Sut kislotali bijg‘ish
Sut kislotali bijg‘ish jarayonini quyidagi avlodlarga mansub bo‘lgan bakteriyalar amalga oshiradilar: Lactobacillus, Streptococcus, Leuconostoc, Pediococcus. Ularni morfologik tuzilishi xilma xildir: tayoqchasimon va sharsimonlari uchraydi; ular harakatsiz, sporalar hosil qilmaydiganlar, grammusbat, pigmentsiz; ko‘pchiligida katalaza va sitoxrom tizimi yo‘q, ammo bulardan istisnolari ham uchrab turadi: ba’zi bir kulturalar sporalar hosil qiladilar va katalazalar faolliklariga ham ega. Sut achituvchi bakteriyalar o‘stiruvchi moddalarga, aminokislotlarga, vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojlari bilan farq qiladilar va shuning uchun ham bu guruh bakteriyalarni alohida vakillari indikatorli bakteriyalar sifatida ishlatiladilar. Bu bakteriyalarni birlashtirib turuvchi asosiy xususiyatlari, ularni bijg‘ish bosh mahsuloti sifatida sut kislotasi hosil qilishidir.
Gomofermentativ va geterofermentativ bijg‘ish jarayonlari ma’lum. Bunday ajratish uglevodlarni parchalanishdatubdan farq qiluvchi yo‘llar borligini ko‘rsatadi.
|