Samaradorligi va ommaviyligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda dastur-taftishchilar turadi.
Odatda, bu ikkala dastur xillari bitta virusga qarshi dasturga birlashtiriladi, natijada
uning quvvati anchagina oshadi. Turli xil blokirovka qiluvchilar va immunizatorlar
ham ishlatiladi.
Virusga qarshi himoya tizimini qurish
Hozirda o‘rtacha kompaniyaning korporativ kompyuter tarmog‘i
tarkibida
o‘nlab va yuzlab ishchi stansiyalari, o‘nlab serverlar, telekommunikasiyaning turli
faol va passiv asbob uskunalari mavjud bo‘lgan yetarlicha murakkab strukturaga ega
(7.2-rasm).
Korporativ tarmoqdan foydalanuvchilar tarmoqqa viruslarning suqilib kirish
fayllari bilan doimo to‘qnashadilar. Internet/intranet korporativ
tizimlariga virus
xujumlari muntazam bo‘lib turadi, foydalanuvchi ishchi stansiyasining zaharlangan
axborot eltuvchisi tomonidan zaharlanishi esa odat tusini olgan.
Korporativ tarmoq viruslar va boshqa zarar keltiruvchi dasturlar xujumlariga
duchor bo‘lganida tarmoqning virusga qarshi himoyasi ko‘pincha
virusga qarshi
lokal dasturiy ta’minot yordamida, skanerlash va qator ishchi stansiyalarni davolash
bilan tugaydi va himoya ta’minlanadi deb hisoblanadi. Aslida muammoning bunday
lokalizasiyalash minimal chora hisoblanadi va korporativ
tarmoqning keyingi
barqaror ishlashini kafolatlamaydi.
Boshqacha aytganda,
virusga qarshi lokal
echimlarning ishlatilishi korxonani virusdan samarali
himoyalash uchun zaruriy,
ammo yetarli vosita hisoblanmaydi.
Virusga qarshi himoyaning samarali korporativ tizimi - "mijoz-server"
texnologiyasi bo‘yicha amalga oshirilgan, tarmoqdagi har qanday shubhali harakatni
sezgirlik bilan fahmlab oluvchi, teskari bog‘lanishli moslanuvchan tizimdir. Bunday
tizim korporativ tarmoqning ichki strukturasi doirasida viruslarni va boshqa G‘anim
dasturlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi. Virusga
qarshi himoyaning samarali
korporativ tizimi turli virus xujumlarini-ma’lumlarini, ham noma’lumlarini, ular
namoyon bo‘lishining dastlabki bosqichida, aniqlaydi va betaraflashtiradi.