• Adabiyotlar
  • 2-AMALIY MASHG`ULOT Mavzu: Davriy ishlovhi issiqlik almashinish apparatlarining issiqlik hisobi. Maqsad
  • Nazariy qism
  • Mustaqil bajarish uchun vazifalar




    Download 3,89 Mb.
    bet4/66
    Sana25.01.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #145290
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
    Bog'liq
    Tasdiqlayman

    Mustaqil bajarish uchun vazifalar:

    Konvektiv issiqlik almashinishining kriterial tenglamasini keltirib chiqaring




    Amaliy mashg`ulotni chuqurlashtirish maqsadida aqliy hujum, klaster, elpig’ish usullari va 3x3 texnologiyalaridan foydalaniladi.


    Nazorat uchun savollar
    1. Erkin konvеksiya haqida tushuncha.
    2. Kondеnsatning qatlamida tеmpеraturaning taqsimlanishi.
    3. Bug’ning kondеnsatsiyalanishida issiqlik bеrish koeffitsiеntini aniqlovchi formula.
    4. Bug’ kondеnsatining issiqlik bеrish tеzligiga ta'sir qiluvchi omillar.
    5. Galilеy kritеriysi, ta’rifi, formulasi.
    6. Kondеnsatsiyalanish kritеriysi, formulasi
    7. Kondеnsat qatlamining laminar harakati uchun bеlgilangan ifoda.
    8. Kondеnsatning yupqa qatlamini o’rtacha tеmpеraturasi.
    9. Suyuqlikning qaynash rеjimlari.
    10. Pufakli qaynashda issiqlik bеrish tеzligi.
    11. Konvеktiv issiqlik almashinishining kritеrial tеnglamasi.
    12. Bug’ qatlamining qalinligiga ta'sir qiluvchi omillar.
    13. Agrеgat holatning o’zgarish issiqlik bеrish jarayonining kamchiligi.
    14. Yupqa qatlam bilan qaynash.
    15. Solishtirma issiqlik sarfi haqida tushuncha.


    Adabiyotlar:

    1. N.R. Yusupbekov, H.S. Nurmuhammedov, S.G. Zokirov “Kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalar” 2003 yil.


    2. Z. Salimov, I.S. To`ychiyev “Ximiyaviy texnologiya protsesslari va apparatlari” 1987 yil.
    3. N.R. Yusupbekov, H.S. Nurmuhammedov, P.R. Ismatullayev, S.G. Zokirov, U.V. Mannonov “Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarining asosiy jarayon va qurilmalarining hisoblash va loyihalash” 2000 yil.


    2-AMALIY MASHG`ULOT


    Mavzu: Davriy ishlovhi issiqlik almashinish apparatlarining issiqlik hisobi.


    Maqsad: Davriy ishlovchi issiqlik almashinish apparatlarining turlari bilan tanishib chiqishi hamda issiqlik tashuvchi agentlarning sarfi, ularning dastlabki va oxirgi temperaturalarini bilgan holda zarur bo’lgan issiqlik almashinish yuzasi F ni aniqlashdir.
    Nazariy qism. Issiqlik almashinish apparatlarini loyihalashda ular uchun avval turli hisoblash ishlari bajariladi. Hisoblash uch qismdan iborat:

    1. Issiqlik hisobi;

    2. Konstruktiv hisoblash;

    3. Gidravlik hisoblash;

    Bunday issiqlik hisobi natijasida quyidagilar aniqlanadi: 1) o’rtacha temperaturalar farqi va ish muhitining o’rtacha temperaturalari; 2) issiqlik miqdori va ish jismlarining sarfi; 3) issiqlik o’tkazish koeffitsienti; 4) isitish yuzasi.
    Issiqlik almashinish apparatining issiqlik hisobini ko’rib chiqamiz. Berilgan boshlang’ich ma’lumotlar:

    1. isitilayotgan eritmaning miqdori G, kg/s;

    2. eritmaning konsentratsiyasi C, %;

    3. eritmaning boshlang’ich va oxirgi temperaturalari tb, t0;

    4. isitkichning turi – vertikal, gorizontal trubalar, yo’llar soni;

    5. isituvchi bug’ning bosimi P yoki temperaturasi t;

    6. po’lat trubalarning ichki va tashqi diametri di va dt;

    7. trubalarning uzunligi l, m;

    8. eritmaning hrakat tezligi w, m/s;

    9. isitish yuzasidan foydalanish koeffitsienti φ.

    Hisoblash quyidagi tartibda olib boriladi:



    Download 3,89 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




    Download 3,89 Mb.