O‘YINLI TEXNOLOGIYA – «BAXS»
Baxs – muammoni muhokama qilish jarayonidir. Uning usuli esa guruh bo‘lib tadbiq qilishdir. Unda har bir ishtirokchi hamsuhbati yoki raqibining fikrini asrash, uni inkor etish orqali haqiqatni tiklashda o‘z monopoliyasini o‘rnatadi. Baxs-munozara borishining turli variantlari mavjud:
– evrestik yondashuvlar tomonlaridan biri muammoning echimi bo‘yicha o‘zining yondashuvini qabul qilishga urunmasdan ishontirish, ichki tuyg‘u, sog‘lom aqldan foydalangan holda baxs ishtirokchilarini o‘zining nuqtai nazariga og‘dirib oladi;
– mantiqiy yondashuvdagi baxsga o‘ta mustahkam mantiqiy tahlil va dalil isbotlar xarakterli bo‘lib, uning vositasida ishtirokchilar yakuniy xulosalarga keladilar;
– sufiyona yondashuv – unda tomonlardan biri o‘z raqibini donolik qilib mag‘lub qilishi ham mumkin;
– avtoritar yondashuv – unda tomonlardan bir o‘zining obro‘sidan foydalanib, o‘z nuqtai nazarini o‘tkazish mumkin;
– tanqidiy yondashuv – baxs ishtirokchilaridan ba’zilari o‘z raqibining faqat kamchiliklari, kuchsiz o‘rni va mavqeiga diqqatni jalb qiladi va aksincha raqibining fikridagi ijobiy unsirlarini ko‘rinishga intilmaydi va muammoning echimi bo‘yicha o‘z takliflarini ham bera olmaydi;
– dogmatik yondashuv – unda tomonlardan biri baxsni haqiqatni o‘z manfati uchun o‘zining shahsiy maqsadlariga muvofiq keladigan tomonga boshlab ketadi;
– pragmatik yondashuv – ishtirok etuvchilardan biri va har bir tomon faqatgina haqiqatni o‘rnatish uchungina baxs yuritmaydi, balki undan o‘zlarining yashirin va baxs ishtirokchilariga ma’lum bo‘lmagan amaliy manfatlariga burish uchun foydalaniladi;
Bahsni o‘tkazishda quyidagi qoidalarga ahamiyat berish lozim:
– oponentining o‘z fikrini asoslovchi so‘zini tinglab, kuzatib borish;
– oponentini so‘zlashdan to‘xtatib qo‘yishga shoshilmasligi;
– mayda – chuyda detallarga e’tibor qaratmasligi, eng muhimini ko‘rishga, tushinishga harakat qilishi;
– kuchsiz o‘rinlar, dalil isbotlar, misollar topish va tahlil qilish;
– opponentini o‘zidan kuchli deb hisoblamaslik;
– o‘ziga haddan tashqari bino qo‘yish va ishonishga ruju bermaslik;
– qo‘rqish raqib oldida mag‘lubiyat ekanligini esda tutish.
|