Amaliy mashg‘ulot №7. Mavzu: Kompyuter tizimlarida axborotni himoyalash Ishning maqsadi




Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana07.12.2023
Hajmi0,49 Mb.
#113376
1   2   3   4
Bog'liq
7-Amaliy mashgulot

Virusni xotiraga yuklash. Virusni xotiraga yuklash operasion tizim 
yordamida virus kiritilgan bajariluvchi ob’ekt bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. 
Masalan, agar foydalanuvchi virus bo‘lgan dasturiy faylni ishga tushirsa, ravshanki, 
virus kodi ushbu fayl qismi sifatida xotiraga yuklanadi. Oddiy holda, virusni yuklash 
jarayoni-diskdan operativ xotiraga nusxalash bo‘lib, so‘ngra boshqarish virus badani 
kodiga uzatiladi. Bu harakatlar operasion tizim tomonidan bajariladi, virusning o‘zi 
passiv holatda bo‘ladi. Murakkabroq vazifalarda virus boshqarishni olganidan so‘ng 
o‘zining ishlashi uchun qo‘shimcha harakatlar bajarishi mumkin. Bu bilan bog‘liq 
ikkita jihat ko‘riladi. 
 
Virusga qarshi dasturlar 


Kompyuter viruslarini aniqlash va ulardan himoyalanish uchun maxsus 
dasturlarning bir necha xillari ishlab chiqilgan bo‘lib, bu dasturlar kompyuter 
viruslarini aniqlash va yo‘qotishga imkon beradi. Bunday dasturlar virusga qarshi 
dasturlar deb yuritiladi. Umuman, barcha virusga qarshi dasturlar zaharlangan 
dasturlarning va yuklama sektorlarning avtomatik tarzda tiklanishini ta’minlaydi. 
Viruslarga qarshi dasturlar foydalanadigan viruslarni aniqlashning asosiy 
usullari quyidagilar: 
- etalon bilan taqqoslash usuli; 
- evristik taxlil; 
- virusga qarshi monitoring; 
- o‘zgarishlarni aniqlovchi usul; 
- kompyuterning kiritish/chiqarish bazaviy tizimiga (BIOSga) virusga qarshi 
vositalarni o‘rnatish va h. 
Etalon bilan taqqoslash usuli eng oddiy usul bo‘lib, ma’lum viruslarni 
qidirishda niqoblardan foydalanadi. Virusning niqobi-mana shu muayyan virusga 
xos kodning qandaydir o‘zgarmas ketma-ketligidir. Virusga qarshi dastur ma’lum 
virus niqoblarini qidirishda tekshiriluvchi fayllarni ketma-ket ko‘rib chiqadi 
(skanerlaydi). Virusga qarshi skanerlar faqat niqob uchun belgilangan, oldindan 
ma’lum viruslarni topa oladi. Oddiy skanerlar kompyuterni yangi viruslarning 
suqilib kirishidan himoyalamaydi. Yangi dasturni yoki yuklama sektorini 
zaharlashda kodini to‘la o‘zgartira oluvchi shifrlanuvchi va polimorf viruslar uchun 
niqob ajratish mumkin emas. Shu sababli skaner ularni aniqlamaydi. 
Evristik tahlil. Kompyuter virusi ko‘payishi uchun xotirada nusxalanish, 
sektorga yozilish kabi qandaydir muayyan xarakatlarni amalga oshirishi lozim. 
Evristik tahlillagichda bunday harakatlarning ro‘yxati mavjud. Evristik tahlillagich 
dasturlarni va disk va disket yuklama sektorlarini, ularda virusga xos kodlarni 
aniqlashga uringan holda, tekshiradi. Taxlillagich zaharlangan faylni topib, monitor 
ekraniga axborot chiqaradi va shaxsiy yoki tizimli jurnalga yozadi. Evristik taxlil 
oldin ma’lum bo‘lmagan viruslarni aniqlaydi. 
Virusga qarshi monitoring. Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki, 


kompyuter xotirasida boshqa dasturlar tomonidan bajariluvchi shubhali harakatlarni 
monitoringlovchi virusga qarshi dastur doimo bo‘ladi. Virusga qarshi monitoring 
barcha ishga tushiriluvchi dasturlarni, yaratiluvchi, ochiluvchi va saqlanuvchi 
xujjatlarni, Internet orqali olingan yoki disketdan yoki har qanday kompakt-diskdan 
nushalangan dastur va xujjatlarning fayllarini tekshirishga imkon beradi. Agar 
qandaydir dastur xavfli harakat qilishga urinmoqchi bo‘lsa, virusga qarshi monitor 
foydalanuvchiga xabar beradi. 
O‘zgarishlarni aniqlovchi usul. Diskni taftish qiluvchi deb ataluvchi ushbu 
usulni amalga oshirishda virusga qarshi dastur diskning xujumga duchor bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan barcha sohalarini oldindan xotirlaydi, so‘ngra ularni vaqti-vaqti 
bilan tekshiradi. Virus kompyuterlarni zaharlaganida qattiq disk tarkibini 
o‘zgartiradi: masalan, dastur yoki xujjat fayliga o‘zining kodini qo‘shib qo‘yadi, 
Autoexec.bat fayliga dastur-virusni chaqirishni qo‘shadi, yuklama sektorni 
o‘zgartiradi, fayl-yo‘ldosh yaratadi. Disk sohalari xarakteristikalarining qiymatlari 
solishtirilganida virusga qarshi dastur ma’lum va no’malum viruslar tomonidan 
qilingan o‘zgarishlarni aniqlashi mumkin. 
Kompyuterlarning kiritish/chiqarish bazaviy tizimiga (BIOSga) virusga 
qarshi vositalarni o‘rnatish. Kompyuterlarning tizimli platasiga viruslardan 
himoyalashning oddiy vositalari o‘rnatiladi. Bu vositalar qattiq disklarning bosh 
yuklama yozuviga hamda disklar va disketlarning yuklama sektorlariga barcha 
murojaatlarni nazoratlashga imkon beradi. Agar qandaydir dastur yuklama sektorlar 
tarkibini o‘zgartirishga urinsa, himoya ishga tushadi va foydalanuvchi 
ogohlantiriladi. Ammo bu himoya juda ham ishonchli emas. 

Download 0,49 Mb.
1   2   3   4




Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy mashg‘ulot №7. Mavzu: Kompyuter tizimlarida axborotni himoyalash Ishning maqsadi

Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish