|
Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli
|
bet | 66/74 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 4,64 Mb. | | #230250 |
Bog'liq Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu Farmatsevtik Biogaz tarihi
Insoniyat biogazdan foydalanishni juda qadimdan yo'lga qo'ygan. Eramizdan avvalgi birinchi mingyillikda hozirgi germaniya hududida ibtidoiy biogaz qurilmalari bo'lgan. El'ba daryosi yoqasidagi botqoqliklarda yashagan alemanlar suvga botgan daraht to'nkalarini ajdarholar deb o'ylashgan. Botqoqda hosil bo'lgan gazlarni ajdarhoning nafasidan chiqayapti deb o'ylaganlar. Alemanlar «g'azabnok ajdarhoni jahlidan tushirish» uchun botqoqqa qurbonliklar, oziq-ovqat tashlaganlar. Ular teridan chodir tikib, u bilan botqoqlikni ustini berkitganlar hamda teri quvurlar yordamida yashaydigan joylariga olib borganlar va uni yoqib egulik tayyorlaganlar. Egulik tayyorlashning boshqa yo'li bo'lmagan. Chunki botqoqliklarda quruq o'tin topish ancha mushkul ish edi.
XVII asrda bel'giyalik olim Yan Baptist Van Gel'mont parchalanayotgan biomassadan alangalanuvchi gaz ajralib chiqayotganini aniqladi.
55-rasm.. Yan Baptist Van Gel'mont. Kimyogar, vrach va fiziolog (1580-1644).
A lessandro Vol'ta (Italiya) 1776 yil parchalangan biomassa miqdori bilan ajralib chiqqan gazning miqdori orasida bog'liqlik borligini topdi. 1808 yil angliyalik ser Hemfri Devi biogaz tarkibida metan borligini aniqladi. Eng birinchi hujjatlashtirilgan biogaz qurilmasi 1859 yil Hindistonning Bombey shahrida qurilgan. Biogaz 1895 yil Buyuk Britaniyada ko'chalarni yoritish uchun ishlatilgan. 1930 yil biogaz ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi bakteriyalar kashf etildi.
56-rasm. Ser Hemfri Devi. Kimyogar, geolog va fizik (1778-1829).
57-rasm. Alessandro Vol'ta. Fiziolog, fizik va kimyogar (1745-1801).
Biogaz tarkibi va sifati
Biogaz 50-87% metan, 13-50% CO2, H2 va H2S lardan tashkil topgan. Biogaz CO2 dan tozalangandan keyin biometan olinadi. Biometan tabiiy gaz bilan bir hil, faqatgina ikkalasining hosil bo'lish sabablari har hil.
Biogazning asosiy qismini metan tashkil etgani uchun gazning sifati, unumi va miqdori tavsiflanayotganda bu ko'rsatkichlar metanga nisbatan olinadi. Gazlarning hajmi temperatura va bosimga bog'liq. Yuqori temperaturada gazlar kengayadi, issiqlik berish darajasi (kaloriyasi) esa aksincha kamayadi. Namlik ko'p bo'lsa ham gazning issiqlik berish darajasi kamayadi. Gazlarning chiqish unumi o'zaro taqqoslanganda temperatura 0°C, atmosfera bosimi 1,01325 bar, nisbiy namlikni 0% deb qabul qilish zarur. Biogaz ishlab chiqarishda o'lchov birligi sifatida 1kg quruq organik moddaga nisbatan litr (l) yoki metr kub (m3) qabul qilingan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli
|