|
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlaridan bir guruhiBog'liq 7 2013Internet festivali boshlandi
Мamlakatimizda milliy UZ domeni internet festivali o‘z ishini
boshladi. Ushbu tadbir «O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi»
jamg‘armasi, «Kelajak ovozi» yoshlar tashabbuslari markazi va
«UZINFOCOM» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlanti
rish va joriy etish markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari
davlat qo‘mitasi ko‘magida tashkil etildi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida axborot sohasida
keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, internet
ni barcha hududlarda ommalashtirish va undan keng aholi qatlam
lari foydalanishi uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan o‘zgarishlar
shular jumlasidandir. O‘zbekiston Respublikasining 2013–2020 yil
larga mo‘ljallangan Milliy axborotkommunikatsiya tizimini
rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturining qabul qilinishi bunga
yaqqol misol bo‘la oladi. Mazkur dastur mamlakatimiz rahbarining
2013yil 27iyundagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan.
Bu yil festival 13avgust — 23sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Aho
lining keng qatlamlari orasida internet tarmog‘ini ommalashtirish,
milliy kontentni rivojlantirishga ko‘maklashish va jahon axborot
tarmog‘ida o‘zbek tilidan foydalanish ko‘lamini kengaytirish uning
asosiy vazifalari sirasiga kiradi. Tanlovda festival o‘tkaziladigan
davr mobaynida amal qiluvchi va UZ domenida ro‘yxatdan o‘tgan
saytlar ishtirok etishi mumkin. Tanlovda ishtirok etish uchun nom
zod ko‘rsatish hay’at a’zolari, sayt egalari, barcha xohlovchilar to
monidan festivalning rasmiy sayti —
www.if.uz da berilgan shakl
bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Ishtirok etish uchun 2013yil
ning 13avgustidan 10sentabrigacha ariza berish mumkin.
Festivalning tanlov dasturi 10 mavzuli va 2 maxsus nominatsi
yani o‘z ichiga oladi. Dasturda WWW.UZ milliy qidiruv tizimi to
monidan 10ta mavzuli nominatsiyaning har biri bo‘yicha ish
tirokchilar uchun maxsus sovrinlar ko‘zda tutilgan. Muayyan davr
da har bir mavzuli nominatsiya ishtirokchilari o‘rtasida eng ko‘p
xost to‘plagan 10ta sayt g‘olib deb topiladi. 2013yil festivali tanlov
dasturining o‘ziga xos jihati shundaki, mavzuli nominatsiyalarda
interfaol davlat xizmatlari ko‘rsatilishini baholash, «Tarmoq servis
lari sohasida eng yaxshi sayt» kategoriyasida «Elektron tijorat» maxsus
kichik nominatsiyasi joriy qilinishiga e’tibor qaratiladi.
Festival tashkilotchilarining ma’lum qilishicha, g‘oliblarni
taqdirlash marosimi 23sentabr kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod
saroyida an’anaviy «InfoCOM2013» axborotkommunikatsiya tex
nologiyalari haftaligining birinchi kunida bo‘lib o‘tadi.
Manba:
|
| |