Amaliy mashg‘ulot №7.
Mavzu: Kompyuter tizimlarida axborotni himoyalash
Ishning maqsadi. Talabalarga
axborot tushunchasi, uning turlari va
ko’rinishlarini o‘rgatishdan iborat.
Dars jihozi: Shaxsiy kompyuter,
videoproyektor, Audiojihozlar, Kolonka,
Akustik tizimlar va boshqalar;
Kutilayotgan natija: Mavzu yuzasidan bilim, malaka va ko‘nikmaga ega
bo‘ladi.
Nazariy qism
Kompyuter viruslari va virusdan himoyalanish muammolari
Kompyuter virusining ko‘p ta’riflari mavjud. Birinchi ta’rifni 1984 yili Fred
Koen bergan: "Kompyuter virusi –
boshqa dasturlarni, ularga o‘zini yoki
o‘zgartirilgan nusxasini kiritish orqali, ularni modifikasiyalash bilan zaharlovchi
dastur. Bunda kiritilgan dastur keyingi ko‘payish qobiliyatini saqlaydi". Virusning
o‘z-o‘zidan ko‘payishi va hisoblash jarayonini modifikasiyalash
qobiliyati bu
ta’rifdagi tayanch tushunchalar hisoblanadi. Kompyuter virusining ushbu
xususiyatlari tirik tabiat organizmlarida biologik viruslarning parazitlanishiga
o‘hshash.
Hozirda kompyuter virusi deganda quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan
dasturiy kod tushuniladi:
- asliga mos kelishi shart bo‘lmagan, ammo aslining xususiyatlariga (o‘z-
o‘zini tiklash) ega bo‘lgan nusxalarni yaratish qobiliyati;
- hisoblash tizimining bajariluvchi ob’ektlariga
yaratiluvchi nusxalarning
kiritilishini ta’minlovchi mexanizmlarning mavjudligi.
Ta’kidlash lozimki, bu xususiyatlar zaruriy, ammo yetarli emas. Ko‘rsatilgan
xususiyatlarni hisoblash muhitidagi zarar keltiruvchi dastur ta’sirining destruktivlik
va sir boy bermaslik xususiyatlari bilan to‘ldirish lozim.
Viruslarni quyidagi asosiy alomatlari bo‘yicha turkumlash mumkin:
- yashash makoni;
Fayl viruslari bajariluvchi fayllarga turli usullar bilan kiritiladi (eng ko‘p
tarqalgan viruslar xili), yoki fayl-yo‘ldoshlarni (kompanon viruslar) yaratadi yoki
faylli tizimlarni (link-viruslar) tashkil etish xususiyatidan foydalanadi.
Yuklama viruslar o‘zini diskning yuklama sektoriga (boot - sektoriga) yoki
vinchesterning tizimli yuklovchisi (MasterBootRecord) bo‘lgan sektorga yozadi.
Yuklama viruslar tizim yuklanishida boshqarishni oluvchi
dastur kodi vazifasini
bajaradi.
Makroviruslar axborotni ishlovchi zamonaviy tizimlarning makrodasturlarini
va fayllarini, xususan MicroSoftWord, MicroSoftExcel va h.
kabi ommaviy
muharrirlarning fayl-xujjatlarini va elektron jadvallarini zaharlaydi.
Tarmoq viruslari o‘zini tarqatishda kompyuter tarmoqlari va elektron pochta
protokollari va komandalaridan foydalanadi. Ba’zida tarmoq viruslarini "qurt"
xilidagi dasturlar deb yuritishadi. Tarmoq viruslari Internet-qurtlarga (Internet
bo‘yicha tarqaladi), IRC-qurtlarga (chatlar, InternetRelayChat) bo‘linadi.
Kompyuter
viruslarining yashash
makoni
Fayl viruslari
Yuklanma viruslar
Makro viruslar
Tarmoq viruslar
Bajariladigan
fayllar
(exe.com.bat)
Diskning
yuklanuvchi (Boot)
sektori
Xujjarlar
WORD (.doc)
Tarmoq
protokollari
Egizak
fayllar
Tizimli yuklovchi
sektori
Xujjatlar
Excel (.xls)
Tarmoq
komandalari
Fayllar o’rtasidagi
aloqa (link-viruslar)
Aktiv boot-
sektorga
ko’rsatkich
Office
xujjatlari
Elektron
pochta
7.1-rasm. Yashash makoni bo’yicha kompyuter viruslarining turkumlanishi.
Kompyuter viruslarining ko‘pgina kombinasiyalangan xillari ham mavjud,
masalan – tarmoqli makrovirus tahrirlanuvchi xujjatlarni zaxarlaydi, hamda o‘zining
nusxalarini elektron pochta orqali tarqatadi. Boshqa bir misol sifatida fayl-yuklama
viruslarini ko‘rsatish mumkinki, ular fayllarni hamda
disklarning yuklanadigan
sektorini zaharlaydi.
Viruslarning hayot davri.Har qanday dasturdagidek kompyuter viruslari
hayot davrining ikkita asosiy bosqichini - saqlanish va bajarilish bosqichlarini
ajratish mumkin.
Saqlanish bosqichi virusning diskda u kiritilgan ob’ekt bilan birgalikda
shundaygina saqlanish davriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda virus virusga qarshi
dastur ta’minotiga zaif bo‘ladi, chunki u faol emas va himoyalanish uchun operasion
tizimni nazorat qila olmaydi.
Kompyuter viruslarining
bajarilish davri, odatda, beshta bosqichni o‘z ichiga
oladi:
1. Virusni xotiraga yuklash.
2. Qurbonni qidirish.
3. Topilgan qurbonni zaharlash.
4. Destruktiv funksiyalarni bajarish.
5. Boshqarishni virus dastur-eltuvchisiga o‘tkazish.