Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlaridan bir guruhi




Download 16 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/72
Sana21.12.2023
Hajmi16 Mb.
#126359
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   72
Bog'liq
7 2013

www.kickstarter.com
Microsoft «aqlli» soatlarida Windows 8 OT moslashtirilgan
versiyasi va «shaffof alyuminiydan» foydalaniladi
«Aqlli» soatlar konsepsiyasi hozirga kelib, Internetni to‘ldirib
yuborgan. Analitiklar katta savdo hajmlari bo‘lishini bashorat qil
moqdalar, ba’zilar esa mana shu kabi qurilmalar kelajagi porloq
deb hisoblamoqda. Ko‘plab katta kompaniyalar rasman «aqlli» soat
lar o‘z versiyalarini ishlab chiqarishni maqsad qilib qo‘yganlarini
bildirmoqdalar. Pebble Watch yutuqlari ham bu qurilmalarning is
tiqboli yorqinligini ko‘rsatmoqda.
Microsoft yangi bozorda o‘z ulushiga ega bo‘lishni istagan kom
paniyalar qatoriga kiradi. Ularning qurilmalari aftidan raqobatchi
larinikidan katta farq qiladigan bo‘ladi. Birinchidan, manbada ay
tilishicha, soatda Windows 8 boshqaruvi ostidagi boshqa qurilma
lar bilan birgalikda ishlashga yo‘nalish bilan Windows 8 OT
moslashtirilgan versiyasidan foydalaniladi. Ikkinchidan, go‘yo quril
ma 6 GB xotira bilan va yangi saqlovchilar bilan ishlashga yo‘nal
tirilgan shaxsiy LTE chipi bilan jihozlanadi.
U yog‘i bundan ham qiziqarli. Microsoft soatlari namunalari
hozirning o‘zida test sinovlaridan o‘tkazilmoqda. Ular alyuminiy
oksinitridi (AlON) — toblangan oynadan to‘rt barobar mustahkam
roq va harbiy texnikada zirhlangan oyna tashqi qismi uchun foy
dalaniladigan modda bilan himoyalangan 1,5 duym diagonalli ek
ran bilan jihozlangan. Lumia smartfonlari kabi Microsoft soatlari
ham bir necha ranglar variantlarida savdoga chiqariladi.
Manba: 
www.amongtech.com
Kreyos Meteor «aqlli» soatlari ishoralar
va tovushga quloq soladi
Bozorga yangi shovshuv — «aqlli» soatlar kirib kelmoqda.
Ishlab chiqaruvchilar yangi mahsulotni qay darajada yo‘lga qo‘ya
olishlari hozircha aniq emas, lekin kimki birinchi bo‘lib funksio
nalligi, tashqi ko‘rinishi va narxi aniq mosligini bilib olsa, mobil
qurilmalar bozori kelajak o‘sishi istiqbollari bilan bog‘liq segmentda
ustunlikka erishadi.
Indiegogo servisi yordamida soatlarni ishlab chiqarishga mab
lag‘ to‘plashni boshlagan Kreyos Meteor soat ishlab chiqarish
loyihachilari o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishga qaror qildilar.
41


Qurilmaga qiziqishning yuqori ekanligini yangilikni tayyorlash pay
tida dastlab maqsad 100 000 dollar bo‘lgan holda deyarli 400 000
dollar to‘plashga erishilganligi ko‘rsatib turibdi, lekin mablag‘ to‘plash
muddati tugashiga hali bor. Soatlarni $169 dollardan sotish taxmin
qilinmoqda, lekin mablag‘ to‘plash ishtirokchilari o‘z qurilmalarini
$100 narxda oladilar.
Ko‘rsatilgan mablag‘ga vazifasi — Bluetooth ulanishdan foy
dalanib, aytaylik, foydalanuvchi cho‘ntagida bo‘lgan smartfonni
to‘ldirish hisoblangan qurilma egasi bo‘lish mumkin. Kiritilgan
mikrofon va baling ovozda so‘zlashgich mavjudligi soatni qo‘ng‘iroq
qilish va qo‘ng‘iroqlarga javb berishga imkon beruvchi garnituraga
aylantiradi hamda ovozli buyruqlar yordamida boshqa funksiyalar
dan foydalanishga imkon beradi. Soatda harakat datchiklarining
mavjudligi ishoralar yordamida smartfon bilan o‘zaro aloqada
bo‘lishga imkon beradi.
Loyihachilar qurilma mustaqil o‘z qimmatiga ham ega ekanli
gini ta’kidlamoqdalar, shu bilan birga, u faqat vaqtni ko‘rsatmaydi:
kiritilgan ilovalar kunlik faollikni hisobga olishga imkon beradi.
Smartfonga ulanish mumkin bo‘lmagan paytda soat axborotni o‘z
xotirasida saqlaydi, ulanish bilan uni smartfon xotirasiga o‘tkazadi.
Dasturiy ta’minot loyihachilari SDK’dan foydalanishlari mumkin,
bu soatlar uchun dasturlar yaratishga imkon beradi.
Kreyos Meteor soatlari faqat qo‘lga taqib yurish uchungina
mo‘ljallanmagan bo‘lib, ularni kiyimga taqish, tasmada bo‘yinga
osib yurish yoki velosipedga mahkamlash mumkin. Umuman, soat
larda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi va o‘z mashg‘ulotlari
haqida axborotlarga ega bo‘lishni istovchi foydalanuvchilar uchun
mo‘ljallanganligi ko‘zga tashlanadi.
Kam elektr quvvati iste’mol qiluvchi mikrokontroller qurilmaga
asos bo‘lib xizmat qiladi. Soatlar diagonali bo‘yicha 1,26 duym kat
talikka va 144 x 168 piksellar zichligiga ega suyuq kristalli ekran,
to‘rtta tugmalar va vibrosignal bilan ta’minlangan. Ular ANT/ANTQ
va Bluetooth 2.1Q EDR va 4.0 (Low Energy) simsiz aloqa texnologiya
lari bilan ishlaydi. Soatlar giroskop, akselerometr, mikrofon va
gromkogovoritel kabilar bilan jihozlangan. Xabar qilishlariga
qaraganda 150 mAs sig‘imli batareyasi bilan ular yetti kun davomi
da zaryad olmay ishlashi mumkin. Batareyalar zaryad olishi va DT
yangilanishi uchun USB interfeysi mo‘ljallangan. Soatlar — suv
o‘tkazmaydilar. Tayyor mahsulotlarni savdoga jo‘natish noyabr oyida
boshlanishi kerak.
Manba: 

Download 16 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   72




Download 16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlaridan bir guruhi

Download 16 Mb.
Pdf ko'rish