• Nazorat uchun savollar.
  • Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli




    Download 4,64 Mb.
    bet25/107
    Sana01.07.2021
    Hajmi4,64 Mb.
    #15319
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107
    Metanli bijg‘ish

    Barcha turdagi bijg‘ish jarayonlari organik moddalarni har xil toksonomik guruhga mansub bo‘lgan mikroorganizmlar tomonidan o‘ziga xos bo‘lgan o‘zgarishlarga uchratish sifatida namoyon bo‘ladi. YUqorida keltirib o‘tilganlardan tashqari, tabiatda o‘zining miqdori, doirasi, unda qatnashadigan mikroorganizmlarning xilma xilligi bilan boshqalardan tubdan farq qiladigan yana bir jarayon borki, u ham bo‘lsa metanli bijg‘ish jarayonidir. Metanli bijg‘ish – har xil mikroblar to‘plamini (assotsiatsiyasini) ta’siri natijasidir. Bu jarayonda organik material (lignin bundan mustasno) chuqur o‘zgarishga uchraydi va oqibatda metan, karbonat angidridi va boshqa mikrob mahsulotlari hosil bo‘ladi. SHaroitga qarab (termofil, mezofil, psixrofil) – bu juda uzoq davom etadigan jarayondir. Bunda tirik bo‘lmagan organik substansiyalar (o‘simlik va hayvon biomassalari) oddiy komponentlarga parchalanadilar.

    Metan hosil qiluvchi arxebakteriyalar uchun bijg‘uvchi materiallar tayyorlash dastlabki mahsulotlarga yaxshilab ishlov berishni taqqazo qiladi. Aerob va anaerob mikrooorganizmlar ishtirokida kechadigan bu jarayon shunchalik murakkab, ko‘p bosqichli va ko‘p komponentlikki, uni boshqarish mumkin emas. 1960–yillardan boshlab, organik birikmalardan anaerob sharotida mikroorganizmlar yordamida biogaz ishlab chiqarishga alohida e’tibor berilib kelinmoqda.

    Metanli bijg‘ish natijasida organik birikmalarning transformatsiyasi sodir bo‘lib, ulardan metan va karbonat angidrid gazi paydo bo‘ladi. Oqibatda, organik birikmalarning molekulalari kimyoviy bog‘larida yig‘ilgan energiya, metan molekulasining kimyoviy bog‘larida to‘planadi. Bu jarayon metanogenez deb atalib, anaerob arxebakteriyalar (metanogenlar) tomonidan amalga oshiriladi. Hosil bo‘ladigan gazdagi metanning solishtirma miqdori 70-80% ni tashkil etadi, undagi karbonat angidrid esa 20-30% ga teng. Gazlarning aralashmasi, 1% atrofida N2S (oltingugurt kislotasi) va juda kam miqdorda ammiak ham saqlaydi. Metanogenezning suvda erimaydigan qismi, ko‘plab bakteriyalar assotsiatsiyasi hosil qilgan biomassadir. Biomassa organik azotga boy bo‘lganligi uchun ham yuqori sifatli o‘g‘it sifatida ishlatiladi.

    Metanli bijg‘ish boshqa bijg‘ish turlariga nisbatan keng tarqalgan tabiiy jarayondir. Bunga sabab jarayonni aerob sharoitda ham o‘tishidir.

    Bu quyidagicha o‘tadi: ko‘pgina organik birikmalarni yuzalarida yupqa qobiq hosil bo‘ladi, ichida esa metanli bijg‘ish jarayoni uchun zarur bo‘lgan anaerob sharoit tashkil bo‘ladi. Bunday substratlarga barcha xildagi o‘simlik materiallari, jumladan qarigan va chiriyotgan ko‘p yillik va bir yillik o‘simliklar, hayvon biomassalari ham kiradi.

    Metanli bijg‘ish uchun istiqbolli mahsulotlarga ayniqsa, qishloq xo‘jalik chiqindilari, xususan, o‘simlik, mikrobiologiya sanoati chiqindilari, suv o‘tlarining biomassalari va oziq-ovqat hamda engil sanoat chiqindilari va boshqalar kiradi. Mana shulardan kelib chiqqan holda metanogenezning ahamiyati nafaqat noan’anaviy energiya ishlab chiqarishni, balki sanitariya-ekologiya muammolarini hal qilish bilan ham bog‘liqdir.

    Ammo, metanli bijg‘ish jarayonini foydasi shular bilan chegaralanmaydi. Bijg‘igan biomassa (metan saqlamagan) yuqori sifatli bioo‘g‘it ham bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, go‘ngni aerob sharoitda parchalanganda uning tarkibidagi 50% azot yo‘qoladi (issiqlik chiqishi bilan birga), ammo o‘sha go‘ngni metanogenez orqali parchalanganda (anaerob shaoritda) uning tarkibidagi barcha azot biomassada to‘planib, o‘simlik uchun engil singdiriladigan holatga o‘tadi. Bundan tashqari anaerob sharoitda yig‘ilgan biomassa tuproqning unumdorligini tiklovchi gumus moddasiga ham boydir. Metanogenez mahsulotlaridan kompleks foydalanish nafaqat samarali, balki yuqori rentabelli hisoblanadi.



    Nazorat uchun savollar.

    1. Nuklein kislotalar organizmda qanday funktsiyani bajaradi?

    2. Nukleotidlar nima?

    3. Nukleozidlar nima?

    4. Genetik kod nima?

    5. Aminokislotalar oqsil sintezida qanday funktsiyani bajaradi?

    6. Translyatsiya jarayonini tushuntiring.

    7. Replikatsiya jarayonini tushuntiring.

    8. Transkriptsiya jarayonini tushuntiring.

    9. mRNK, tRNK, rRNK qanday funktsiyani bajaradi?

    10. Mendel' qonunlarini eslang.


    Download 4,64 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107




    Download 4,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli

    Download 4,64 Mb.