• TRENING «MULOQOT»
  • Boshqa biologik materiallar asosidagi biosensorlar




    Download 4,64 Mb.
    bet64/74
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,64 Mb.
    #230250
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74
    Bog'liq
    Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu Farmatsevtik

    Boshqa biologik materiallar asosidagi biosensorlar
    Aksariyat fermentlar qimmat va faolligini tez yo'qotadi. Shuning uchun analizda bevosita mikroorganizmlar, tirik to'qimalardan foydalanish iqtisodiy jihatdan samaraliroq. Fermentni ajratish hamda tozalash shart emas. Lekin bunday biosensorlar selektivligi yuqori bo'lmaydi. Chunki to'qimada bir emas, bir nechta ferment bo'ladi. Ular natijani tez va aniq olishga halaqit qiladi. Shunga qaramay tozalangan fermentlar emas, biologik materiallar asosida biosensor konstruktsiyalar ishlab chiqishga tobora qiziqish ortib bormoqda. Misol uchun, bodring po'tlog'idan (yoki qovoq po'sti) tuzilgan askorbin kislotasini aniqlovchi biosensor yaratilgan. Bodring yoki qovoq po'sti askorbinoksidaza fermenti manbai bo'lib hizmat qiladi. Po'stloqdagi askorbinoksidaza fermentining faolligi 50-80 marotaba analiz o'tkazish uchun kifoya qiladi. Biosensorning biologik materiallari 50% glitserinda 1 yil davomida saqlanishi aniqlangan.
    Dofamin11 biosensorining konstruktsiyasi yuqorida keltirilgan biosensor konstruktsiyasiga o'hshaydi. Dofamin biosensorida elektrod sirtiga banan mevasining kichik bo'lagi immobilizatsiyalangan (banan mevasidagi polifenoloksidaza fermenti dofaminni kislorod ishtirokida dofaminbenzolga aylantiradi). Biosensor 12 sekundda dofamin konsentratsiyasini aniqlaydi, 10 kun davomida ishlatish mumkin. Elektrodiga qoramol jigari immobilizatsiylangan biosensorlar ma'lum. Jigar katalaza fermenti manbai bo'lib hizmat qiladi. Katalaza - vodorod peroksidni parchalovchi ferment. Qovoqcha po'sti asosida meva sharbatlaridagi L-askorbin kislotani aniqlovchi biosensorlar ishlab chiqilgan:
    askorbinoksidaza
    L – askorbin kislota +1/2O2 → Degidroaskorbin kislota +H2O
    Drojjilardan iborat biosensorlar ham bor. Bu biosensorlarda drojjilar (misol uchun Trichosporon brassicae) 2ta g'ovaksimon membrana orasiga joylashtirilgan. Uning konstruktsiyasi 51–rasmda ko'rsatilgan biosensor konstruktsiyasiga o'hshaydi. Bu biosensordan oqava suvlardagi etanol va metanolni aniqlashda foydalaniladi. Analiz vaqti bor-yo'g'i 6 minut. Oqava suvlardagi ammiakka sezgir bo'lgan biosensorlar mavjud. Ular nitrifikatsiyalovchi12 bakteriyalar asosida yasalgan. Ammiak biosensori atrof-muhit muhofazasi uchun juda muhimdir.
    Gidrolaza sinfiga mansub fermentlar yordamida yasalgan biosensorlar orqali fosfororganik birikmalar (pestitsidlar) aniqlanadi. Ular ham atrof-muhit muhofazasi uchun juda muhim bo'lgan biosensorlardir. XX asrning 80-90-yillarida Qozon Davlat universiteti (Rossiya, Tatariston) Analitik kimyo kafedrasida holinesteraza fermenti asosida oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa turli hil ob'ektlardagi pestitsidlar hamda organik toksinlarni aniqlovchi biosensor ishlab chiqilgan. Fizik transdyuser sifatida simobli elektrod qo'llanilgan.
    Biosensorlarda biologik materiallarning ishlatilishi fermentlar faolligini uzoq muddat saqlashga imkon beradi. Tirik to'qimalar biosensorning yuqori spetsifikligini ta'minlaydi. Ammo, tirik to'qimalardan tuzilgan biosensorlar ishlab chiqish jadal sur'atlarda rivojlanayotgan bo'lsada, olimlar ularning ishonchliligiga shubha bilan qaramoqdalar.

    TRENING «MULOQOT»


    Ushbu trening o’quvchi-talabalarda dars jarayonida mustaqil fikrlashga, o’z fikrlarini erkin xolda bayon eta olishga hamda ularda baxslashish madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, odatda bunday mashg’ulot tinglovchilarni kichik guruhlarga bo’lgan guruhlarga bo’lgan xolda o’tkaziladi.
    Maqsad:
    Tanlangan mavzu, muammo asosida tinglovchilarning fikrlarini hamda ushbu mavzuga bo’lgan munosabatlarini aniqlash, mustaqil xolda umumiy bir fikrga kelishlariga va to’gri xulosa chiqarishlariga yordam berish, erkin xolda Bahslashishlariga sharoit yaratish.
    O’tkazilish tartibi.
    Ustoz mashg’ulotni boshlashdan avval tinglovchilarni muloqot, baxs-munozarani o’tkazishga qo’yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtiradi, so’ngra ushbu trening bochqichma-bosqich o’tkazilishini tushuntiradi.


    Download 4,64 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74




    Download 4,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqa biologik materiallar asosidagi biosensorlar

    Download 4,64 Mb.