Propion kislotali bijg‘ish.
Propion kislotali bijg‘ish Propionobacterium avlodiga mansub bakteriyalar tomonidan amalga oshriladi. Bu bakteriyalar grammusbat, harakatsiz, tayoqchasimon bo‘lib, spora hosil qilmaydilar va anaerob mikroorganizmlar safiga kirsada, kislorodli, past bosimda ham rivojlanib, ko‘paya oladilar. Ular uchun energiya manbai bo‘lib karbonsuvlar, organik kislotalar, spirtlar va boshqa metabolitlar xizmat qiladilar.
Bu bakteriyalardan tashqari propion kislotasini shuningdek, Selenomonas va Micromonospora va boshqa avlodga mansub bakteriyalar ham sintez qila oladilar. SHulardan biri Micrococcus lactilyticus bakteriyasidir. Ular anaerob sharoitda glyukozani, saxarozani, laktozani va pentozalarni, hamda laktat, malat, glitserol va boshqa substratlarni bijg‘itib propion kislota hosil qilaoladilar.
|