• Biogaz ishlab chiqarish
  • Biogaz ishlab chiqaruvchi qurilmaning ishlash printsipi
  • Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli




    Download 4,64 Mb.
    bet68/74
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,64 Mb.
    #230250
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74
    Bog'liq
    Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu Farmatsevtik

    Biogaz va ekologiya
    Biogaz ishlab chiqarish metan gazini atmosferaga chiqib ketishini oldini oladi. Metan karbonat angidridga nisbatan 21 marta kuchliroq «issiqhona effekti»ni hosil qiladi va atmosferada 12 yilgacha saqlanadi. Er sharida global isib ketishni to'htatishning eng qisqa muddatli usuli – atmosferadagi metanni tutish.
    Biogaz olish maqsadida qayta ishlangan go'ng, barda va boshqa chiqindilar qishloq ho'jaligida o'g'it sifatida ishlatiladi. Bunday o'g'it kimyoviy o'g'itlarga nisbatan bezarar, shuningdek er ostidagi grunt suvlarini ifloslantirmaydi.
    Biogaz ishlab chiqarish
    Biogaz ishlab chiqarishda sanoat hamda «qo'lbola» tipidagi qurilmalar ishlatiladi. Sanoat qurilmalari «qo'lbola» tipidan farqli o'laroq mehanizatsiya, isitish sistemasi, gomogenizatsiya va avtomatika bilan ta'minlangan. Biogaz olish qurilmasi metantenk yoki biotenk deb ham ataladi. Sanoat miqyosida biogaz olsihning eng keng tarqalgan usuli hom ashyoni metantenklarda anaerob bijg'itish usuli hisoblanadi.
    Biogaz qurilmasi quyidagi qismlardan iborat bo'lishi shart:

    • gomogenizatsiya uchun idish;

    • suyuq yoki qattiq hom ashyoni qurilmaga yuklovchi moslama;

    • reaktor;

    • aralashtirgichlar;

    • gazgol'der16;

    • isitish sistemasi;

    • gaz sistemasi;

    • nasos stantsiyasi;

    • separator;

    • nazorat qurilmalari;

    • avtomatika va nazorat-o'lchov qurilmalri;

    • havfsizlik sistemasi


    59-rasm.
    Biogaz ishlab chiqaruvchi qurilmaning ishlash printsipi
    Biomassa davriy ravishda nasos stantsiyasi yoki yuklovchi moslama yordamida reaktorga yuklanadi. Reaktor isitish sistemasi bilan isitiladi. Unga aralashtirgichlar ham o'rnatilgan. Reaktor temirbeton yoki usti qoplamali po'latdan ishlangan bo'ladi. Kichikroq biogaz ishlab chiqaruvchi qurilmalar kompozitsion materiallardan17 tayyorlanadi. Keyin reaktorga bakteriyalar solinadi. Ular biomassa bilan oziqlanadi. Ularning moddalar almashinuvi mahsulotidan biogaz hosil bo'ladi. Bakteriyalarga qulay sharoit yaratish uchun reaktor 35-38°S haroratda qizdirilishi, biomassadan kerakli miqdorda berib turilishi, shuningdek davriy ravishda aralashtirib turish lozim. Hosil bo'lgan gaz gazgol'derga yig'iladi, tozalash sistemasidan o'tib iste'molchiga y'ani qozon yoki elektrogeneratorga uzatiladi. Reaktor germetik berk bo'lgani uchun ishlayotganida ichiga havo kirmaydi.
    Ba'zi bir hom ashyo turlari mahsus tehnologiya asosida bijg'itiladi. Misol uchun, spirtli barda kimyoviy qo'shimchalar qo'shib qayta ishlanadi. Melassali bardaga ishqor bilan ishlov beriladi. Bu tipdagi hom ashyoni kimyoviy moddalarsiz ham bijg'itish mumkin. Lekin buning uchun ular boshqa turdagi organik hom ashyo, masalan, go'ng, silos kabilar bilan aralashtirlishi shart.

    Download 4,64 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74




    Download 4,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli

    Download 4,64 Mb.