|
Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli
|
bet | 28/107 | Sana | 01.07.2021 | Hajmi | 4,64 Mb. | | #15319 |
Escherichia coli
Escherichia coli bakteriyasi yahshi o'rganilgan organizmlar toifasiga kiradi. Ohirgi 50 yil ichida ushbu bakteriya haqida juda ko'p ma'lumot yig'ildi. Escherichia coli grammanfiy nopatogen bakteriya bo'lib, kattaligi 1 mkm. U inson ichagida, suvda va tuproqda uchraydi. Tarkibida Na+, K+, Mg2+, Sa2+, NH4+, S1-, NR042- , S042- ionlari, mikroelementlar, uglerod manbai (masalan, glyukoza) saqlagan muhitda oddiy bo'linish yo'li bilan ko'payadi. Shuning uchun E. coli ilmiy tadqiqotlarda keng foydalaniladi. E. coli aminokislotalar, tuzlar, vitaminlar, mikroelementlar, uglerod manbai bilan boyitilgan suyuq ozuqa muhitiga ekilsa, uning ko'payishi uchun 37°C haroratda 22 minut kifoya qiladi.
6-rasm. Prokariot (A) va eukariot (B) hujayraning shematik ko'rinishi.
E. coli aerob (kislorodli) va anaerob (kislorodsiz) sharoitda ham ko'payaveradi. Biroq E. coli yordamida mahsulot olishda asosan aerob muhitdan foydalaniladi. Boshqa mikroorganizmlar ham huddi shunday – mahsulot olish uchun odatda aerob muhitga ekiladi.
Agar laboratoriyada bakteriyani o'stirishdan maqsad biror bir oqsilni sintez qilish va uni ajratish bo'lsa, kolbaga murakkab suyuq ozuqa muhiti tayyorlanadi va unga ekiladi. Muhitni kerakli aeratsiya bilan ta'minlash uchun kolba uzluksiz chayqatiladi (bunday aeratsiya mikroorganizmlar ko'payishi uchun etarli bo'lsada, oqsil sintezi uchun kamlik qilishi mumkin). Temperatura doimiy bo'lishi uchun esa kolba suv hammomiga solinadi.
Ozuqa muhitida erigan kislorod miqdori oshsa, oqsil sintezi va hujayraning bo'linishi to'htaydi. Bu esa sanoat miqyosida mikroorganizmlardan foydalanib oqsil ishlab chiqarishda juda muhimdir. Sanoat miqyosida mikroorganizmlardan foydalanib maksimal darajada oqsil ishlab chiqarish uchun optimal shart-sharoitlar yaratiladi. Buning uchun aeratsiya sistemalari, mahsus fermenterlar konstruktsiyalari tayyorlanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli
|