|
orqali davlat organlari faoliyatiniBog'liq 7 2013orqali davlat organlari faoliyatini
takomillashtirishning yangi imkoniyatlari
Birinchi sentabrda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(Yagona portal) ishga tushganiga ikki oy bo‘ladi. Albatta, bu juda
qisqa fursat, ammo Yagona portalning faoliyati va davlat organ
larining fuqarolar murojaatlari bilan ishlashi
bo‘yicha ba’zi tahlil va xulosalarni sarhisob
qilsa bo‘ladi. Bugungi kunda Yagona portal
orqali fuqarolarning davlat organlariga yubor
gan murojaatlari soni 700dan ortib ketdi.
Ularning 511tasi (73%) ko‘rib chiqildi, ya’ni
ushbu murojaatlar bo‘yicha davlat organlari
dan javoblar olindi.
Shuni ta’kidlash lozimki, Yagona portalni
takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom ettiril
moqda, yangi tashkilotlar ulanmoqda, yangi
imkoniyatlar va xizmatlar ishlab chiqilmoq
da. Yagona portal orqali ish sifati va qulayligi
darajasi ortib bormoqda. Davlat organlarining
mas’ul xodimlari bilan Yagona portal modul
laridan samarali foydalanish bo‘yicha mun
tazam ravishda ish olib borilmoqda, o‘quv
mashg‘ulotlari va seminarlar o‘tkazilmoqda.
Qayta aloqani takomillashtirish va fu
qarolarning davlat organlarining murojaat
lar bilan ishlashi to‘g‘risidagi fikrlarini hisob
ga olish maqsadida aholiga yangi imko
niyat — murojaatga berilgan javobga izoh
berish imkoniyati yaratildi. Buning uchun
davlat organidan kelgan javobni ko‘rishda
«Baholash» xizmatidan foydalanish zarur.
Javobni baholash mezonlarining ustki
qismida javobga izoh yozish uchun joy ochi
ladi va u yerda Siz ushbu javobga nega aynan
shu bahoni qo‘yganligingizni, ushbu javobda nima Sizni qanoatlan
tirmagani va nima uchun Siz ushbu davlat organining fuqarolarning
murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha yondashuvini o‘zgartirishi lo
zimligi to‘g‘risida o‘z izohingizni qoldirishingiz mumkin.
Shu bilan birga, tahlil natijalari Yagona portal bilan to‘laqonli
ishlash uchun ma’lum vaqt kerakligini ko‘rsatmoqda. Xususan, faqat
gina 30% foydalanuvchilar davlat organlaridan o‘z murojaatlariga
olgan javoblarni baholash imkoniyatidan foydalanganlar.
Boshqa tomondan esa, davlat organi xodimlari uchun ularning
fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘z yonda
shuvlarini qayta ko‘rib chiqishlari uchun ham ma’lum vaqt talab
etiladi, negaki Yagona portal orqali yo‘llangan istalgan murojaat
ro‘yxatdan o‘tkaziladi va u yoki bu murojaatni sezdirmasdan o‘chirib
tashlash yoki ko‘rib chiqmasdan qoldirish mumkin emas.
Bugungi kunda fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha eng ko‘p
murojaat etilgan davlat organlari quyida aks ettirilgan:
|
| |