• Mavzuning ahamiyati
  • Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli




    Download 4,64 Mb.
    bet8/74
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,64 Mb.
    #230250
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
    Bog'liq
    Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu Farmatsevtik

    Mashg'ulot shakli: «Farmasiya» yo‘nalishi talabalari uchun amaliy mashg‘ulot.
    Mashg'ulot uslubi: «Skarabey» texnologiyasi.
    Mashg‘ulot maqsadi: biotexnologiyada laboratoriya hamda sanoat miqyosida qo'llaniladigan jarayonlar, bioreaktorlar, ularning turlari va ishlash printsipi
    Mavzuning ahamiyati: biologik material bilan ishlashda muhandis-biotehnolog qanday biologik jarayonlarga duch kelishini hamda qaysi qurilmalar bilan ishashini bilishi juda muhim, chunki kelgusida muhandis-biotehnolog faqat tirik organizmlar bilan ishlaydi
    Ishning nazariy qismi
    Biotexnologiya-biologik jarayonlardan tehnika va sanoatda foydalanish. Bu jarayonlar (mutahassis biotehnolog ishtirokida) bioob'ekt yordamida kerakli natija olishga qaratilgan. Biologik texnologiya jarayonlari kimyoviy tehnologiya jarayonlaridan keskin farq qiladi. Biologik tehnologiya jarayonlarida asosiy komponent- bioob'ekt (virus, bakteriya, zamburug', o'simlik va hayvon hujayralari, biomolekulalar). Kimyoviy tehnologiyada bunday ob'ektlar ishlatilmaydi. Kimyoviy tehnologiyada qo'llaniladigan jarayonlar esa, masalan, yuqori temperatura, katta bosim biotexnologiyada qo'llanilmaydi. Biroq reaktsiyalar – ular hoh kimyoviy, hoh biokimyoviy bo'lsin, barchasi Le Shatel'e printsipiga bo'ysunadi.
    Birgina (quyida ko'rsatilgan) umumlashgan shema biotexnologik jarayonlarning hammasini qamrab ololmaydi. Aksariyat jarayonlar yana bir qancha bo'linmalarga ajraladi. Masalan, baholash: bioob'ektlarning hujayraviy tuzilishiga ko'ra qaysi oilaga mansubligi (akariotlar, eukariotlar, prokariotlar), bioob'ektlarning funktsional faolligi (biosintez, biotransformatsiya). Shuningdek, fermentatsiya va mahsulotni ajratish jarayonlari ham bir necha bosqichlardan iborat bo'ladi.


    Suv

    Ozuqa muhitini tayyorlash

    Ozuqa muhiti ingredientlari


    Bioob'ekt

    Inokulyat

    Sterilizatsiya

    Bug'





    Suv

    Fermenter

    Ekish materiali


    Havo


    Bug'


    Chiqindilar

    Qo'shimcha mahsulotlar

    Asosiy mahsulotni ajratish jarayonlari





    Asosiy mahsulot

    Zararsizlantirish

    Qadoqlash, saqlash (jo'natish)

    3-rasm.. Biotexnologik jarayonlarning umumlashgan shemasi.


    Biotexnologiya jarayonlarini shartli ravishda 3 guruhga ajratish mumkin:

    • biologik

    • biokimyoviy

    • bioanalog

    Birinchi guruhga (biologik) bevosita akariotlar, eukariotlar, prokariotlardan foydalanish kiradi. Ikkinchi guruh (biokimyoviy) jarayonlar fermentlardan foygalanishga asoslangan. Uchinchi guruh biotexnologiya jarayonlariga (bioanalog) esa tirik organizmlar moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'ladigan mahsulotlarni kimyoviy yo'l bilan sintez qilish kiradi. Bioanalog jarayonlarga antibiotiklar sintezini misol qilib keltirish mumkin.

    Download 4,64 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




    Download 4,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli

    Download 4,64 Mb.