• Ma’lumotlar ombori ta’rifi
  • Vazifa 2. Savollarga javob bering va rasmda korsatilgan qurilmalarni tavsiflang
  • MS Excel jadval protsessorlari va uning vazifasi




    Download 0.59 Mb.
    bet2/5
    Sana27.03.2024
    Hajmi0.59 Mb.
    #178386
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1 amaliy topshiriq Botirova Maftuna (2)
    nazariy testlar
    MS Excel jadval protsessorlari va uning vazifasi

    MS.EXCEL –MICROSOFT OFFICE paketiga kiruvchi hamda WIDOWS operatsion qobiq dastur boshqaruvida ishlovchi ma’limotli jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo’ljallangan dasturdir . EXCELda tayyorlangan har bir hujjat ixtiyoriy ism va XLS kengaytmadan iborat fayl bo’ladi.


    1. Ma’lumotlar ombori ta’rifi

    Ma’lumotlar ombori –tuzilgan va tuzimagan ma’lumotlardan bilim va tushinchalarni ajratib olish yoki ekstrapolyatsiya qilish uchun ilmiy usullar, jarayonlar va tizimlardan foydalanadigan fanlararo soha va keng doiradagi dastur sohalarida ma’lumotlardan o’rgangan bilim, malakalarni qo’llash. U ma’limotlarni izlab toppish va katta hajimli ma’lumotlarni tahlil qilish bilan bog’liqdir.

    Vazifa 2. Savollarga javob bering va rasmda ko'rsatilgan qurilmalarni tavsiflang:

    1. Klaviatura tugmalarining barcha guruhlarini ko'rib chiqing va tavsiflang.




    Klavishlarning boshqaruvchilar — bu klavish guruhi esa alohida yoki boshqa klavishlar bilan ishlatilgan holatda aniq bir vazifani bajarishi uchun ishlatiladi;
    Funksional klaviaturalar — bu klavishlar aniq bir masalalar uchun ishlatiladi. Ular aniq nomlarga ega ya’ni F1, F2, F3 va to F12 gacha;
    Kirituvchi klaviaturalar — bu klavish guruhi harflar, sonlar, belgilardan tashkil topgan. Klaviaturaning asosiy qismi hisoblanadi;
    O'tkazuvchi klaviaturalar — bu klavishlarni vazifasi veb sahifalarni, yoki biror word hujjatlarni tahrirlashda va ko’rishda yuqori-pastga, o’ng-chapga, bosh-oxiriga o’tkazishda va shu kabi funksial uchun ishlatiladi;
    Raqamli klaviaturalar — raqamlar bilan tezroq ishlash uchun ishlatiladi;
    Indikatorlar — klaviaturaning holati haqida gapiaradi ya'ni (chapdan o'ngga qarab) 1-indikator yonganda esa biz yozuv uchun katta harflardan foydalanayotganimizni bildiradi (ma'lumot uchun katta harflar (QWERTY) kichik harflar esa (qwert), buni yoqish klaviaturadgi «Shift» klavishidan foydalaniladi), 2-indikator yonsa biz raqamli klaviaturadan foydalana olishimiz mumkinligini bildiradi (buni yoqish uchun «Num Lock») dan foydalaniladi, 3-indikator «Scroll Lock» yongani haqida bildiradi ya'ni odatiy holatda o'tkazuvchi klaviaturadagi tepaga, pastga, chapga, o'ngga o'tkazuvchi klavishlar kursorni bitta-bitta sursa, «Scroll Lock» yonganda esa kursor joyida turadi lekin sahifaning o'zi tepaga, pastga va ikki yonga surila boshlaydi.
    Endi bu klaviatura orqali amalga oshiriladigan bir necha asosiy va ko'p ishlatiladigan tezkor klavishalarni ko'rib chiqsak:
    1. F1 – Windows bilan ishlash uchun yordam olish klavishasi (ish stolida turgan holatda). Buning afzalligi shundaki bu klavisha orqali istalgan dasturning yordam bo'limiga o'tish mumkin;
    2. F2 – biror fayl yoki hujjatning ustiga sichqonchani bir marta bosib so’ng bu klavishani bossangiz shu fayl yoki hujjatni nomini o’zgartirish uchun tahrirlash ochiladi;
    3. F5 – bu klavisha orqali siz Windows dagi Refreshni klavisha orqali bosishingiz mumkin (Refresh ning ma’nosi shuki u protsessor uchun foydalanuvchi men hech qanday amal bajarmayabman degan signalni yuboradi);
    4. CTRL+ESC va “Windows Logo” – bu klavishalar Windows ning pusk (Start) tugmasini ochish uchun ishlatiladi;
    5. ALT+TAB – dasturlardan dasturlarga o’tish klavishalari;
    6. ALT+F4 – dasturdan chiqish yoki yopish;
    7. SHIFT+DELETE – biror fayl va hujjatni xotiradan butunlay o’chirib tashlash;
    8. Windows Logo+L – Windows dagi foydalanuvchini blok holatiga o’tkazish (ya’ni parol o’rnatilgan bo’lsa shu holatga yoki oddiygina bitta tugma orqali kirish muhitiga o’tkazish);
    9. CTRL+C – bu klavishalar biron fayl yoki hujjatni nusxalash uchun ishlatiladi;
    10. CTRL+X – bu klavishalar esa asl fayl yoki hujjatning o’zini buferga ko’chirish uchun ishlatiladi;
    11. CTRL+V – nusxalangan yoki buferga ko’chirilgan fayl yoki hujjatni o’zimiz tanlagan joyga qo’yish vazifasini bajaradi;
    12. CTRL+Z – qandaydir bajarilgan ishni orqaga qaytarish uchun ishlatiladi (bu amalga oshmaydigan holatlar mavjud);
    13. SHIFT+F10 – bu orqali siz bir necha belgilangan fayllarni nima qilish uchun amallar oynasi ochilish imkonini beradi;
    14. CTRL+SHIFT+ESC – bu orqali biz “Диспечер задач” ni ochishimiz mumkin (WINDOWS 7, 8, 8.1, 10 da biroz o’zgarish mavjud);
    15. CTRL+A – biz turgan joydagi hamma fayl yoki hujjatlarni birdan belgilash imkoniyatini beradi;
    16. CTRL+Z – bajarilgan qandaydir amalni bitta orqaga qaytarish (asosan word hujjatlarda);
    17. CTRL+Y – bajarilgan qandaydir amalni bitta oldinga o’tkazish (asosan word hujjatlarda);
    18. CTRL+ALT+PRINT SCREEN (PrtSc) – bu klavishalarning vazifasi biror biz ishlab turgan dasturning o’zinigina rasmga olish imkonini beradi;
    19. Windows Logo+PRINT SCREEN (PrtSc) – buni esa butun oynani rasmga olish uchun ishlatiladi;
    20. Windows Logo+R – bajaruvchi oynani “Выполнить” ni ochish imkonini beradi;
    21. Windows Logo+M – hamma ishlab turgan dastur oynalarini masalalar paneliga tushiradi;
    22. SHIFT+Windows Logo+M – hamma ishlab turgan dastur oynalarini bizga qayta ochib beradi

    2.Rasmda qaysi qurilma ko'rsatilganligini aniqlang, uning asosiy Vazifalari va xususiyatlarini tavsiflang. (protsessor)

    Protsessor (lot. processus — surilish) — elektron
    mashinaning dastur (programma) da koʻzda tutilgan amallar; informatsiyani
    oʻzgartirish, barcha hisoblash jarayonlarini, xisoblash mashinasidagi boshqa
    qurilmalarning ishini boshqarib turish uchun moʻljallangan markaziy qurilmasi.
    Asosiy qismlari: arifmetikmantiqiy qurilma va boshqarish qurilmasi.
    Arifmetikmantiqiy qurilmada axborot arifmetika va mantiq jihatidan qayta
    ishlanadi. Boshqarish qurilmasi xotiradagi axborotlarni chiqarish tartibini
    belgilaydi, boshqaruvchi signallarni ishlab chiqadi, mashinadagi qurilmalarning
    ishini uygʻunlashtiradi, dasturni uzish signallarini qayta ishlaydi, xotiradagi
    axborotlarni muhofazalaydi, P. ishini nazorat qiladi. P. da bulardan tashqari,
    oʻta tezkor xotira qurilmasi va tashkiliy bloklar ham bor.

    3.Rasmda qaysi qurilma ko'rsatilganligini aniqlang, uning asosiy Vazifalari va xususiyatlarini tavsiflang.


    Vinchester (ing. Hard Disk — qattiq disk) — kompyuterdagi barcha dastur va maʼlumotlar saqlanadigan xotira qurilmasi.
    Qattiq magnit disklardagi yigʻuvchilar Vinchester nomi ostidagi qattiq magnit disklardagi yigʻuvchilar (QMDY) SHKlarda keng tarqalgan. Vinchester atamasi sigʻimi 16 Mbayt (IBM, 1973-yil) boʻlgan qattiq disk birinchi modelining jargoni nomidan kelib chiqqan boʻlib, u har biri 30 ta sektordan iborat 30 ta yoʻlkaga egadir. Bu maʼlum boʻlgan “Vinchester” ov miltigʻini “30/30” kalibri bilan aynan mos keladi. Bu yigʻuvchilarda bitta yoki bir nechta qattiq disklar boʻlib, ular alyuminiy yoki kremniy qorishmasidan tayyorlangan va ferrilok bilan qoplangan, germetik yopiq korpusga oʻqish-yozish magnit kallagi bloki joylashtirilgandir. Bu yigʻuvchilarning sigʻimi olinmaydigan konstruksiya hisobiga erishiladigan oʻta yuqori yozish zichligi tufayli bir necha ming megabaytgacha yetadi; ular tezkoriligi ham EMDY ga nisbatan juda yuqoridir. 1997-yildagi eng katta qiymatlar: sigʻimi 9000 Mbayt (1997-yilga sigʻim standarti — 1200 Mbayt); aylanish tezligi — 8000 ayl/min; murojaat qilish vaqti — 5 ms; transferi — 17 bayt/s. QMDY juda rang — barangdir. Disk diametri koʻpincha 3,5” (89 mm), lekin boshqalari ham bordir, xususan 5,25” (133 mm) va 1,8” (45 mm) ham bor. Diskovodning eng koʻp tarqalgan korpusining balandligi stol usti SHK larda- 25 mm, mashina — serverlarda — 41 mm, ixcham SHK larda −12 mm va b. Zamonaviy vinchesterlarda zonali yozish usuli ishlatila boshlandi. Bu holatda diskning butun yuzasi bir nechta zonalarga boʻlinadi, shu bilan birga sektorlarning tashqi zonalariga ichkisiga nisbatan koʻproq qiymatlar joylashadi. Bu, xususan, qattiq disklarning sigʻimini taxminan 30% oshirish imkonini beradi.

    4.Rasmda qaysi qurilma ko'rsatilganligini aniqlang, uning asosiy Vazifalari va xususiyatlarini tavsiflang.

    Tezkor xotira yoki RAM (inglizcha: Random Access Memory, RAM) — oʻqish yoki yozish uchun uning manzili
    boʻyicha istalgan yacheykaga bir vaqtning oʻzida (har doim bir vaqtning oʻzida,
    joylashuvidan qatʼiy nazar) kirish imkonini beruvchi kompyuter xotirasining
    turlaridan biridir[1]. Protsessor qisqa vaqt
    ichida koʻp ishlatiladigan jarayonlarni tezkor xotiraga yuklab oladi va bu
    kompyuterni ishlashini tezlashtirish uchun xizmat qiladi. Tezkor xotirani
    asosiy oʻlchov birligi uning xotira hajmi boʻlib, kilobayt, megabayt,
    gigabaytlarda oʻlchanadi. Tezkor xotira chastotasi — tezkor xotira shinalaridan
    maʼlum vaqt ichida oʻtadigan maʼlumotlar oqimi sonini anglatadi.

    5. Rasmda qaysi qurilma ko'rsatilganligini aniqlang, uning asosiy Vazifalari va xususiyatlarini tavsiflang.



    Ona plata „materinka“ (inglizcha: motherboard — bosh plata; hisoblanadi. sleng. ona - barcha chip va qurilmalarni bir biriga ulash uchun asos) — Shaxsiy kompyuterning, noutbuk, telefon, planshetlarning asosiy qurilmalari — tezkor xotira, qattiq disk, chiplar, slot, kuler, ulash portlari va boshqa qurilmalar oʻrnatiladigan koʻp qatlamli muxr plata. Aynan ona plata bir-biridan farq qiluvchi qurilmalarni birlashtiradi va boshqaradi.
    Ona plata qurilmasining asosiy qismini oʻz ichiga oladi, masalan, kompyuterda - protsessor, tizim shinasi yoki avtobuslari, RAM, "oʻrnatilgan. " periferik kontrollerlar, xizmat koʻrsatish mantigʻi - va Kengaytirish kartalari deb nomlangan qoʻshimcha almashtiriladigan platalarni ulash uchun ulagichlar, odatda umumiy avtobus yoki avtobuslarga ulanadi - masalan, 2000-yillarning boshlarida, IBM PC-mos keluvchi kompyuter, qoida tariqasida, uch xil avtobusning ulagichlarini olib yurardi - ISA, PCI va AGP. Kengaytirish kartasi uyalarini oddiygina ulaydigan Backplane/Card dan farqli oʻlaroq, anakart har doim ularni oʻrnatish uchun faol komponentlar yoki ulagichlarni olib yuradi. Ingliz tilidagi adabiyotlarda anakartlarni kengaytirish va oʻzgartirish qobiliyatiga ega boʻlgan anakartlarning oʻziga („ana platalar“) va bunday imkoniyatlarga ega boʻlmagan „asosiy platalar“ga („mayin platalar“) boʻlish odatiy holdir. toʻliq oʻzgarmas tizimni ifodalaydi.

    6. Rasmda qaysi qurilma ko'rsatilganligini aniqlang, uning asosiy Vazifalari va xususiyatlarini tavsiflang.

    Kompyuterning diskdagi maʼlumotlarni kompyuterga koʻchirib olish yoki kompyu-terdagi maʼlumotlarni diskka koʻchirib olish uchun moʻljallangan moslamasi.

    7. Rasmda qaysi qurilma ko'rsatilganligini aniqlang, uning asosiy Vazifalari va xususiyatlarini tavsiflang.

    Kompyuter sichqonchasi - bu kursorni boshqarish va kompyuterga har xil buyruqlar berish uchun koordinatali moslama. Kursorni boshqarish sichqonchani stol yoki sichqonchaning yostig'i ustida harakatlantirish orqali amalga oshiriladi. Sichqoncha tugmachalari va g'ildiraklari muayyan harakatlarni keltirib chiqaradi, masalan: ko'rsatilgan ob'ektni faollashtirish, kontekst menyusini chaqirish, veb-sahifalarni, operatsion tizim oynalarini va elektron hujjatlarni vertikal va gorizontal (maxsus sichqonlarda) aylantirish. U shaxsiy kompyuterlarda grafik foydalanuvchi interfeysi paydo bo'lishi munosabati bilan keng tarqaldi.

    8. Rasmda qaysi qurilma ko'rsatilganligini aniqlang, uning asosiy Vazifalari va xususiyatlarini tavsiflang.

    8. Dinamik —kompyuterdagi elektr tebranishlarni tovush tebranishlariga
    (tovushga) aylantirib beradigan asbob

    9. Rasmda qaysi qurilma ko'rsatilganligini aniqlang, uning asosiy Vazifalari va xususiyatlarini tavsiflang.

    Joistick- yordamchi qurilma bo’lib, bizga kompyuter bilan ishlashda yordam beradi

    10. Rasmda qaysi qurilma ko'rsatilganligini aniqlang, uning asosiy Vazifalari va xususiyatlarini tavsiflang. (videokarta)


    Download 0.59 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0.59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MS Excel jadval protsessorlari va uning vazifasi

    Download 0.59 Mb.