|
Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli
|
bet | 10/74 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 4,64 Mb. | | #230250 |
Bog'liq Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu Farmatsevtik Nazorat uchun savollar
1.Biotexnologik jarayon nima?
2. Biotexnologik jarayonlar shemasi necha blokdan iborat bo'ladi?
3. Sanoatda biotexnologik jarayonlar asosida mahsulot olish necha bosqichdan iborat bo'ladi?
4. Biotexnologiya va GMP.
5. Biotexnologiya sanoatida suv qanday tozalanadi?
6. Apoptoz va nekroz nima?
7. Fermentatsiya samaradorligini ohirishning qanday usullari bor?
8. Mikroorganizmlar o'sishi va nobud bo'lishi nechta fazani o'z ichiga oladi?
9. Kul'tural suyuqlikdan mahsulot qanday ajratiladi?
10. Biotexnologiya sanoatida ajratilgan mahsulot qanday mashinalarda qadoqlanadi?
«SKARABEY» TEXNOLOGIYASI
«Skarabey» interaktiv texnologiya bo‘lib, u o‘quvchilarda fikriy bog‘liklik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya o‘quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o‘rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U, ayni paytda turli g‘oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog‘liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi. «Skarabey» texnologiyasi har tomonlama bo‘lib, undan o‘quv materialining turli bosqichlarini o‘rganishda foydalaniladi:
Boshida – o‘quv faoliyatini rag‘batlantirish sifatida;
Mavzuni o‘rganish jarayonida – uning mohiyati, tuzilish va mazmunini belgilash, ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash, mavzuni yanada chuqurroq o‘rganish, yangi jihatlarini ko‘rsatish;
Ohirida – olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida.
«Skarabey» texnologiyasini o‘quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U o‘quvchilar tajribasidan foydalanishni ko‘zda to‘tadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o‘tkazish imkoniyatlariga ega.
Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni engillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko‘rsatish mumkin.«Skarabey» alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o‘quv jamoalarida qo‘llanilishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli
|