www.cnews.ru VANMOOF 10 aqlli velosipedi
Gollandiyaning ishlab chiqaruvchisi VANMOOF yaqinda aholi
punktlari hududida harakatlanish uchun mo‘ljallangan juda qiziqarli
aqlli velosiped loyihasini jamoatchilikka taqdim etdi. Yangi mahsu
lot GPSnavigatsiyasi, elektr quvvati sarflanishi nazoratchisi, Philips
yoritish elementlari va motivatsiya tizimi bilan jihozlanadi. Barcha
elektron tizimlari yengil batareyadan quvvat oladi.
VANMOOF 10 kiritilgan kompyuter bilan jihozlangan, u velo
sipedchi tomonidan har bir pedallarni aylantirishga sarflaydigan
kuchini o‘lchaydi va ushbu ma’lumotlarga qarab dvigatel ishini
moslashtiradi. «Qancha yordam kerak bo‘lsa, shuncha yordam be
radigan» 250 Vt kuchga ega motor old g‘ildiraklariga o‘rnatilgan va
foydalanuvchining oyoqlari 80 foizgacha yuklamasini o‘z zimmasi
ga oladi. Istaganda yordamchi tizimni o‘chirib qo‘yish va o‘z ku
chingiz hisobiga harakatlanishingiz mumkin. Bundan tashqari,
GPSnavigatsiya olib qochish (o‘g‘irlash) holatlaridan himoyani
ham ta’minlaydi.
Velosipedning og‘irligi 19 kg.ni tashkil etadi. Panasonic kom
paniyasi batareyasi pilotning og‘irligi, harakatlanish rejimi va
sharoitlari hamda boshqa omillarga qarab o‘rtacha 30dan to 60 km
masofaga ishlashga qodir. O‘tirib qolgan batareya resurslarini to‘la
to‘ldirish uchun uch soatgacha vaqt kerak bo‘ladi. VANMOOF 10
«pilot» partiyasi savdoga noyabr oyida chiqariladi va bir donasi
uchun xaridorlarga 2598 dollar narxda sotiladi. Birinchi 200 nus
xalari mahsulot haqida qayta axborotlarni taqdim etishga tayyor
insonlarga taklif etiladi. O‘z navbatida umumiy savdo keyingi yil
aprel oyiga mo‘ljallangan.
Yugurish ishqibozlari uchun «Aqlli» paypoq
Bundan boshlab paypoq shunchaki kiyim emas. Heapsylon
kompaniyasi sog‘lom turmush tarzi olib boruvchilarga kerak
bo‘ladigan «aqlli» paypoqlarni yaratmoqda.
Sensoria Fitness Sock mahsulotiga datchiklar to‘qib o‘rna
tilgan, ular hisobiga u Bluetooth orqali gadjetlarga ulanadi.
44
Paypoq sarflangan kaloriyalar, qadamlar soni va bosib o‘tilgan
masofa hamda yurish yoki yugurish tezligini hisoblaydi. Olingan
ma’lumotlar asosida smartfon uchun ilova sizning harakatlaringiz
ni tahlil qiladi va qo‘yilgan topshiriqqa qarab tavsiyalar beradi.
Paypoqlarni odatdagidek yuvish mumkin. Bundan tashqari jam
lanmaga Bluetoothmodul kiritilgan braslet ham kiradi. U oyoqlar
to‘piq qismiga kiyiladi.
Manba: