|
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlaridan bir guruhiBog'liq 7 2013www.heapsylon.com
Aqlli ruchka orfografiyani tekshiradi
Ikki nemislar Falk Volski (Falk Wolsky) va Daniel Kesmaxer
(Daniel Kaesmacher) Kickstarter vebsayti yordamida orfogra
fiyani avtomatik tekshiruvchi Lernstift «aqlli» ruchkani ishlab
chiqarishga mablag‘ to‘plashga kirishdilar. Lernstift Linux yadrosida
operatsion tizimi boshqaruvi ostida kiritilgan kompyuter, harakat
datchiki, xotira, WiFiadapter va tebratish motoriga ega. Aksele
rometr, giroskop va magnetometrdan tashkil topgan harakatla
nish datchigi bir duymga 400 nuqtalar zichligi qobiliyatiga ega.
Uning yordamida foydalanuvchi yozayotgan matnni skanerlash
ishi bajariladi. Har bir soniyada datchik protsessorga 200 maro
taba ma’lumotlarni jo‘natishga qodir.
Kompyuterga datchikdan olingan ma’lumotlarni rasshifrov
ka qiladigan dasturiy ta’minot o‘rnatilgan. Dastur «optik tanib
olish texnologiyalari sohasida jahonda yetakchi» Vision Objects
tomonidan ishlab chiqilgan va «butun dunyo bo‘ylab millionlab
planshetlar va smartfonlarda sinovdan o‘tkazildi». Loyiha mualliflari
yordam so‘rab ko‘plab boshqa kompaniyalarga murojaat etdilar.
Misol uchun, ruchka dizayni Shtutgart shahridan ipdd konstruktor
lik byurosi tomonidan ishlab chiqilgan.
Dastur datchik taqdim etishga qodir bo‘lgan ancha kam sonli
ma’lumotlar talab etadi — qo‘lda yozilgan matnni tanib olish uchun
bir duymga 100 nuqtalar zichligi yetarli, bir soniyada 50 marta
ma’lumotlar olinishi ham yetarlidir.
Dastur 128 MB operativ xotira bilan ta’minlangan kiritilgan
Lernstift kompyuteri tarkibiga kiruvchi protsessor tomonidan ba
jariladi. Bir belgini tanib olish tezligi 20 ms. ni tashkil etadi.
Lernstift ikki funksiyalarni bajarishni biladi. Birinchi funk
siya — bu xatolarni tekshirish. Agar foydalanuvchi so‘zda xatoga
yo‘l qo‘ysa, ruchka avtomatik tarzda titraydi. Ikkinchi funksiya
si — dastxatini yaxshilash. Agar dastxati o‘qib bo‘lmaydigan bo‘lib
qolsa, ruchka titray boshlaydi. Lernstift dasturiy ta’minoti odam
dastxatiga moslashishga qodir. Ruchkani kalibrovka qilib olish
uchun foydalanuvchiga bosma harflar bilan va keyin — kursiv
bilan bir necha so‘zlar yozishi kerak bo‘ladi. Mana shu ma’lu
motlar asosida dastur keyinchalik foydalanuvchi dastxatini
o‘rgana boshlaydi.
Hozirgi kunga kelib, Lernstift faqat ikki til — ingliz va nemis
tillari bilan ishlaydi. «Iloji boricha, biz rus, ispan, fransuz, italyan
va boshqa tillarni qo‘shib boramiz», — deb ta’kidlaydi loyihachi
lar. Bundan tashqari, kelajakda Lernstift ruchkasini faqat orfogra
fiyani emas, balki grammatikani ham (gaplarda tinish belgilari)
tekshirishga o‘rgatish rejalashtirilmoqda.
Lernstift ruchkasidan 5 yoshdan katta bolalar va istagan yosh
dagi kattalar foydalanishlari mumkin bo‘lishi taxmin qilinmoq
da. Ruchka perolarini almashtirish mumkin. Ruchkalarni havo
rang va pushti ranglarda — o‘g‘il bolalar va qiz bolalar uchun
ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Dasturlashtirish ochiq in
terfeysi esa (API) boshqa loyihachilar tomonidan Lernstift uchun
turli ilovalar yaratishlariga imkon beradi. Lernstift qurilmasini
kompyuterga, smartfonga yoki planshetga ulash va uning yorda
mida yozilgan matnlarni saqlab qolish mumkin. Mana shu tarzda
yozmalarni, fikrlarni saqlab qo‘yish yoki misol uchun, otaonalar
o‘z farzandlarining o‘zlashtirishini tekshirishlari mumkin. Fikrlar
b i l a n Fa c e b o o k v a Tw i t t e r o ‘ r t o q l a s h i s h m u m k i n . M a n b a :
|
| |