|
Amaliy audit
|
bet | 56/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditHosila qimmatli qog`ozlar – bu shartnomalar bo`lib, ular bo`yicha bir tomon qimmatli qog`ozlarning ma'lum bir miqdorini ma'lum muddatda kelishilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqi yoxud majburiyatini oladi. Hosila qimmatli qog`ozlar opsion, fyuchers va boshqa moliyaviy instrument ko`rinishida bo`lishi mumkin.
Optsion – shunday shartnomaki, uning egasiga qimmatli qog`ozlar yoki tovarlarni shartnomada kelishilgan narxda kelishilgan muddatda haridqilish huquqini beradi.
Fyuchers – kelajakda, kelishilgan aniq vaqtda shartnomada belgilangan narxda ma'lum bir qimmatli qog`ozlar yoki boshqa moliya instrumentlari yoki tovarlarni so`zsiz sotib olish yoki sotish majburiyatini belgilovchi qimmatli qog`oz (kontrakt).
Qimmatli qog`ozlar emissiyasi - qimmatli qog`ozlarni birinchi egalari (investorlari), yuridik yoki jismoniy shaxslarga sotish orqali muomalaga chiqarish. Emissiya quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: aksionerlik jamiyati ta'sis etilib uning aksiyalari ta'sischilar orasida joylashtirilganda; aksionerlik jamiyati aksiyalar chiqarish yo`li bilan boshlang`ich nizom kapitali (jamg`armasi) miqdori oshirilganda; obligatsiya va boshqa qarz majburiyatlarini chiqarish orqali yuridik shaxslar, davlat, davlat hokimiyati va boshqarish organlari tomonidan qarz kapitali jalb qilinganida; o`zaro respublika miqyosida subyektlarning qarz majburiyatlarini to`lash (so`ndirish) jarayoni amalga oshirilganda.
Har bir yuqorida sanab o`tilgan holda vakolatli davlat organi emissiyaning minimal va maksimal o`lchamini belgilaydi.
Moliyaviy investitsiyalarga oid auditorlik tekshiruvining asosiy maqsadi, muomalalarning qonuniy amalga oshirilganligi, to`g`ri baholanganligi va buxgalteriya hisobida to`g`ri yuritilayotganligini tasdiqlashdan iborat.
«Moliyaviy investitsiyalarni auditorlik tekshiruvini o`tkazishda birinchi navbatda auditning maqsadi va vazifalarini belgilash zarur.
Auditning maqsadi – xojalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobot ma'lumotlari ishonchliligini hamda moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish usullari va soliq solish muomalalari bo`yicha hisobi me'yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi auditning vazifalarini belgilandi:
Subyekt aktivlarini moliyaviy investitsiyalar tarkibiga kiritilganligi to`g`riligini tekshirish.
Hisobda moliyaviy investitsiyalarni tegishli belgilari bo`yicha ularni turkumlanishini chegaralash to`g`riligini tekshirish.
Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda ularni qiymati to`g`ri shakllanganligini tekshirish.
Moliyaviy investitsiyalar bilan bog`liq muomalalar hisobini to`g`riligini tekshirish.
Moliyaviy investitsiyalar sintetik va analitik hisobi holatini baholash.
Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan o`tkazish tartibi va ularni natijalarini hisobda to`g`ri aks ettirilganligini tekshirish.
Moliyaviy investitsiyalar bilan bog`liq muomalalar bo`yicha soliq qonunchiligiga rioya etilayotganligini tekshirish.
Auditorning oldida turgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, auditning obyektlarini belgilab olamiz, 4.2-jadval»1:
1 Ilxamov Sh.I. Investitsiya faoliyatida buxgalteriya hisobi va audit // Diss.-T.: 2005.
4.2-jadval
|
| |