TA’LIM TIZIMIDA MULTIMEDIALI О‘QUV KURSLARINI YARATISH VA FOYDALANISH SAMARADORLIGI




Download 67,29 Kb.
bet2/5
Sana21.05.2024
Hajmi67,29 Kb.
#248196
1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja MMm

TA’LIM TIZIMIDA MULTIMEDIALI О‘QUV KURSLARINI YARATISH VA FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Ta’lim tizimi sifati va samaradorligini oshirishning asosiy usullaridan biri о‘quv jarayonida zamonaviy axborot kommunikasion texnologiyalarni, shu jumladan multimediyali о‘quv kurslarini qо‘llash, о‘qituvchi va о‘quvchining interfaol о‘zaro aloqalarini ta’minlash, multimediali о‘quv kurslari va darsliklarini ishlab chiqishda yuqori malakali kadrlarni jalb etishdan iborat bо‘ladi. Multimedia axborotlarni har xil kо‘rinishlarda tasvirlash va dinamik obrazlarini yaratish, uni kо‘rish va eshitish organlari orqali qabul qilish va tasavvur etish imkoniyatlarini yaratadi. Multimedia texnologiyalarida an’anaviy texnologiyalarga qaraganda axborotlar matn kо‘rinishda emas, balki tasvir, ovoz va harakatlar kо‘rinishida ifodalanilishi о‘quvchilarni darslarda faolroq, diqqatliroq intiluvchan va qiziquvchan bо‘lishga о‘rgatadi, chunki tavsiya qilinadigan har bir axborot ularning ishtiroki va harakati orqali amalga oshiriladi. Ta’lim tizimida multimedia texnologiyalari nazariy, amaliy, kо‘rgazmali, ma’lumotli, trenajyorli va nazorat qismlarini birlashtirish yo’li bilan о‘quvchilarga ijobiy va samarali ta’sir etuvchi vosita hisoblanadi. Bundan tashqari ta’lim tizimida multimediali о‘quv kurslaridan foydalanish nazariy materiallarning namoyishlarini sifatli video yozuvlari, virtual laboratoriya ishlari va amaliyotlarni, turli jarayonlarning imitasion animasiyali modellarini yaratish imkonini beradi, bu uchun о‘quvchilarning о‘quv sinflari, kompyuter sinflari, о‘qitishning texnik vositalari xonasida, uslubiy xonalarda, kutubxonalarda amaliy shug‘ullanishlarini tashkillashtirish lozim bо‘ladi.

Ta’lim tizimida foydalaniladigan barcha multimediali о‘quv kurslari amaliy tadbiqdan va tajribadan о‘tgan bо‘lishi bilan birga, о‘ziga xos pedagogik-psixologik xususiyatlarga ham ega bо‘lishi kerak. Multimediali о‘quv kurslarining pedagogik-psixologik xususiyatlari bilim va kо‘nikmalarni shakllantirish uchun foydalaniladigan о‘quv materiallarining tasvirlanish hamda ifodalanish formasiga va kо‘rinishiga bog‘liq bо‘ladi. Ular faqatgina misol va masalalar yechish, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish jarayonidagina emas, balki butun о‘quv jarayonida о‘quvchilarni bilim, malaka va kо‘nikmalarini shakllantirishga qaratilishi lozim. Ta’lim tizimida yaratilayotgan multimedia о‘quv kurslarining asosiy xususiyatlaridan biri, shu mavzuni о‘rganishning ma’lum bir nozik jihatlari bilan aniqlanadi, ular esa о‘z navbatida katta sondagi kо‘rgazmali materiallarni talab qiladi, chunki ularning ishtirokisiz jonli dunyoning turli tumanligini, uni qurishni zarurligini, biologik, ximik va fizika jarayonlarning hosil bо‘lish mexanizmini va rivojlanishini tо‘liq namoyish qilib bо‘lmaydi. Ta’lim tizimi uchun multimediali о‘quv kurslarini yaratishda shu sohaning asosiy didaktik masalalaridan biri – о‘qitishni modellashtirish va tasavvurlash obyektlariga ta’sir qilishning umumiy metodlari muhim о‘rinlardan birini egallaydi. Multimedia о‘quv kurslari avvalgi tradision о‘quv qо‘llanmalardan kо‘p jihatlari bilan farq qiladi. Shu jumladan, о‘quv materiallarini о‘quvchilarga tavsiya etish multimediali: grafika, animasiya, video, ovozli va tovushli harakatlar, real voqea va hodisalarni modellashtirish kabi boshqa kо‘plab elementlar orqali amalga oshiriladi, chunki ular natural obyektlar va kо‘rgazmali qurollarning kamchiliklarini ma’lum bir miqdorda yoki tо‘liq qoplash imkonini beradi. Bu esa о‘quvchilarni о‘rganayotgan mavzular bо‘yicha bilim va malakalarni shakllantirishda va mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bо‘ladi. chunki ular natural obyektlar va kо‘rgazmali qurollarning kamchiliklarini ma’lum bir miqdorda yoki tо‘liq qoplash imkonini beradi. Multimedia о‘quv kurslarida о‘quv materiallarini tо‘ldiruvchi va uning qabul qilish darajasini oshiruvchi kо‘rgazmali vositalari alohida jadvallar, grafik sxemalar, rasmlar va boshqalardan iborat bо‘lgan slaydlar, videofilmlar va boshqa shunga о‘xshash kо‘rgazmali nazariy materiallar orqali tasvirlanilishi mumkin. Multimedia о‘quv kurslarini yaratishda va ulardan foydalanish lokal kompyuter va Internet tarmog‘i keng imkoniyatlarni ochib beradi. Multimediali о‘quv kurslarini butun dune kompyuter tarmog‘iga joylashtirilishi, ulardan о‘quv jarayoni foydalanishda tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri murojoat qilish, о‘quvchilarga axborotlarni topish , izlash va о‘rganish faoliyatini shakllantirish va kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi. Xulosa qilib aytganda, multimedia о‘quv kurslarini yaratishda eng avvalo turli dasturiy vositalar bilan yaratiladigan interfaol komponentalarga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Keyingi yillarda multimedia hujjatlarini yaratishga oid juda ham ko‘plab dasturiy ta’minotlar ishlab chiqilgan. Ulardan biri AutoPlay dasturidir. Istalgan fayl yoki fayllar to‘plamini bitta muhitga birlashtirish, qolaversa, CD yoki DVD disklar uchun Autorunmenyusi hosil qilishda Autoplay Media Studio eng kuchli vizual paket hisoblanadi. Multimedia texnologiyalariga asoslangan amaliy dasturlarni yaratish uchun Autoplay Media Studio dasturidan foydalanish foydalanuvchilar uchun juda oson va qulay interfeysni taqdim etadi. Autoplay Media Studio bilan ishlashda deyarli dasturlash ishlari talab qilinmaydi. Foydalanuvchi faqat turli dizaynli dasturiy muhitni tanlash uchun bir nechta tayyor shakllardagi loyiha shablonlaridan foydalanishi mumkin. Bunda amaliy dastur muhitini dizaynga boy holatga tashkil etish uchun Autoplay dasturiy vositasi tarkibida tayyor obektlar mavjud bo‘lib, ular tarkibiga buyruq tugmasi, tovush kuchaytirgichi, fayllarni printerdan bosmaga chiqarishni ta’minlovchi, Web-saytllarni ochuvchi va ularga murojaatni amalga oshirib beruvchi qator funksional obektlarni kiritish mumkin. Amaliy dastur uchun grafik qobiqlarni yaratish, uni avtmatik ishga tushirish uchun Autoplay Media Studio barcha kerakli fayllarni o‘zi yaratadi. Foydalanuvchilar zimmasiga esa faqat qattiq disk va kompakt diklarni yozish uchun tayyor loyihalarni shakllantirish vazifasi qoladi. Autoplay Media Studio dasturi muhitida Visual Basic, Visual C++, Java, Macromedia Flash kabi qator tizimlarda yaratilgan hujjatlarni ham bemalol qayta ishlash mumkin. Dastur yordamida animatsiyalanuvchi menyuni, kataloglar daraxtini, ma’lumotlar bazasini va shunga o‘xshash obektlarni nafaqat tez yaratish, balki ularni boshqarish ham mumkin. Avtomatik ishga tushuvchi oynalarni o‘zining kutubxonasidagi “niqob”lardan foydalangan holda ixtiyoriy shaklda (formada) yaratish mumkin. Bunday “niqob” sifatida .jpg, .bmp va .png kabi formatdagi fayllardan foydalanilsa ham bo‘ladi. Qolaversa, ma’lumotlarni CD uchun tayyorlagan holda uni dasturning o‘zidan turib, CD yoki DVDga yoza olishi Autoplay Media Studio dasturi naqadar keng imkoniyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Tayyor loyiha bunda .exe kengaytmali fayl sifatida o‘zi ochiluvchi arxiv ko‘rinishda yoki qattiq diskdagi alohida papkada shakllantirilishi mumkin. Bundan tashqari, dasturga matnni orfografik tekshirish imkoniyati ham kiritilgan. Dasturning bu xossasi uning Label, Paragraph va Button kabi obektlari bilan birga ishlaydi. Agar dastur kompyuterga to‘liq versiya bilan o‘rnatilgan bo‘lsa, matnni orfografik tekshirish uchun uning kutubxonasida juda katta hajmdagi lug’atlar bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, AutoPlay Media Studio 8.5 ning yangi versiyasi quyidagi imkoniyatlarga ega holda iste’molga chiqarilgan. 1. Avtomatik ishga tushuvchi xususiy menyu, interfaol taqdimotlar, multimediailovalar, sanoqli daqiqalarda dasturiy ta’minotlarni yaratish; 2. Loyihaga turli-tuman fotografiya, musiqa, video, animatsiya, matn va boshqalarni biriktira olish xususiyati; 3. Web-ilova yaratishga mo‘ljallangan mukammallashgan instrumentlar; 4. XML, SQL va shifrlash mexanizmlari bilan ishlay olishi; 5. RTF-formatli hujjatlar bilan ishlay olishi; 6. Slayd-shou bilan ishlash imkoniyati; 7. Matn rangini o‘zgartirish uchun RadioButton obektining mavjudligi; 8. Bosmaga chiqarishning kengaytirilgan funksiyasi; 9. Obektlarni formatlash imkoniyati; 10. Kalit so‘zlar yordamida qidiruv tizimining mavjudligi; 11. CD, DVD kabi kompakt disklarga yozish imkoniyati va hokazo. Multimedia hujjatlarini tayyorlash, uning dasturlanuvchi qismlari uchun scriptlar yozish, tayyorlanayotgan amaliy dasturni boshqarish interfeysini yaratishda bu obektlar dasturchiga imtiyozli yordam ko‘rsatadi. AutoPlayning ajoyib xususiyatlaridan yana biri shundaki, bu obektlar xossalarini tanlash uchun maxsus xossalar panelini ham dasturchiga taqdim etadi va u orqali bir qiymatli xossalar qiymatidan samarali foydalanish mumkin.


Download 67,29 Kb.
1   2   3   4   5




Download 67,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TA’LIM TIZIMIDA MULTIMEDIALI О‘QUV KURSLARINI YARATISH VA FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Download 67,29 Kb.