|
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlaridan bir guruhiBog'liq 7 2013www.uzinfocom.uz
Pochta xavfsizligi bo‘yicha Respublika seminari o‘tkazildi
Joriy yilning 15–16 avgust kunlari Xorazm viloyatining Urganch
shahrida Pochta xavfsizligi xizmati xodimlarining malakasini oshi
rish maqsadida pochta xavfsizligi bo‘yicha Respublika seminari
o‘tkazildi.
Seminarda: Jamiyat rahbariyati va xodimlari, pochta xavfsizligi
inspektorlari, pochta xavfsizligi bo‘linmasi boshliqlari, Xorazm fili
ali pochta xavfsizligi texniklari, O‘zbekiston Respublikasi aloqa ax
borotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat
Qo‘mitasi, Xorazm viloyati aloqa, axborotlashtirish va telekommuni
katsiya texnologiyalari sohasi bo‘yicha Davlat nazorati inspeksiyasi,
TATU, «UNICON.UZ» DUK, Xorazm viloyati DSNEM o‘ta xavfli yuqum
li kasalliklar va radiologiya bo‘limi, Jinoiy faoliyatdan olingan daro
madlarni legallashtirishiga va terrorizmni moliyalashtirilishiga qarshi
kurashish bo‘yicha Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining
Xorazm viloyat boshqarmasi bo‘limi, Xorazm viloyati FVB aloqa va
xabar berish bo‘limi xodimlari ishtirok etdilar.
Seminar davomida pochta xavfsizligini mustahkamlash, poch
ta jo‘natmalari va pul mablag‘lari saqlanishini ta’minlash, pochta
jo‘natmalarining xavfsizlik talablari ijrosi ta’minlanishi, pochta alo
qasi obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash masalalari yuza
sidan ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, Butunjahon pochta ittifoqi
ning pochta jo‘natmalari xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ishlab
chiqilgan ko‘rsatmalari va takliflari bilan tanishtirilib, aviaparvoz
lar xavfsizligini ta’minlash, ya’ni havo yo‘llari transportlarida quy
ma batareyalarni jo‘natish va tashish bo‘yicha qo‘shma ishlar o‘tka
zish bo‘yicha savollar muhokama etildi.
16avgust kuni Xorazm filialining Qorovul pochta aloqasi
tarmog‘ida IIB, FVB, SENM xodimlari va PAT xodimlari ishtirokida
«Shubhali pochta jo‘natmasi aniqlanganda PAT xodimlarining te
gishli tashkilotlar bilan hamkorlikdagi xattiharakati» mavzusidagi
ko‘rgazmali maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot
yakunida Xorazm viloyati IIB, FVB, SENM xodimlari tomonidan
tegishli tushunchalar berildi.
Seminar qatnashchilari tomonidan pochta xavfsizligi seminari
o‘tkazilishiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilganligi ta’kidlab o‘tildi.
Manba:
|
| |