V SINF Darslar tartibi
1 2 Bog'liq2-amaliy (1)
O‘quv mashg‘ulotiga tayyorlanish – mas’uliyatli ish, bu o‘qituvchining o‘ziga xos ijodiy laboratoriyasi, lekin uni yaratish uchun uslubiyot sohasida yaxshi nazariy bilimga ega bo‘lishi, shu bilan birga darsga tayyorlanish va rivojlantirishni bilishi kerak. Shuni qayd etish lozimki, tayyorgarlik jarayonida o’qituvchi shu fandan belgilab qo’yilgan DTS ni bajarilishiga alohida e’tibor qaratishi kerakdir. (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 17- dekabrdagi 406-son buyrug‘i) O‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish tizimi o‘z ichiga quyidagilarni oladi. Yillik va yarim yillik rejalashtirish. Tematik rejalashtirish. Har bir mashg’ulotning rejalashtirish. Bunday taqsimlanishga muvofiq darsga tayyorlanishni uch bosqichga bo‘lish mumkin: ya’ni o‘quv yiliga tayyorgarlik; fanning o‘quv mavzusi bo‘yicha tayyorgarlik; navbatdagi mashђulotga tayyorlanish. Birinchi bosqichda sinf o‘qituvchilari tomonidan nima uchun, nimaga va qanday o‘qitish kerak degan savollar yechiladi. Bunda o‘qituvchilar o‘tgan yili nimani va qanday o‘qiganligini, kelajagini ko‘ra bilishi zarur. Informatika bo‘yicha mashg’ulotlarni rejalashtirish uchun hujjatlar ichiga quyidagilar kiradi: o‘quv jarayonining rejasi, unda informatikaning o‘rni ko‘rsatiladi, mashg‘ulotning mazmunini aniqlovchi, «Informatika» kursining namunaviy dasturi; o‘qituvchi uchun o‘quv-metodik qo‘llanmalar. O‘quv yili boshlangunga qadar o‘qituvchi «Informatika» fanidan dasturni, tushuntirish xatini o‘rganib chiqadi, fanning barcha mavzularining mazmunini tahlil qiladi, o‘qituvchi va o‘quvchi uchun alohida adabiyotlar ro‘yxatini tuzadi. O‘quv rejasi va dasturiga muvofiq darslar bo‘yicha o‘quv materialining taxminiy bo‘linishini o‘z ichiga olgan yillik yoki yarim yillik rejalashtirish amalga oshiriladi. Tematik rejalashtirish berilgan mavzu bo‘yicha mashg‘ulotning umumiy zanjirida muhim va bu shubhasiz, har bir mashg‘ulotning ahamiyatini oshiradi va o‘qitish sifatini yaxshilaydi. Topshiriqlar variantlari (masala, misol, keyslar): Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 5-11 sinflar uchun yillik rejalashtirishni tayyorlang. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 6-sinflarga o’zingiz uchun ixtiyoriy mavzuni o’quvchilarga yetkazishga qaratilgan dars ishlanmasini yarating. Amaliy ishni o’tkazish qoidalari va xavfsizlik choralari: Berilgan nazariy ma’lumot bilan tanishib chiqiladi, topshiriqlar variantlari ketma-ket bajariladi va natijalar olinadi. Kompyuter xonasida xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablariga amal qilinadi. Nazorat savollari: Tayanch o’quv reja nima? Tayanch o’quv rejaga tushuntirish xatini tushuntirib bering. Darslarga o’qituvchining tayyorgarligi qanday bosqichlarda amalga oshiriladi? Informatika fani o’qituvchining tayyorgarligiga qaratilgan qanday adabiyotlarni bilasiz? Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 5-11 sinflar darsliklarining mazmunini gapirib bering. Adabiyotlar ro`yxati: Ж.Ғ.Йўлдошев, С.А.Усмонов. Педагогик технология асослари. Ўқув қўлланма. Тошкент, “Ўқитувчи”, 2004 й. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma. T.: TDPU, 2003 y. Download 173,09 Kb. 1 2
|