofiq rivojlanti
rishda,
yuqori natijalarga erishishda, telekommunikatsiya va ax
borot texnologiyalarini joriy qilishni yanada takomillashtirishda
zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.
Tadbirda jamiyatni axborotlashtirish,
aholiga sifatli aloqa va
pochta xizmatlarini ko‘rsatishda jonbozlik ko‘rsatgan aloqachi
larning hissasi alohida e’tirof etildi. So‘zga chiqqan taqdirlanganlar
ularga ko‘rsatilgan e’tiborni kelgusidagi samarali faoliyatlariga bildi
rilgan katta ishonch sifatida qabul qilishlarini aytishdi.
Manba:
www.ccitt.uz
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali