|
Dastlabki hujjatlar va hisob registrlari
|
bet | 149/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditDastlabki hujjatlar va hisob registrlari
-
№
|
Dastlabki hujjatlar
|
|
Buxgalteriya balansi (1-son shakl)
|
|
Moliyaviy natijalar to`g`risida hisobot (2-son shakl)
|
|
Asosiy vositalar harakati to`g`risida hisobot (3-son shakl)
|
|
Pul oqimlari to`g`risida hisobot (4-son shakl)
|
|
Xususiy kapital to`g`risida hisobot (5-son shakl)
|
|
Debitorlik va kreditorlik qarzlari to`g`risida ma'lumotnoma (2a-shakl)
|
|
Jurnal-orderlar va hisob-kitob schyotlari bo`yicha hisob qaydnomalari
|
Auditor (lar) O`zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2002 -yil 27 - dekabrdagi 140-son buyrug`i bilan tasdiqlangan «Moliyaviy hisobot shakllarini to`ldirish bo`yicha qoida» ga muvofiq moliyaviy hisobotni mulkchilikning barcha shakllariga mansub, O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko`ra yuridik shaxs hisoblangan korxona va tashkilotlar (bundan sug`urta tashkilotlari va banklar mustasno), shuningdek mulkida, xojalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol- mulki bo`lgan va o`z majburiyatlari bo`yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob raqamiga ega bo`lgan, soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to`lovchi hisoblanadigan alohida bo`linmalar taqdim etish kerakligini bilishi kerak.
Agar asosiy fondlarni qayta baholash hisobot yilining birinchi sanasi holatiga o`tkazilsa, qayta baholash natijalarining ko`rsatkichlari hisobot yilining boshiga shakllanadigan moliyaviy hisobotga qabul qilinadi. Bunda o`tgan yilning oxiridagi ko`rsatkich hisobot yilining boshidagi ko`rsatkichga mos kelmasligi, asosiy vositalarni hisobot yilining birinchi sanasiga o`tkazilgan qayta baholashning natijasi deb tushuniladi va joriy davrning moliyaviy hisobotidagi tushuntirish xatida bayon etiladi (O`zR AV 12.11.2003 y. 1209-1-son bilan ro`yxatga olingan O`zR MV Buyrug`i taxriridagi xat boshi).
O`zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to`g`risida” qonunning 10- moddasida ko`rsatilgan yuridik shaxslar soliq organlariga auditorlik tekshiruvi o`tkazilganidan keyin 15 kun davomida, lekin hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay, moliyaviy hisobotning to`g`riligi to`g`risida auditorlik xulosasi nusxasini taqdim etadilar.
Tashabbusli auditorlik tekshiruvi o`tkazilgan taqdirda korxona moliyaviy hisobotining to`g`riligi to`g`risida auditorlik xulosasining nusxasi soliq organlariga auditorlik tekshiruvi o`tkazilganidan keyin 15 kun davomida taqdim etiladi.
Moliyaviy hisobot shakllarida barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan ko`rsatkichlar to`ldirilishi kerak. Korxonada tegishli aktivlar, passivlar, operatsiyalar mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar) to`ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustiga chizib qo`yiladi.
Auditor moliyaviy hisobot shakllarining manzil qismi quyidagi tartibda to`ldirilishiga e'tibor berishi kerak:
“Korxona, tashkilot” rekviziti - korxonaning to`liq nomi (belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan ta'sis hujjatlariga muvofiq) va KTUT ga ko`ra uning kodi ko`rsatiladi;
“Tarmoq” rekviziti - korxona tarmog`i va XXTUTga ko`ra tarmoq kodi ko`rsatiladi;
v) “Tashkiliy-huquqiy shakl” rekviziti - korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli va THTga ko`ra tashkiliy-huquqiy shaklning kodi ko`rsatiladi;
g) “Mulkchilik shakli” rekviziti - korxonaning mulkchilik shakli va MSHTga ko`ra mulkchilik shaklining kodi ko`rsatiladi;
“Vazirliklar, idoralar va boshqalar” rekviziti - ixtiyorida korxona turgan (agar u mavjud bo`lsa) va unga moliyaviy hisobot yo`naltiriladigan organning nomi hamda DBPBTga ko`ra ushbu organning kodi ko`rsatiladi;
“Soliq to`lovchining identifikatsiya raqami” rekviziti - STIR bo`yicha korxonaning identifikatsiya raqami ko`rsatiladi;
j) “Hudud” rekviziti - MHOBT bo`yicha kod ko`rsatiladi;
z) “Manzil” rekviziti - korxonaning to`liq yuridik manzili ko`rsatiladi.
Moliyaviy hisobotni tuzish chog`ida O`zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi qonuni, O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga, shuningdek buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish masalalari bo`yicha boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanish lozim.
Korxona va tashkilotlar barcha alohida mustaqil balansga ajratilmagan bo`linmalarining faoliyat ko`rsatkichlari moliyaviy hisobot shakllarining ko`rsatkichlariga kiritilishi kerak.
Korxona balansining moddalari aktivlar va majburiyatlarning puxta o`tkazilgan inventarizatsiyasi bilan asoslangan bo`lishi kerak. Inventarizatsiya O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999 -yil 19 -oktyabrda EGG`17-19-2075-son bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasi 19-son “Inventarizatsiyani tashkil etish va o`tkazish” nomli Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) (ro`yxat raqami 833, 1999 -yil 2 -noyabr) da belgilagan tartibda o`tkaziladi. Bunda yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishga qadar doimiy ishlab turgan inventarizatsiya komissiyalari tomonidan inventarizatsiya davomida aniqlangan, boyliklar haqiqiy mavjudligining buxgalteriya hisobi ma'lumotlariga qaraganda tafovutlari tartibga solinishi kerak. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini inventarizatsiyalashlar ham o`tkazilishi kerak, ular o`zaro hisob-kitoblar saldosini tasdiqlaydigan solishtirish dalolatnomalari yoki xatlar bilan rasmiylashtiriladi. O`tkazilgan inventarizatsiyalar soni va natijalari, shuningdek ularni o`tkazmaslik sabablari yillik moliyaviy hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida aks ettirilishi kerak.
Moliyaviy hisobot shakllariga rahbar va bosh buxgalter imzo chekadi, imzolar muhr bilan tasdiqlanadi.
Moliyaviy hisobotda o`chirish va ustiga yozishlar bo`lmasligi kerak. Xatolar tuzatilgan taqdirda tegishli qaydlar qilinadi, ularni moliyaviy hisobotlarga imzo chekkan shaxslar tasdiqlab, tuzatish sanasini ko`rsatadilar.
Joriy hamda o`tgan yil hisobot ma'lumotlaridagi (ular tasdiqlanganidan keyin) tuzatishlar uning ma'lumotlarini buzishlar aniqlangan hisobot davri uchun tuzilgan hisobotda amalga oshiriladi, bunda tuzatishlar hisobot davri (chorak, yil boshidan) uchun ma'lumotlarga kiritiladi.
Yillik moliyaviy hisobotni tekshirish chog`ida daromadlarni yashirish yoki ular bilan bog`liq bo`lmagan xarajatlarni davr xarajatlariga (yoki muomala chiqimlariga) kiritish natijasida moliyaviy natijalarni kamaytirib ko`rsatish aniqlangan holda buxgalteriya hisobi va o`tgan yil uchun moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritilmaydi, balki joriy yilda hisobot davrida aniqlangan o`tgan yillar foydasi sifatida aks ettiriladi.
|
| |