Ishning nazariy qismi
Har qanday ishlab chiqarish jarayoni xom ashyo tanlash bilan boshlanadi. Butun dunyo bo‘yicha biotexnologik mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi taxminan har yili bir million tonna miqdorida oshib bormoqda. Mikrobiologiya sanoatida qo‘llaniladigan xom ashyoning asosiy qismi (90% ga yaqini) etanol ishlab chiqarishga sarflanadi, shuningdek, non mahsulotlari achitqilari ishlab chiqarishga 5%, antibiotiklarga 1,7%, organik kislotalar va aminokislotalarga 1,65%, qolganlari esa boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga sarf etiladi.
Fermentlar biotexnologiyasi yirik miqdorda kraxmal talab qiladi, masalan birgina fruktoza qiyomidan har yili 3,5 mln.tonna tayyorlanadi va iste’molchiga etkazib beriladi. Iqtisodiy nuqtai nazardan biotexnologik jarayonlarda ishlatiladigan xom ashyo ko‘p tonnalik bo‘lib, mahsulotning umumiy bahosining 40-65% ini tashkil etadi va sarf- xarajatda birinchi o‘rinni egallaydi. Oziqa substrati yoki oziqa muhiti yuqorida ta’kidlanganidek suyuq, qattiq va gazsimon komponentlardan tashkil topgan uch shakldagi murakkab tizimdir.
Mikroorganizmlar barcha organik birikmalarni assimilyasiya qilish qobiliyatiga ega, shuning uchun mikrobiologik biotexnologiyada dunyodagi barcha organik mahsulotlar, birlamchi va ikkilamchi fotosintez mahsulotlar zahirasi xom ashyo vazifasini o‘tashi mumkin. Biroq biotexnologiyada har bir aniq mikroorganizm turlari, oziqa mahsulotlari va organik xom ashyolarni (laktozalar, saxarozalar va kraxmaldan tashqari) dastlabki kimyoviy ishlovlarsiz o‘zlashtira olmaydilar. Ko‘pgina holatlarda sellyuloza saqlovchi xom ashyolar kimyoviy yoki fermentativ gidroliz qilinadi va ingibirlaydigan aralashmalaridan (fenol, furfurol, oksimetilfurfurol va h.k.) tozalangandan keyingina biotexnologik ishlab chiqarishda qo‘llanilishi mumkin.
Tabiiy gaz, tosh ko‘mir va yog‘och qipig‘i, texnik spirt va sirka kislotalari olishda xom ashyo vazifasini o‘tab, o‘z navbatida mikrobiologik ishlab chiqarishda a’lo darajadagi xom ashyo hisoblanadi. Ko‘pchilik biotexnologlarning asosiy e’tibori organik xom ashyolardan oson assimilyasiya qilish jarayonida ba’zi bir mikroorganizmlargina (masalan, Aspergillus zamburug‘i turlari, Bac.subtillisva boshqalar) ajrata oladigan, murakkab amilolitik fermentlar kompleksi talab etadigan, organik xom ashyo - kraxmalgaqaratilgan.
BIJG‘ISH
Bijg‘ish hodisasi juda ham qadimdan ma’lum bo‘lsada, uning haqiqiy tabiati va umumiy mexanizmi mashhur fransuz olimi Lui Paster tadqiqotlari asosida aniqlandi. 1861 yili L.Paster glyukozadan etil spirti va uglerod (IV)- oksidining (karbonat angidridi) hosil bo‘lishi atmosfera kislorodi ishtirokisiz sodir bo‘lishini kuzatdi.
|