|
Amaliy mashg’ulot-2 Zamonaviy o’lchov qurilmalari bilan tanishish
|
bet | 3/3 | Sana | 07.09.2024 | Hajmi | 43,36 Kb. | | #270505 |
Bog'liq Amaliy mashg\'ulot-02To‘g‘ri o‘zgartirish prinsipi bo‘yicha qurilma o‘lchov vositalarida o‘lchanayotgan kattalik dastlabki o‘zgartkichga yoki uning o‘lchash zanjiri qismidan iborat bo‘lgan sezgir elementga keladi. O‘lchash zanjirida, odatda, o‘lchanayotgan kattalikni axborotning biror eltuvchisi (elektr toki kuchi yoki kuchlanishi. siqilgan havo bosimi va boshqalar) signaliga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha amalga oshiriladi. So‘ngra mazkur signal kuchaytiriladi va sanash qurilmasiga uzatiladi. Eng sodda variantda shu sxemadan faqat sezgir element va sanash qurilmasi qolishi mumkin.
Signalni muvozanatlashtiradigan o‘lchash sxemalari strukturasi 2-rasmda keltirilgan. O‘lchanayotgan kattalik X datchik D ga yoki uning sezgir elementi SE ga keladi va Rx signalga aylantiriladi, bu signal kompensasiya kurilmasi KQ dan chiqqan R signal bilan moslashtiriladi. Kompensasiya qurilmasi KQ chiqish signali φni kompensasiya qiluvchi Rk signalga o‘zgartiradi. Nobalans signali ΔR nomuvofiqlashtirish indikatori NI orqali kuchaytirgich K kirishiga beriladi. Kuchaytirgichning chiqish signali integrallovchi kurilma IQ ga (masalan, reversiv dvigateliga) ta’sir qiladi yoki chiqish signali φ kuchaytirgich chiqishidan olinadigan signal yo‘q bo‘lganda o‘zgarmay qolaveradi. Signal asbob ko‘rsatkichi AK va kompensasiya qurilmasi KQ ga beriladi. Shunday qilib, chiqish signali φ o‘lchanayotgan X kattalik qiymatini aniqlaydi. Signalni muvozanatlashtiruvchi asboblar yuqori aniqlikka ega bo‘lib, kichik signallarni o‘lchash imkonini beradi, ammo ularning tezkorligi kam, bahosi yuqori, ishonchliligi esa to‘g‘ri o‘zgartkich asboblarinikiga qaraganda past.
2– rasm. Signalni muvozanatlashtiruvchi o‘lchov asboblarining
struktura sxemasi.
2.2. Nazorat savollari
1. O’lchov va o’lchov vositalari tushunchalariga ta’rif bering.
2. Uzatiladigan signal ko’rinishiga ko’ra ’lchov asboblari necha turga bo’linadi?
Birlamchi o’zgartigichlar nima” Uning asosiy ko’rsatkichlariga nimalar kiradi?
3. Bajaradigan vazifasiga ko’ra o’lchov asboblari necha turga bo’linadi?
4. O‘lchash jarayonidagi bajarayotgan vazifasiga qarab o’lchov vositalari necha turga bo’linadi?
4. Struktura sxemasini qurish prinsipiga ko’ra o’lchov vositalari necha guruhga bo’linadi?
5. Taqqoslash va darajalash deganda nimani tushunasiz?
|
| |