|
Asosiy ko’rsatkichlar va formulalar
|
bet | 5/66 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #145290 |
Bog'liq TasdiqlaymanAsosiy ko’rsatkichlar va formulalar.
I. Isitkichning temperatura shartlarini aniqlash.
To’yingan bug’ bosimi P ga ko’ra uning to’yinish temperaturasi ts maxsus qo’llanmalardan topiladi. Isitishning boshlanishida temperaturalarning maksimal farqi:
∆tmax = ts – tb = ∆tka
Isitishning oxiridagi muhit temperaturalarining minimal farqi:
∆tmin = ts – t0 = ∆tki.
∆tmax va ∆tmin temperaturalar farqining qiymati 1-rasmdan aniqlanadi.Agar bo’lsa,
Agar bo’lsa,
Isitilayotgan muhitning o’rtacha temperaturasi:
t = ts - ∆tur.
II. Isitilayotgan eritmaning fizik kattaliklarini topish.
O’rtacha temperatura t va c bo’yicha maxsus qo’llanmadagi jadvallardan foydalanib berilgan issiqlik tashuvchi agentlarning fizik miqdorlari topiladi:
qovushqoqlik μ, N∙s/m2 yoki ν m2/s;
zichlik ρ, kg/m3;
issiqlik sig’imi c, J/kg∙K;
issiqlik o’tkazuvchanlik λ, Vt/m∙K;
temperatura o’tkazuvchanlik α, m2/s;
Prandtl soni aniqlanadi.
III. Issiqlik miqdori, bug’ va suv sarflarini aniqlash.
Suyuqlikni isitish uchun ketgan issiqlik miqdori quyidagi tenglamadan topiladi:
Q = H∙G∙c(t0 – tb), Vt.
bunda H = 1,02…1,05 – issiqlikning yo’qotilishini hisobga oluvchi koeffitsient; G – suyuqlik sarfi, kg/s; c – issiqlik sig’imi, J/kg∙K; t0 – suyuqlikni oxirgi temperaturasi, 0C; tb – suyuqlikni boshlang’ich temperaturasi, 0C.
Agar gaz yoki suyuqlik sovitilayotgan bo’lsa, sovituvchi moddaning miqdori quyidagicha aniqlanadi:
kg/s.
bu yerda c/ – sovituvchi moddaning issiqlik sig’imi; t0/ – sovituvchi moddaning oxirgi temperaturasi; tb/ – sovituvchi moddaning boshlang’ich temperaturasi.
Bug’ sarfi quyidagicha topiladi:
kg/s.
i – isituvchi bug’ning entalpiyasi; – kondensatning entalpiyasi, J/kg.
i – maxsus qo’llanmalarda berilgan bug’ bosimi P bo’yicha olinadi.
|
| |