|
Amaliy mashg’ulot-2 Zamonaviy o’lchov qurilmalari bilan tanishish
| bet | 2/3 | Sana | 07.09.2024 | Hajmi | 43,36 Kb. | | #270505 |
Bog'liq Amaliy mashg\'ulot-02Ish o‘lchov asboblari xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida amaliy o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan. Ular anikligi orttirilgan o‘lchov asboblariga va texnik o‘lchov asboblariga bo‘linadi.
Namuna o‘lchov asboblari ish o‘lchov asboblarini tekshirish va ularni o‘zlari bo‘yicha darajalashga xizmat qiladi.
Etalon asboblari fizik kattalik biriklarini qayta tiklash va saqlash, ularning o‘lchamlarini namuna o‘lchov asboblari orqali xalq xo‘jaligida qo‘llanadigan ish o‘lchov vositalariga o‘tkazishga xizmat qiladi. Fizik kattaliklarning birliklari o‘lchami shu usul bilan etalonlardan namuna o‘lchov asboblari yordamida boshqa o‘lchov asboblariga o‘tkaziladi.
O‘lchash vositalarining ko‘rsatishlaridagi xatoliklarni aniqlash yoki ularning ko‘rsatishlariga tuzatish kiritish maqsadida o‘lchov vositalari ko‘rsatishlarini namuna o‘lchov asboblarining ko‘rsatishlariga taqqoslash deb ataladi.
Shkala asbobni tekshirish bo‘linmalariga qabul qilingan o‘lchov birliklarida ifodalangan qiymatlar berish operasiyasi darajalash deb ataladi.
O‘lchash vositalari yordamida o‘lchanayotgan fizik kattaliklar o‘lchash axboroti signali foydalaniladigan biror chiqish kattaligiga o‘zgartiriladi.
φ =f (B) (1)
bu erda, φ — asbob ko‘rsatkichining burchakli yoki chiziqli siljishi, V — o‘lchanayotgan fizik kattalik.
1-rasm. O‘lchov asbobining umumlashgan strukturasi sxemasi
Istalgan o‘lchov asbobining struktura sxemasi, uning ishlash, prinsipidan qat’iy nazar, ketma-ket ulangan o‘lchash bo‘g‘inlari ( , qatoridan tuzilgan zanjir kabi tasvirlanishi mumkin. Birinchi bo‘g‘in uchun kirish qiymati bo‘lib x kattalik xizmat kiladi. Har bir bo‘g‘inning chikish qiymati keyingi bo‘g‘in uchun kirish qiymati bo‘lib xizmat qiladi. Oxirgi bo‘g‘inning chiqish qiymati ko‘rsatkichning siljishini anglatadi.
Umumiy holda o‘lchov vositalarining struktura sxemasini qurish prinsipiga qarab ikki guruhga bo‘lish mumkin: to‘g‘ri o‘zgartiradigan o‘lchash sxemasi va signali moslashtiriladigan o‘lchash sxemalari.
|
| |