Amaliy audit




Download 13,28 Mb.
bet49/211
Sana18.05.2024
Hajmi13,28 Mb.
#242509
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   211
Bog'liq
Amaliy audit

4. Nomoddiy aktivlar auditining natijalarini umumlashtirish
Nomoddiy aktivlarni hisobga olishga doir muomalalarni tekshirish natijalari auditorlik hisobotida umumlashtiriladi. Har bir yo`l qo`yilgan xato-kamchilik bo`yicha: qaysi me'yoriy hujjatning qaysi talabi buzilganligi; yetkazilgan zarar summasi; aniqlangan xatoning subyekt faoliyati va moliyaviy hisobot ko`rsatkichlarining ishonchliligiga ta'sir ko`rsatish darajasi, jiddiyligi va hokazolar aniqlanadi.
Moliyaviy hisobot ma'lumotlarining buzib ko`rsatilishi va balansning «Nomoddiy aktivlar» moddasi ishonchliligini tasdiqlash imkoni yo`qligi quyidagi sabablardan kelib chiqadi:

    • 0400 - «Nomoddiy aktivlarni hisobga oladigan schyotlar» - (0410-0490) da asossiz ravishda nomoddiy aktivlar qatoriga olib borilganligi;

    • obyektlar tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmaganligi;

    • nomoddiy aktivlarning inventar (balans) qiymatiga ularni sotib olish yoki yaratish bilan bog`liq bo`lmagan xarajatlarning qo`shilganligi;

    • analitik hisob yuritilmasligi va h.k.

Quyidagi faktlar subyektda ichki nazoratning past darajada ekanligidan dalolat beradi:

    • yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan oldin nomoddiy aktivlar inventarizatsiya qilinmasligi;

    • hisob siyosatida belgilangan inventarizatsiya o`tkazish muddatlariga rioya qilinmasligi;

    • inventarizatsiya natijalari tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmaganligi;

    • inventarizatsiya natijalari yillik buxgalteriya hisobotida o`z vaqtida aks ettirilmasligi;

    • nomoddiy aktivlarning foydali xizmat qilish muddatlarini noto`g`ri (noqonuniy) belgilash oqibatida subyekt xojalik faoliyatining moliyaviy natijalari buzib ko`rsatishi;

    • amortizatsiya hisoblanmaydigan toifaga kiruvchi nomoddiy aktivlarga ham amortizatsiya hisoblanishi;

    • noishlab chiqarish sohasida ishlatiladigan nomoddiy aktivlar bo`yicha hisoblangan amortizatsiya ajratmalarini mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib borish;

    • nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubiyotining buzilishi.

Nomoddiy aktivlar harakatiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubiyotiga rioya qilmaslik soliq bilan bog`liq noxush holatlarni keltirib chiqaradi. Jumladan:

    • to`lanmagan va hisobga olinmagan nomoddiy aktivlar bo`yicha qo`shilgan qiymat solig`ini budjetga taqdim qilish;

    • nomoddiy aktivlarni sotish va shartnomaga asosan bepul berish mobaynida QQS hisoblamaslik va noto`g`ri aniqlash;

nomoddiy aktivlar hisobdan chiqarilishi natijasida ko`rilgan zararlar summasiga soliqqa tortiladigan foydaning kamaytirilishi;
nomoddiy aktivlar jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganida daromad solig`i ushlamaslik.



Download 13,28 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   211




Download 13,28 Mb.