Davlatimiz rahbarining 2013yil 27iyundagi qarori bilan tasdiqlan
gan O‘zbekiston Respublikasining 2013–2020 yillarga mo‘ljallangan
Milliy axborotkommunikatsiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha
kompleks dasturining qabul qilinishi mamlakatimizda axborot
resurslari, tizimlari va tarmoqlarini jadal rivojlantirish borasida
yangi bosqichni boshlab berdi.
An’anaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalari milliy sam
mitining asosiy voqealaridan biri bo‘lgan «InfoCOM2013» axborot
kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi sohada muvaffaqiyatli amal
ga oshirilayotgan islohotlar samarasidir. Uni o‘tkazishdan ko‘zlangan
maqsad sohadagi yangi yo‘nalish va yutuqlarni namoyish etish uchun
o‘ziga xos maydon yaratish, iqtisodiyotning turli tarmoqlariga za
monaviy texnologiyalarni joriy etish, AKT’ni rivojlantirish istiqbol
larini muhokama qilish, hamkorlar doirasini kengaytirish va ushbu
sektorni rivojlantirishni rag‘batlantirishdan iborat.
Har yili sammitda O‘zbekistondagi AKT sohasi mutaxassislari
va bu borada sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, sohani
rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha eng so‘nggi yutuq
larni muhokama qilish hamda fikr almashishdan manfaatdor xori
jiy davlatlar vakillari ishtirok etadi. Tadbir tashkilotchilarining
ma’lum qilishicha, bu yilgi sammitda AKT sohasidagi siyosatni tar
tibga solish, dasturiy ta’minot sanoati, media biznes, elektron tijo
rat va elektron sog‘liqni saqlashni rivojlantirish, tadbirkorlik va
innovatsiya faoliyati uchun ixtisoslashtirilgan ilmiytexnikaviy
hududlar hamda qulay infratuzilma yaratish, ushbu jarayonda dav
latning o‘rni va boshqa masalalar muhokama etiladi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik pala
tasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari
qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekom
munikatsiyalar masalalari bo‘yicha axborottahlil departamenti,
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari
davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va
tashkilotlari uyushmasi hamda CIB GROUP kompaniyasi tomonidan
tashkil etilmoqda.
Shuningdek, haftalik doirasida sohani yanada rivojlantirish
ga qaratilgan va mutaxassislar hamda keng doiradagi foydalanuv
chilar uchun katta qiziqish uyg‘otadigan boshqa tadbirlar ham
o‘tkaziladi. Bir paytning o‘zida Toshkent va Jizzaxda bo‘lib o‘tadigan
«ICTExpo2013» axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi ham haftalik
ning muhim voqealaridan biridir. Bundan tashqari, AKT sohasidagi
qonunchilikni takomillashtirish masalalari bo‘yicha seminar,
O‘zbekistonda internetprovaydingni rivojlantirishga bag‘ishlangan
davra suhbati o‘tkaziladi, UZ milliy domeni internetfestivali yakun
lari sarhisob qilinadi. Haftalikning so‘nggi kunida «BestSoft Chalenge»
tanlovi, «ICTstudents» universiadasi va WCG kompyuter o‘yin
lari bo‘yicha jahon chempionatining saralash turniri g‘oliblarini
taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.