|
Amaliy mashg’ulot-2 Zamonaviy o’lchov qurilmalari bilan tanishish
|
bet | 1/3 | Sana | 07.09.2024 | Hajmi | 43,36 Kb. | | #270505 |
Bog'liq Amaliy mashg\'ulot-02
Amaliy mashg’ulot-2
Zamonaviy o’lchov qurilmalari bilan tanishish
2.1. Nazariy qism
O‘lchash vositalari o‘lchashlarda ishlatiladi va ular normallashgan metrologik xossalarga, ya’ni kattaliklarning ma’lum sonli qiymatlariga hamda o‘lchash natijalarining aniqligi va ishonchliligini ifodalovchi xossalariga ega bo‘ladi.
O‘lchash vositalarining asosiy turlariga o‘lchovlar, o‘lchash asboblari, o‘lchash o‘zgartkichlari va o‘lchash qurilmalari kiradi.
O‘lchov — berilgan o‘lchamdagi fizik kattalikni qayta o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasi. Masalan, qadoqtosh — massa o‘lchovi; o‘lchov rezistori — elektr qarshilik o‘lchovi; yoritish lampasi — yorug‘lik o‘lchovi va hokazo.
Kuzatuvchi idrok qilishi uchun qulay shakldagi o‘lchov axboroti signalini ishlab chiquvchi o‘lchash vositasi o‘lchov asbobi deyiladi. O‘lchov asbobida kuzatuvchi o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘qiydi yoki sanaydi. O‘lchov asboblari analog va raqamli bo‘lishi mumkin. Analog o‘lchov asboblarida asbobning ko‘rsatishi o‘lchanayotgan kattalik o‘zgarishining uzluksiz funksiyasidan iborat bo‘ladi. Raqamli o‘lchov asboblarida esa ko‘rsatishlar o‘lchov axboroti signalini diskret o‘zgartirish natijasidan iborat bo‘lgan raqamli shaklda ifodalangan bo‘ladi.
O‘lchov asboblari ko‘rsatuvchi, qayd qiluvchi, kombinasiyalangan, integrallovchi va jamlovchi asboblarga bo‘linadi. Ko‘rsatuvchi asboblarda raqamli qiymatlar shkala yoki raqamli tablodan o‘qiladi. Qayd qiluvchi asboblarda ko‘rsatuvlarni diagramma qog‘ozida yozib olish yoki raqamli tarzda chop etish ko‘zda tutiladi. Kombinasiyalangan asboblar o‘lchanayotgan kattalikni bir vaqtning o‘zida ko‘rsatadi hamda qayd qiladi. Integralovchi asboblarda o‘lchanayotgan kattalik vaqt bo‘yicha yoki boshqa erkli o‘zgaruvchi bo‘yicha integrallanadi. Jamlovchi asboblarda ko‘rsatishlar turli kanallar bo‘yicha unga keltirilgan ikki yoki bir necha kattalikning yig‘indisi bilan funksional bog‘langan bo‘ladi.
O’lchashga doir axborotni uzatish, o‘zgartish, ishlov berish va saqlash uchun qulay bo‘lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo‘lmaydigan shakldagi signalni ishlab chiquvchi o‘lchash vositasi o‘lchash o‘zgartkichi deb ataladi. Inson o‘zining sezgi organlari bilan o‘lchash o‘zgartkichi signallarini qabul qila olmaydi. O‘zgartiriladigan fizik kattalik— kirish kattaligi, uning o‘zgartirilgani esa chiqish kattaligi deyiladi.
O‘lchanayotgan kattalik berilgan o‘lchash o‘zgartkichi birlamchi o‘zgartkich deyiladi. Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichlari, ko‘pincha, datchik deb yuritiladi.
Uning bevosita o‘lchanayotgan fizik kattalik ta’siridagi qismi sezgir element deyiladi.
O‘lchov vositalari o‘lchash jarayonidagi bajarayotgan vazifasiga qarab ish, namuna va etalon o‘lchov asboblariga bo‘linadi.
|
| |