|
MAVZU. NOMODDIY AKTIVLAR HARAKATI BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR AUDITINING USLUBIY MUAMMOLARI
|
bet | 46/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditMAVZU. NOMODDIY AKTIVLAR HARAKATI BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR AUDITINING USLUBIY MUAMMOLARI
Nomoddiy aktivlar auditini tashkil etish va o`tkazish tartibi
Respublikamizda iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o`tishi tufayli subyekt mablag`lari va mablag`lar manbalarini, shuningdek, ularning harakatini buxgalteriya hisobida aks ettirish uslubida ham sezilarli o`zgarishlar ro`y berdi. Buxgalteriya hisobining obyekti bo`lgan va tegishli nazorat o`rnatilishini talab etuvchi xojalik mablag`larining yangi turlari paydo bo`ldi. Bozor islohotlarining chuqurlashtirilishi va iqtisodyotning erkinlashtirilishi tufayli subyektlar, firmalar va aktsiyadorlik jamiyatlarining xojalik yuritish amaliyotida mulkchilik va muomalalarning yangicha turlari kirib kelmoqda. Bulardan biri nomoddiy aktivlardir.
«Bozor munosabatlari rivojlanib borgan sari, moddiy aktivlar tashkilotga daromad kelishini ta'minlovchi yagona omil emasligi va ularning ashyoviy negiz kabi klassik belgiga ega bo`lmagan, lekin subyektning foyda olish jarayonida g`oyatda muhim rol o`ynashi mumkin bo`lgan boshqa turlari mavjudligi tobora yaqqol sezilib bormoqda.
Nomoddiy aktivlar, bizning fikrimizcha, bugungi kunda milliy buxgalteriya hisobi uslubiyotining eng murakkab muammolaridan biridir. Buxgalterlarning ushbu obyektlar bilan bog`liq kundalik amaliyoti asosan quyidagi holatlar tufayli qiyinlashadi:
buxgalteriya hisobi uslubiyotida ayrim masalalarning ishlab chiqilmaganligi, bunga ko`p jihatdan muomalalarning huquqiy shakli va iqtisodiy mazmuni o`rtasida hamjihatlik konseptsiyasining yo`qligi sabab bo`ladi;
turli me'yoriy hujjatlar o`rtasida qonun chiqarish texnologiyasining o`zidagi nuqsonlar tufayli vujudga kelgan ziddiyatlar va nomutanosibliklar.
O`zbekiston Respublikasi 7-son BHMS ga ko`ra, nomoddiy aktivlar – korxona tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko`rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma'muriy va boshqa funksiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo`lmagan mol-mulk obyektlaridir”1.
O`zbekiston Respublikasi 21-son BHMS ga muvofiq, «Subyektga tegishli bo`lgan nomoddiy aktivlarning mavjudligi va harakati to`g`risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0410-“Patentlar, litsenziyalar va nou-xaular”;
0420-“Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari”; 0430-“Dasturiy ta'minot”;
0440-“Erdan va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi”; 0450-“Tashkiliy xarajatlar”;
0460-“Franchayz”;
0470-“Mualliflik huquqlari”; 0480-«Gudvill»;
0490-“Boshqa nomoddiy aktivlar”»2.
Nomoddiy aktivlarning asosiy vositalardan farqi – moddiy-ashyoviy qiymatga ega emasligi. Subyektning barcha aktivlari bilan nomoddiy aktivlarni birlashtiradigan ularning foyda keltira olishidir.
Bizningcha, umumiy holda nomoddiy aktivlar deganda, qiymatga ega bo`lgan intellektual mulk obyektlari va shu kabi boshqa aktivlardan foydalanish huquqi nazarda tutiladi. Xususan, quyidagi tavsiflarga javob beradigan har qanday intellektual mulk obyektlari buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun nomoddiy aktivlar deb e'tirof etilishi mumkin:
1 7-son “Nomoddiy aktivlar” nomli O’zbekitson Respublikasi BHMS. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005- yil 27- iyunda 1485-son bilan ro’yxatga olingan.
2 21-son “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash to’g’risida yo’riqnoma” O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti.
moddiy-ashyoviy shaklga ega bo`lmagan yoki moddiy-ashyoviy shakli foydalanish uchun muhim ahamiyatga ega bo`lmagan yohud moddiy-ashyoviy shakli me'yoriy-huquqiy cheklashlar sababli e'tiborga olinmaydigan obyektlar;
mahsulot ishlab chiqarishda, ish bajarish yoki xizmat ko`rsatish mobaynida foydalanishga yoki tashkilotni boshqarish uchun mo`ljallangan obyektlar;
uzoq vaqt davomida, ya'ni kamida bir yildan oshadigan vaqt davomida foydalanish niyatida sotib olingan obyektlar;
bir maromli sharoitda qaytadan sotish niyati bo`lmagan obyektlar”1.
Nomoddiy aktivlarning o`ziga xos turi – «gudvill» (firmaning narxi) tushunchasidir.
Ushbu atama asosan subyektning ishbilarmonlik nufuzini aks ettiradi va u subyekt o`z aktivlarining qiymatidan yuqori narxga sotib olinganda namoyon bo`ladi. Jumladan, ular (yoki ularning bir qismi) ni baholangan sotish narxdan farqli ravishda kimoshdi savdosida amalga oshiriladi. Bunday hollarda to`langan narx obyektning baholangan narxidan yuqori bo`lgan qismi “firmaning narxi” ni tashkil qiladi va haridor tomonidan nomoddiy aktivlar tarkibida hisobga olinadi.
“Firmaning narxi” tushunchasining o`lchamiga turli omillar ta'sir qiladi, jumladan: subyektning joylashgan o`rni; subyekt faoliyatining samaradorligi; mahsulotning raqobatbardoshligi va h.k.
Nomoddiy aktivlarning qiymatga egaligidan tashqari, ularni subyektning boshqa aktivlari bilan hisobda birlashtiradigan yana bir xususiyati shuki, ularning o`zi alohida bir obyekt bo`lib, mulk egasidan yoki boshqa xojalik birligidan ajratib, boshqa foydalanuvchilarga berib yuborish mumkinligidir. Biroq “firmaning narxi”, savdo markasi va belgilar hamda shu kabi boshqa aktivlar bunday sifatga ega emaslar.
Subyekt tomonidan sotib olingan nomoddiy aktivlarning dastlabki harid qiymati sotuvchilarning to`langan yoki to`lov uchun qabul qilingan schyotlari asosida qayd qilinib, hisobga olingandan so`ng 0830 - “Nomoddiy aktivlarni sotib olish” schyotida aks ettiriladi.
Subyektlar nomoddiy aktivlarni sotib olish bosqichida agar, ulardan foydalanish sharoitlari buni talab qilsa, ularni inventar qiymatini aniqlash va foydalanishga yaroqli holatga keltirish zaruratiga duch keladilar. Shuning uchun nomoddiy aktivlarning inventar qiymati ularni yaratish yoki sotib olish hamda foydalanishga yaroqli holatga keltirish xarajatlaridan tashkil topadi.
Nomoddiy aktivlar buxgalteriya balansi (1-shakl) ning aktiv qismidagi «Uzoq muddatli aktivlar» bo`limida «Nomoddiy aktivlar» nomli modda bo`yicha (boshlang`ich qiymati (020- satr), eskirishi (021-satr), qoldiq qiymati (022-satr) aks ettiriladi (3.1-jadval).
3.1-jadval
|
| |