Bundan
tashqari, quyidagi davlat organlari va tashkilotlar fuqaro
larning murojaatlariga bergan javoblarning sifati yuzasidan ishlarni
kuchaytirishlari lozim, negaki, ushbu tashkilotlarning javoblari bilan
qoniqishning o‘rtacha darajasi boshqa tashkilotlarga nisbatan past:
1.
Namangan viloyati hokimligi;
2.
«O‘zavtosanoat» AK;
3.
«O‘zstandart» agentligi;
4.
«O‘zkommunxizmat» agentligi.
Ammo yuqorida keltirilgan tahlillar Yagona portalning atigi
ikki oy ichidagi faoliyatining natijalari xolos, shuning uchun davlat
organlarining faoliyati to‘g‘risida bir
nechta javoblarga asoslangan
holda shoshmashosharlik bilan xulosa chiqarish kerak emas. Vaqt
o‘tishi bilan javoblarga yetarli miqdorda baholar qo‘yilgandan so‘ng,
davlat organlarining fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha faoliyat
larini takomillashtirish yuzasidan choratadbirlarning zarurligi
to‘g‘risida chuqur tahlil va xulosa qilish mumkin.
Shu bilan birga, ba’zi davlat organlari,
misol uchun, O‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, «Sanoatgeokontexnazorat»
davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geo
deziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha Davlat qo‘mitasi,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi,
«O‘zkommunxizmat» agentligi, «O‘zbekkino» agentligi,
Navoiy
viloyati Hokimligi, «O‘zavtoyo‘l» DAK kabi davlat organlarida mud
dati o‘tgan murojaatlar yuzaga kelgan.
Davlat organlari rahbarlari o‘z idoralarida fuqarolarning muro
jaatlari bilan olib borilayotgan ish sifatidan xabardor bo‘lib turishlari
uchun davlat organi kabinetida barcha statistikani,
shu jumladan,
javoblarga berilgan o‘rtacha baholash darajasini ko‘rish imkoniyati
yaratilgan. Past bahoning sabablarini tahlil qilish uchun esa, shu
ningdek, har bir javob bo‘yicha baholarni ko‘rish imkoni mavjud.
Shu sababli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari,
mahalliy davlat
hokimiyati organlarining rahbarlariga o‘zlarining haftalik
yig‘ilishlarida Yagona portal orqali yo‘llangan fuqarolarning muro
jaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ish sifati masalalarini ko‘rib chiqish,
Yagona portalning foydalanuvchilariga esa har bir javobga baho qo‘yish
hamda baholarga izoh berish tavsiya etiladi. Ushbu choratadbirlar
Yagona portal orqali fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro
aloqadorligini yanada takomillashtirishga yordam beradi.
Manba: