|
Bijg'ish jarayoniga ta'sir qiluvchi faktorlar
|
bet | 69/74 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 4,64 Mb. | | #230250 |
Bog'liq Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu Farmatsevtik Bijg'ish jarayoniga ta'sir qiluvchi faktorlar:
temperatura;
namlik;
rN muhit;
uglerod, azot va fosforni nisbati C:N:P;
hom ashyo zarrachalari yuzasining kattaligi;
substratni reaktorga yuklash chastotasi;
jarayonni sekinlashtiruvchi moddalar;
jarayonni tezlashtiruvchi qo'shimchalar
Temperatura
Metanogen (metan hosil qiluvchi) bakteriyalar 0-70ºS haroratda yashaydi. Harorat 70ºSdan oshsa ular halok bo'ladi. Lekin 90ºS yashaydigan shtammlar ham bor. Sovuq haroratda ham tirik qolishi mumkin, ammo ko'paya olmaydi.
Hom ashyo zarrachalari yuzasining kattaligi
Biogaz ishlab chiqarishda hom ashyoni maydalilik darajasi muhim rol' o'ynaydi. Hom ashyo qanchalik mayda hamda tolasimon bo'lsa, baktaeriyalar bilan ta'sirlashish yuzasi shuncha katta bo'ladi. Bu esa hom ashyoni tezroq va osonroq parchlanishiga sabab bo'ladi. Bundan tashqari biomassa osonroq aralashtiriladi. Maydalangan hom ashyo tezroq bijg'iydi, biogaz ko'proq ajraladi. Hozirda ezilgan dondan 15 kun ichida biogaz olishga erishildi.
Biogazni qo'llanilishi
Biogaz elektroenergiya, issiqlik, bug' va h.k. ishlab chiqarish uchun yoqilg'i sifatida ishlatiladi. Biogaz qurilmalarini parranda va qoramol fermalari, spirt va shakar zavodlari, go'sht kombinatlariga tozalash inshooti sifatida qurlishi mumkin. Veterinar-sanitar zavodlar o'lgan hayvonlar tanasini qayta ishlab go'sht-suyak uni ishlab chiqaradi. Veterinar-sanitar zavodlarni o'rniga biogaz qurilmalarini qurish iqtisodiy jihatdan samaraliroq. Shunda o'lgan hayvonlar tanasi biogaz ishlab chiqarish uchun hom ashyo vazifasini bajargan bo'lar edi.
R ivojlangan davlatlar orasida biogazdan foydalanish bo'yicha etakchi o'rinlardan birini Daniya egallaydi. Mamlakat energobalansining 18% biogaz tashkil etadi. Germaniyada biogaz qurilmalarining soni 8000 etdi. G'arbiy Evropadagi parranda fabrikalarining deyarli yarmi biogaz bilan isitilmoqda.
60-rasm.. Biogazda yuruvchi avtobus. Bern, Shveytsariya.
Rossiyaning biogaz ishlab chiqarish potentsiali katta. Rossiya yiliga 72 mlrd.m3 ishlab chiqarib, uni 151 200 GVts (gigavattsoat) elektroenergiya va 169 344 GVts issiqlik energiyasiga aylantirish imkoniga ega.
|
| |