Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlaridan bir guruhi




Download 16 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/72
Sana21.12.2023
Hajmi16 Mb.
#126359
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72
Bog'liq
7 2013

www.sonymobile.com.
«Aqlli soatlar» haqidagi yangiliklar sharhini yakunlar ekanmiz,
boshqa «aqlli» buyumlar haqida ham bir necha faktlarni keltirib
o‘tishni istardik!
«Aqlli» skalpel saraton (rak) hujayralarini aniqlaydi
Olimlar «aqlli pichoq» — skalpelni yaratdilar, u haqiqiy vaqt
davomida jarrohlarga saraton kasalligi to‘qimasi mavjudligi haqi
da xabar beradi. Jarrohlik xonalarida sinovlar davomida iKnife
«aqlli pichog‘i» 100% aniqlik bilan to‘qimada saraton hujayralari mav
judligini aniqladi. Ilgari mana shunday muolajaga yarim soat talab
etilar va bemor shu vaqt davomida narkoz ta’siri ostida bo‘lar edi.
iKnife mahsulotining sinov ishlari Sog‘liqni saqlash sohasida
tadqiqotlar Milliy instituti (Buyuk Britaniya), Yevropa tadqiqotchilik
kengashi hamda tadqiqotlar va texnologiyalar Milliy boshqarmasi
(Vengriya) tomonidan moliyalashtirilishi ostida o‘tkazildi.
Odatda saraton o‘smalarini davolashda shifokorlar aynan zarar
langan to‘qimani bartaraf etishga alohida umid qiladilar. Saraton
ning qaytalanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun jarroh faqat saraton
to‘qimasini emas, balki sog‘lom to‘qima bir qismini ham olib tashlay
di. Biroq to‘qimalarning qay biri zararlangan va qay biri sog‘lomligini
ko‘z bilan aniqlash mumkin emas. Shu sababli bemorlarga ko‘pincha
takroriy jarrohlik jarayoni talab qilinadi — o‘smani to‘la bartaraf
qilish uchun. Shubha bo‘lgan holatlarda jarrohlik jarayoni davomi
da to‘qima namunasini ekspertizaga jo‘natadilar, ekspertiza kami
da yarim soat vaqtni oladi. Shu davr davomida bemor jarrohlik
stolida narkoz ta’siri ostida bo‘ladi.
iKnife skalpeli ishlashi tamoyili 1920yillardayoq kashf etilgan
elektr jarrohlikka asoslangan. Elektr jarrohlik pichoqlari kesish
paytida to‘qimalarni tez qizdirish uchun elektr tokidan foydalanadi
va shu tariqa, qon yo‘qotishni kamaytiradi. Shu bilan birga, jarroh
mana shunday skalpel bilan ishlashi paytida tutun paydo bo‘ladi,
odatda uni havo tortish tizimi yordamida yo‘qotiladi. iKnife kash
fiyotchisi, London Imperiya kolleji doktori Zoltan Takats tutun bio
logik axborot manbasi bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi. iKnife
qurilmasini yaratish uchun tadqiqotchi elektr jarrohlik pichog‘ini
va to‘qimada mavjud kimyoviy moddalarni aniqlash uchun foy
dalaniladigan massspektrometrni birlashtirdi. Turli hujayralar
birbiridan farq qiluvchi metabolik moddalarni turli darajalarda
ishlab chiqaradi, shu sababli modda almashuvi mahsulotlarini tah
lil qilib, to‘qima holati haqidagi axborotni taqdim etish mumkin.
43


Tadqiqotlar davomida olimlar jarrohlik 302 bemorlaridan
to‘plangan to‘qimalarni analiz qilish uchun birinchi bor iKnife quril
masidan foydalandilar. Tadqiqotchilar inson tanasi sog‘lom va sa
ratonli to‘qimalari, shu jumladan, miya, o‘pka, sut bezlari, oshqo
zon, yo‘g‘on ichak va jigarning minglab to‘qimalari ko‘rsatkichlarini
yozib bordilar. Endi iKnife qurilmasi ushbu «kutubxonasidan» sara
tonni aniqlash uchun foydalanadilar. Ushbu jarayon uch soniyaga
yaqin vaqtni oladi.
Ma’lumotlar bazasini yaratgandan so‘ng shifokorlar haqiqiy vaqt
davomida jarrohlik jarayoni xonalarida iKnife bilan 91ta test si
novlarini o‘tkazdilar (bemorlar to‘qimalari namunalarida). Uning
ma’lumotlari jarrohlik jarayonidan keyingi to‘qimalar diagnostika
si ma’lumotlari bilan 100% mos bo‘lib chiqdi. Shunday qilib, iKnife
darhol va asosiysi zararlangan xavfli to‘qimani aniq aniqlashga
imkon beradi. Kelajakda, iKnife odatiy jarrohlik asbobi bo‘lib qol
ganda o‘simtalar xavfi ehtimolini kamaytirish mumkin bo‘ladi va
demak, ko‘p sonli bemorlarda jarrohlik jarayonidan so‘ng uzoq
vaqt sog‘lom hayot imkoniyati paydo bo‘ladi. iKnife kashfiyotchisi
doktor Takatsaning so‘zlariga qaraganda, uning skalpelidan boshqa
maqsadlarda ham foydalanish mumkin, misol uchun, bakteriyalar
turlarini aniqlash, qon bilan ta’minlanishi yetarli bo‘lmagan
to‘qimalarni aniqlash uchun foydalanish mumkin. Bundan tashqari,
olimlar iKnife bilan tajribalar o‘tkazib unda «aqlli pichoq» hatto ot
go‘shtini mol go‘shtidan farqini aniqladi. Hozircha iKnife jarrohlar
tomonidan haqiqiy jarrohlik jarayoni davomida foydalanilmaydi,
lekin «aqlli» skalpel yaratuvchilari yaqin kunlarda vaziyatni
o‘zgartirish istagidalar.
Manba: 

Download 16 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72




Download 16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlaridan bir guruhi

Download 16 Mb.
Pdf ko'rish