YOy oralig‘ida gazlarning ionizatsiyalanishi o’rganish




Download 39 Kb.
bet3/4
Sana02.03.2023
Hajmi39 Kb.
#43968
1   2   3   4
Bog'liq
Амалий иш-1
415544564, ayubxon, 1-25, Амалий иш-3, axborot-kutubxona lot, Exploring-British-and-American-Lifestyles, 3 2 Хайъат Кадрлар салоҳияти Э Шакиров, 411-buyruq ijrosi, Sport maydonchalari.pptx [Автосохраненный], register 9637 2023, Mustaqil ish Dasturlash, marufjonov avazbek diskiret22, Mavzu, fozil
1.3. YOy oralig‘ida gazlarning ionizatsiyalanishi o’rganish.
Elektr gaz zaryadsizlanishida gazlar zarb bilan urilish, fotoionlashish, issiqlik, elektr maydoni vositalarida ionlashishi mumkin.
Zarb bilan ionlashishda elektrodning manfiy qutbi (katod) dan chiqkan elektronlar molekulyar gaz orqali musbat qutb (anod) ga qarab yorug‘lik tezligida harakatlanadi. Elektronlar o‘z harakatida gazning molekulalari va atomlari bilan to‘qnashib, ularning orbitalaridan elektronni urib chiqaradi va bunda musbat ionlar hosil qiladi. Elektrod sirtidan urib chiqarilgan elektronlar birlamchi elektronlar deb, neytral zarralar (atomlar) orbitalaridan urib chiqarilgan elektronlar ikkilamchi elektronlar deb ataladi. Ikkilamchi elektronlar ham boshqa molekulalar va atomlarga zarbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin va uchlamchi deb ataluvchi elektronlarni hosil qilishi mumkin, bunday elektronlar kinetik energiyalarini yo‘qotganda neytral zarralar bilan manfiy ionlar hosil qilishi mumkin (manfiy ionlar kislorodda, azot oksidlarida, galoidlarda, suv bug‘larida va shunga o‘xshashlarda oson hosil bo‘ladi). Hosil bo‘lgan musbat va manfiy ionlar qaramaqarshi ishorali qutblarga qarab yurishga intiladi. Musbat ionlar manfiy ionlar yoki elektronlar bilan to‘qnashganda neytral molekulalar yoki atomlar hosil bo‘ladi (rekombinatsiya jarayoni).
Ionlashadigan zarraning erkin elektron yoki neytral atom bilan to‘qnashishi elastik ham, noelastik ham bo‘lishi mumkin. Elastik zarbada kinetik energiya o‘zgarmaydi, noelastik zarbada kinetik energiyaning bir qismi ichki ishga – uyg‘onish yoki ionlashishga sarf bo‘ladi. SHuning uchun to‘qnashuvdan so‘ng zarraning energiyasi kamayadi. Zarba beruvchi (uriluvchi) zarraning kinetik energiyasi uyg‘otish yoki ionlash ishidan katta bo‘lgandagina zarra uyg‘onishi yoki ionlashishi mumkin.
Fotoionlashishda gaz oralig‘iga yorug‘lik energiyasi ta’sir qilganda gazning atomlari va molekulalari yorug‘lik kvantlarini (fotonlarni) yutib, elektr zaryadlangan zarralar – elektronlar yoki ionlar hosil qiladi. Gaz atomlari va molekulalarining yorug‘lik kvantlari yutish hisobiga elektr zaryadlangan zarralar hosil qilish jarayoni fotoionlashish deyiladi. YOrug‘lik kvantli energiyasi gaz molekulasining ionlash ishidan katta bo‘lganidagina fotoionlashish bo‘lishi mumkin.
Issiqlikdan ionlashishda gazlarda yuqori temperaturalar ta’sirida katta kinetik energiya zapaslariga ega bo‘lgan gaz zarralarining noelastik zarbalari natijasida elektr zaryadli zarralar hosil bo‘ladi. 2000oK ga yaqin temperaturada gazlarda elektr zaryadlangan zarralarning hosil bo‘lishi anchagina sezilari bo‘lib qoladi.
Gazning termik ionlashish darajasi deganda hosil bo‘lgan elektr zaryadi zarralar sonining gazning ionlashishgacha bo‘lgan hajmidagi neytral zarralar umumiy miqdoriga bo‘lgan nisbati tushuniladi. Atmosfera bosimida gazning ionlashish darajasi temperatura o‘zgarishi bilan o‘zgaradi (1.1- rasm) va ionlash potensialiga bog‘lik bo‘ladi.

1.1-rasm. Turli moddalar uchun haroratga nisbatan ionizatsiyalash darajasi
Payvandlash vaqtida yoy oralig‘ida birgina gaz emas, balki gaz va bug‘larning aralashmasi ham bo‘ladi, shuning uchun gaz va bug‘lar aralashmasiga kirgan har bir gazning ionlashishi alohida gazning ionlashishidan boshqacha o‘tadi. Gaz aralashmasining ionlashish darajasini aniqlash qulay bo‘lishi uchun «ionlash effektiv potensiali» tushunchasi kiritiladi. Ayni bir temperatura, bosim va konsentratsiyada xuddi gaz aralashmasi singari miqdorda zaryadli zarralar hosil qiluvchi bir jinsli gazning ionlash potensiali ionlash effektiv potensiali deyiladi. Agar yoy atmosferasiga ionlash potensiali kichik bo‘lgan moddalar kiritilsa, u holda ionlash effektiv potensiali ancha pasayadi, buning natijasida yoy zaryadsizlanishining turg‘unligi ortadi.
Elektr maydoni vositasida ionlashishda elektr maydoni gazning elektr zaryadli zarralariga ta’sir qilib, ularning harakatini mo‘ljali olinadi va tezlatadi. Elektr maydonining gazning elektr zaryadli zarralarga ta’siri gazning erkin yugurish yo‘liga teng bo‘lgan uchastkadagina bo‘ladi. Harakatlanish vaqtida zarralar o‘zaro uriladi, natijada ular yoki uyg‘onadi, yoki ionlashadi, ayni vaqtda ularning harakat yo‘nalishi ham o‘zgaradi.

Download 39 Kb.
1   2   3   4




Download 39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



YOy oralig‘ida gazlarning ionizatsiyalanishi o’rganish

Download 39 Kb.