• Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
  • Elektron qurilmalarning implus asoslari




    Download 26.63 Kb.
    bet1/6
    Sana06.04.2024
    Hajmi26.63 Kb.
    #189536
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    ELEKTRON QURILMALARNING IMPLUS ASOSLARI1
    Buddaviylik va xristianlik, 140 WINDOWS OPERATS (1), 2.Covering letter of Christo Ananth, Mobil qurilmalarning dasturiy taminoti, MyFirstScan004, 64-mavzu, 6-mavzu O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar xususiy mulkchilikn, 1234, 33-mavzu tayyor.doc, buxgalteriya hisobi 1 курслар учун, Amaliyot mavzu, 5-tajriba, O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi t, «Бабажанова публикация в сборнике Креативная лингвистика» 1, 01.11.2022 kundalik.com hisobot

    ELEKTRON QURILMALARNING IMPLUS ASOSLARI
    Kirish
    Reja:

    1. Elektr texnologik qurilmalarning rivojlanish tarixi va elektr energetikadagi o‘rni

    2. Sanoat elektr texnologik qurilmalarining turlari

    3. Elektrotermiyaning fizik texnik asoslari

    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar


    Kirish
    Elektr texnologik qurilmalarning rivojlanish tarixi va elektr energetikadagi o‘rni
    Elektr energiyasini iste’mol qilib, uni boshqa turdagi energiyaga aylantirish orqali va shu vaqtning o‘zida texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun belgilangan qurilmalar elektrotexnologik qurilmalar deb ataladi. Bunday qurilmalar murakkab tuzilishga ega bo‘lib ularning tarkibiga ishchi organ, ya’ni plazmatron, plazmali reaktor, elektron to‘p, yoy va ion agregatlarining elektrodlar tizimi va belgilangan ish rejimini avtomatik ta’minlovchi yoki mikroprosessorli texnika yordamida boshqariluvchan maxsus energiya manbalari kiradi. Suv, gaz ta’minlash va vakum hosil qilish hamda uni saqlash tizimlari esa elektrotexnologik qurilmalar tarkibiga yordamchi jixoz sifatida kiradi. Elektrotexnologik qurilma qanday texnologik jarayonni bajarish uchun belgilangan ekanligini bilmay, uni talab doirasida montaj qilish, sozlash va ishlatish mumkin emas. Insoniyatning ishlab chiqarish faoliyati va uy ro‘zg‘or extiyojlari elektrotexnologik qurilmalar bilan tobora ko`payib bormoqda. Bunday o`sish faqatgina mazkur qurilmalarga bo‘lgan extiyojning o‘sishi bilangina asoslanib qolmasdan, balki uglevodorodli yoqilg’i tan narxining ma’lum darajada oshishi, tashqi muhitni muhofaza qilish bo‘yicha aniq choralar belgilash zaruriyati, chiqindisiz texnologiyalar yaratish kabilar bilan ham bog‘liqdir.
    Elektrotexnologik jarayonlarni rivojlantirish mamlakatimizning rivojlanib borayotgan energetik tizimini, yangi elektr stansiyalari va yuqori quvvatli elektr tarmoqlarini qurish orqali amalga oshiriladi.
    2. Sanoat elektrotexnologik qurilmalarining turlari
    1.Elektr tokining pirovard issiqlik ta’siriga asoslangan qurilmalar. Bu guruh qurilmalariga uy ro‘zg‘or qizdirish jihozlari, bevosita va bilvosita qizdirish qarshilik pechlari, suyuqlik va gazlarni qizdirish qurilmalari - turli ko‘rinishdagi elektr qozonlari va elektrokaloriferlar, shuningdek qizdiruvchi elementlar vazifasini ishqorlar yoki oksidlar eritmalari bajaruvchi, elektrodli vannalar.
    2. Elektr tokining pirovard elektrokimyoviy ta’siriga asoslangan qurilmalar. Bunday qurilmalar toifasiga eritma yoki qorishma bilan to‘ldiriladigan elekroliz vannalari, yuzalarga himoyalash yoki dekorativ qoplamalar beruvchi qurilmalar, shuningdek galvanoplastika usulida maxsulot olish qurilmalari va elektrolitlarda elektrokimyoviy - mexanik ishlov berish qurilmalari kiradi.
    3. Elektromexanik qurilmalar. Bunday qurilmalarda ishlov berilayotgan materiallardan impuls rejimidagi tokning oqib o‘tishi mexanik kuchlar hosil bo‘lishiga olib keladi.
    Mazkur qurilmalarning maxsus sinfini ultratovush ta’sirida ishlovchi qurilmalar tashkil qilib, ultratovush generatorlaridan berilayotgan yuqori chastotadagi mexanik tebranishlar ta’sirida texnologik jarayonlar amalga oshiriladi.
    4. Elektrokinetik qurilmalar. Ularning ishlash prinsipi elektr maydon energiyasini harakatdagi zarrachalar energiyasiga aylantirishga asoslangan. Bunday qurilmalar toifasiga elektron - ion texnologiyalarga asoslangan elektr filtrlari, poroshok materiallari va emulsiyalarni ajratish qurilmalari, elektr bo‘yoqlash va oqava suvlarni tozalash qurilmalari kiradi.
    3. Elektrotermiyaning fizik texnik asoslari
    «Elektrotermiya» - tushunchasi keng ma’noga ega bo‘lib, sanoatning turli soxalarida elektr energiyasini iste’mol qilgan holda issiqlik ishlovi beruvchi ko‘plab texnologik jarayonlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
    Organik yoqilg‘i hisobiga issiqlik ishlovi berishga nisbatan elektr energiyasidan foydalanib issiqlik ishlovi berish jarayonlari qator afzalliklarga ega:Bular tashqi muxit ifloslanishining keskin kamayishi; haroratning aniq belgilangan qiymatlarini olish imkoniyati;
    aniq yo‘naltirilgan intensiv issiqlik oqimlarini hosil qilish imkoniyati;ajralib chiqayotgan issiqlik energiyasining miqdorini qat’iy nazorat qilish va aniq boshqarish imkoniyati; turli kimyoviy tarkibdagi gaz muxitlari va vakuumda issiqlik ishlovi berish imkoniyati;
    issiqlik ishlovi berilayotgan materialning o‘zida bevosita issiqlik energiyasi ajralib chiqishini ta’minlash imkoniyati; har qanday issiqlik ishlovi berish uchun belgilangan hajmda katta miqdordagi issiqlik energiyasi ajralib chiqishini ta’minlash va h.k.
    Elektrotermiyada elektr energiyasini issiqlik energiyaisga aylanishni ta’minlovchi quyidagi usullarni qayd etish mumkin.

    Download 26.63 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 26.63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron qurilmalarning implus asoslari

    Download 26.63 Kb.